JAVOBLAR
1⃣-oy. Ratsional va maqsadga intiluvchi inson.
Siz maqsadga erituvchi va optimist insonsiz, o’zingizga ishonasiz. Mustahkam oyoqda turish va moddiy to’kislikka yetishish uchun yetarlicha ko’p ishlaysiz. Siz xavfsizlik – bu turg’un ish va yaxshi uy deb hisoblaysiz. Sizning asosiy vazifangiz o’zingizga nisbatan chidamliroq bo’lish chunki siz tez-tez charchamaydigan va qattiqqo’l sudya rolida bo’lib turasiz. O’zingizga xato qilgan vaqtingizda qanday munosabatda bo’lishingizga ahamiyat bering(qanday so’zlarni ishlatasiz va nima qilasiz), o’zingizni hurmat qiling,xatolaringizni qabul qiling va yaxshi ko’rib ularni to’g’irlang. Siz o’zingiz uchun suyanchiq bo’lishingiz kerak, shaxaiy jallod emas.
2⃣oy. Ijodiy va sezgir.
Siz hayotiy, mehribon va his-tuyg’uli hayotdan zavq olishni biladigan insonsiz. Siz moddiy olam bilan bog’langansiz, sizga barcha chiroyli va ajabtovur narsalar yoqadi. Sizda ortiqchalikka moyillik bor, film ko’rish yoki musiqa eshitish uchun kech yotish, ko’p yeyish (ba’zan sizning energetik darajangizni susaytiradigan nosog’lom ovqat bo’lsa ham). Bir oz mo’tadillik va vaqtingiz va energiyangizni tartibga solish sizga hayotingiz va emotsional holatingizni tartibga solishga yordam beradi.
3⃣oy. Energiyaga va his-tuyg’uga boy inson.
Siz o’ziga ishonch, kuch va bu hayotda hurmatga o’ch insonsiz. Siz har doim o’z yaxshi holatingiz va yaqinlaringiz sog’lig’i uchun yaxshi sharoitlarni ta’minlashga urinasiz. Siz do’stlikni o’zaro himoya vositasi deb hisoblaysiz, shuning uchun ba’zan o’ta do’stona munosabatda bo’lasiz va aynan shu erda sizning muammoingiz ishonchsizlik kelib chiqadi. Doimiy ishonchsizlik – bu ojilik belgisidir va bu juda asabni taranglashtiradi. Qayg’urmang. Siz doimo o’zingizning atrofingizdagi insonlarni diqqat bilan yig’asiz, shuning uchun ularga bemalol ishonishingiz mumkin. O’zingizga ishoning va mehribon bo’ling, chunki nima bersangiz o’zingizga qaytib keladi. Shunday qilib, hayotingiz xotirjam, baxtli va quvnoq bo’ladi.
4⃣-oy. Sezuvchan va rahmdil.
Siz doimo buyuk ishlarni amalga oshirishni orzu qilgansiz va shuning uchun boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga e’tiborini qaratadigan insonga aylangansiz. Ba’zan siz yetarlicha dam olmaysiz va o’zingizga o’z hohish va ehtiyojlaringizni qondirishga vaqt qoldirmaysiz. Ko’p marta siz o’z obrazingizni atrofdagilarning so’zlaridan kelib chiqib qurgansiz. Ayni shu sizning xatoingiz bo’lib, o’z muhimligingizni, talantlaringizni va qadringizni tan olishingiz kerak. Siz ajoyib sifatlar va tuyg’ularga ega insonsiz! Siz ularni o’rganishingiz, foydalanishingiz va turli manbaalarga yo’naltirishingiz mumkin. Boshqalarga yordam berish, sizning tabiatingiz, lekin … Ba’zan o’zingiz va o’z baxtingiz haqida ham o’ylab ko’rishingiz kerak.
5⃣-oy. Bezovta va qiziquvchan.
Siz madaniyatli, oliyjanob, qiziquvchan va jiddiy insonsiz. Do’stona inson bo’lib, suhbatni yaxshi olib borishingizga qaramay, yaqinlaringiz bilan qolishni yoki vaqtingizni yolg’iz o’tkazishni afzal ko’rasiz. Boshingizda ko’p g’oyalar bor, shu sababdan ba’zida uyqusizlik va stressdan izor chekasiz. Sizning asosiy vazifangiz yuragingiz tovushiga quloq solishdir, shunda haqiqiy baxtga etishga imkon beruvchi to’siqlarni yengib o’tasiz.
Yodingizda bo’lsin, agar yuragingizga kompas, aqlingizga -xarita, qalbingizga- yo’lboshlovchi bo’lishga imkon bersangiz, xech qachon adashmaysiz.
6⃣-oy. Hamohang va yoqimli.
Siz juda xotirjamlikni qadrlaysiz va hayotning oddiy quvonchlari bilan rohatlanishni bilasiz: dam olish kunlari uyda tinch film ko’rish, do’stlar va oilangiz bilan parkda kichkinagina kafeda bir chashka kofe ustida uchrashish. Siz juda aqlli va tajribali insonsiz. Shuning uchun janjal va atrofdagi yugur-yugurlardan chetroqda bo’lishni hohlaysiz. Siz ko’p vaqtingizni ko’p xavotir olib keluvchi kelajak haqida fikr yuritib o’tkazasiz. Ayni shu sizning muammoingizdir.
Necha marta hali sodir bo’lmagan narsalar haqida o’ylab, yaxshi kunni buzilishiga sabab bo’ldingiz? Salbiy o’y-xayollarning hayotingizni egallashiga yol qo’ymang
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.