QIZIQARLI MA’LUMOT
Irodali insonlarga xos 12 xislat
- Nolish bilan vaqt o‘tkazmaydi. Irodasi mustahkam inson hech qachon qo‘lini qovushtirib, soatlab arzi hol qilmaydi. Chunki ular mas’uliyatni his qilishadi va hayotlarida o‘zlari bosh rol’ ijrochisi ekanligini anglashadi.
- O‘ziga-o‘zi hukrmon. Boshqalarning ishlarini nazorat qilishmaydi va ularni atrofdagilar boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa, ish borasida his-hayajonini tashqariga chiqarishmaydi, aql bilan yo‘l tutishadi.
- O‘zgarishlardan o‘zini olib qochmaydi. Chunki matonatlilar o‘zgarishlardan qo‘rqmaydi. O‘zgarishlar ilojsiz ishdek tuyulmaydi. Shuning uchun boshlagan ishlarini omadli yakunlashadi.
- Arzimas voqealar uchun kuyinmaydi. Ulardan hech qachon tiqilinch yo‘lda qolib ketgani yoki biror buyumini yo‘qotib qo‘ygani haqidagi shikoyatni eshitmaysiz. Diqqatlarini bir joyga to‘plab, vaziyatning yechimini izlashadi.
- Hammaga yoqishga urinmaydi. Sababi u biladi, hammaning ko‘nglini birdek olib bo‘lmaydi. Va kimdir uni rad qilishidan qo‘qrmaydi. Ularga salbiy munosabatda bo‘lganlarga ham yaxshi gapirishda davom etib, xushmuomalalik bilan iltimoslarini amalga oshiradi.
- Tavvakal qilishdan cho‘chimaydi. To‘g‘ri, ular shoshqaloqlik bilan o‘ylamasdan qadam tashlashmaydi, ammo kerak paytda tavvakal qilishni ham bilishadi. Chunki avvalo aql tarozisida hammasini tortib ko‘rishadi-da.
- Hassasini bir marta yo‘qotadi. Ya’ni xatolaridan xulosa chiqarib, ikkinchi bor bunga yo‘l qo‘yishmaydi.
- O‘zgalarning yutug‘iga hasad qilmaydi. Va atrofdagilarni chin dildan qutlashadi. Bilishadiki, kimki mehnat qilsa, unga omad kulib boqadi.
- Omadsizlikka duch kelsa, ortga qaytmaydi. har qanday mag‘lubiyatdan kishi o‘ziga nimadir olishi, dunyoqarashi o‘sishi mumkinligini bilishadi.
- Katta natijalarni kutishmaydi. Sababi vaqt va kuchini aniq marra sari sarflab, natijani oldindan chamalashadi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.