- Hut va Savr
Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi.
- Mezon va Hamal
Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e’tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va bir-birining qiziqishlarini hurmat qilish. Ular oilaviy bayram yoki tadbirlarni ham bamaslahat o‘tkazishadi. Ularning baxtiyorlik siri ham shunda.
- Hamal va Javzo
Ham ruhiy ham jismoniy tarafdan bir-biriga mos keladigan bu juftlik olov va havo singari bir-biri uchun zarurlar. Ularni umumiy maqsadlar birlashtirib turadi.
- Aqrab va Saraton Bu ikki burj vakili o‘ta ehtiroslidirlar.
Ularning munosabatlari ishonchli va davomiy bo‘ladi. Ikkisi ham himoyaga muhtojdirlar, ammo birga bo‘lishsa, o‘zlarini xotirjam his qiladilar.
- Qavs va Asad
Bular ham qaynoq juftliklar safiga kiradi. Ko‘zlagan maqsadiga erishmaguncha tinchimaydigan «qavs» va «asad»ning munosabatlari shunchalar mustahkamki, hatto xafalashib qolishsa ham arazlari uzoqqa cho‘zilmaydi.
- Dalv va Sumbula
Sumbulada tahlil qilish qobiliyati faol bo‘lsa, «dalv»lar quvnoq va his-tuyg‘uga beriluvchandir. Ular bir-birini to‘ldirib turibgina qolmay, bir-biridan o‘zgarishlarni ham talab qilishmaydi.
- Savr va Jadiy
Bu juftlik bir-birini to‘ldirgan holda o‘z imperiyasini qura oladi. Ikkisi ham o‘z oldilariga ulkan maqsadlar qo‘yishadi va unga erishish uchun birdamlikda qadam tashlaydilar.
- Hut va Aqrab
Mazkur burj vakillari baxtli va ko‘p farzandli katta oila bo‘lib uzoq umr bekamu ko‘stlikda yashaydilar. Hayotning barcha sinovlaridan kuchli muhabbatlari yordamida mag‘rurona o‘ta olishadi.
- Javzo va Sumbula
Bu juftlikni intellekt birlashtiradi. Ular olamdagi hamma narsani muhokama qila oladilar va buni chuqur qadrlaydilar. Ular o‘z his-tuyg‘ularini ifoda qilishni eslaridan chiqarib qo‘ymasalar juda baxtli bo‘ladilar.
- Jadiy va Hamal
Ikki ehtirosli va tejamkor insonlarning omadli juftligidir. Jadiyning to‘g‘riligi va reja bilan ish ko‘rishi «Hamal»ning shosha-pisha qilinadigan jo‘shqin harakatlarini bosib turadi.
- Savr va Aqrab
Bu juftlikning ikkisi ham mustaqil bo‘lishni yoqtirsa-da, o‘zaro munosabatlarda hamjixatlikda ish ko‘rishni ma’qul bilishadi. Dunyoqarashlari o‘xshash. Muhimi, bir-birini tinglay oladi.
- Javzo va Mezon
Bu yuksak donolik va tarovat juftligidir. Javzolar neytral va biror masalani hal qilishga qiynaladigan shaxsdirlar. Tarozular ham neytral, ammo ular portlashlari mumkin. Bu ikkisi bir-birini tushuna olsa, juda yaxshi va mustahkam nikoh barpo bo‘ladi.
- Hamal va Qavs
Bu juftlikdan tuganmas energiya taraladi. Ikki olov hamma joyda bir-birini yondiradi.
- Hut va Saraton
Ular chin va mustahkam sevgi namunasi bo‘la oladilar. Saraton juda romantik, «hut»lar esa shunchalik qattiq sevadilarki, ularning sevgi qissasiga hammaning havasi keladi.
- Sumbula va Savr
Ular avvaliga bir-birmizga mos emasmiz deb o‘ylashadi. Aslida esa unday emas. Siz bir-biringiz uchun yaralgansiz. Urush-janjallar, tushunmovchiliklar barcha juftliklarda bo‘ladi. Ularni yengib o‘tish uchun bir-biringizning qo‘lingizdan mahkam tuting.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.