Qizil rangli lak bo‘yog‘ini yoqtiradigan ayollarning o‘zlariga ishonchi baland, katta davralarda ajralib turishdan cho‘chishmaydi. Har ishda faqat o‘z bilimlariga suyanishadi. Bunday xarakterli ayollar tashqaridan kuchli ko‘rinsalar-da, ichki olamlari nihoyatda ta’sirchan.
⚫️Qora bo‘yoq tavakkalchilarning uslubi. Odatda bunday rangni qizil, pushti yoki sariq lak bilan aralashtirib surtishadi. Qora rangni tanlagan ayol bilan muomalaga ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki u o‘zini xafa qildirib qo‘yadiganlardan emas.
⚪️Oq rangli lak bilan fransuzcha manikyur qilish urf bo‘lgan. Bu rang ko‘ngilchan ayollarning tanlovi. Libosi, yurish-turishi va u haqida bildirilgan fikrlarga befarq bo‘lmagan ayollar ushbu rangni ma’qul ko‘rishadi. Ha-ya, agar qo‘l terisi quyoshda qoraygan bo‘lsa, oq rangdan foydalanmagan durust.
?Och pushti rangli lak kundalik foydalanish uchun qulay. Bu rangni o‘ziga ishonchi baland, qat’iyatli va uddaburon ayollar tanlashadi. Surtilganida ajralib turmasligi, ham bir necha kunga yetishi bilan asqotadi.
?Moviy rang lakni libosiga moslab surtish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Bu rangning ixlosmandlari qaerda va kimga qanday muomala qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Xarakter jihatdan esa og‘ir-bosiq insonlar.
?Ko‘k rang yangiliklardan cho‘chimaydiganlarning tanlovi. Asosan o‘rta yoshli ayollar ko‘k rangli lakdan foydalanishadi.
?Siyohrang lakdan foydalanadigan ayollar yetti o‘lchab bir kesadigan hilidanlar. Ularda kuzatuvchilikni ko‘rish mumkin. Ammo qaysarliklari ham yo‘q emas.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.