Erkaklarning ayollar bilmaydigan 4 siri

Ayol makri qirq tuyaga yuk bo‘ladi.

Nahot o‘sha “tuyalar” ustiga nima ortilganini bilmasa?!

Erkak yuragini zabt etish degani chakana ish emas. Turmush qurib ham hech charchamadingiz-da. Qurg‘ur eringiz ham o‘zingizdan badtar chiqdi. Orqavorotdan u haqida hamma biladigan, birgina sizga noma’lum ma’lumotlarni eshitganda, ayniqsa, ahvolingizni tasavvur qilish qiyin emas. Siz o‘qimagan psixologik kitob, er-xotin munosabatlari haqidagi risolalar, bormagan folbin, ekstrasens qolmadi. Faqat 4 sir bor.

O‘g‘rini qaroqchi ursa…

Siz yoqtiradigan psixologlarning aytishicha, ayollar uchun erkaklarni rom etish haqidagi maqolalarni ularning o‘zlari ham maza qilib o‘qisharkan. Superizquvar bo‘lib topgan informasiyalaringiz o‘zingizga qarshi ishlashi mumkin, bu doim yodingizda bo‘lsin. Agar qo‘lingizni so‘rayotgan yigit istaklaringizni chaqqon bilib olaversa, shilq etib tushishga shoshilmang. Hamma narsa tahlilda bilinadi. “Ko‘ngilni ovlash” chinakam sevgiga aylanishini xohlasangiz, birinchi uchrashuvdayoq “tumshug‘ingizdan ilinmang”.

Biz va mayda-chuydalar

Erkaklar ayollarning mayda-chuydalar ustida soatlab bosh qotirishlarini tushunishmaydi. Do‘konga chiqish uchun soch tarash, labga bo‘yoq surtishing shartmi, degan gaplarni birinchi marta o‘qimayotgan bo‘lsangiz kerak. Lekin bu erkaklarning o‘zi bunday odatlardan holi degan ma’noni bildirmaydi. Erkakning oldi tor, orqasi keng, deganlari rost. Faqat ular o‘zlaridagi kichkina kamchiliklarini yashirishga usta bo‘lishadi. Oshkor qilinmagan emosiyalar beiz ketmaydi. Qo‘ng‘irog‘ingizga javobsiz qolsa, SMSlar uvol ketaversa, bilingki, u nimadandir ranjigan. Vaqtida alamlar zahrini ketkazish turmushingizning uzoq va farovon bo‘lishini ta’minlaydi.

“Ko‘nglimda bir yor, qo‘ynimda ham o‘zi”

Erkaklar ko‘pxotinlilik haqida qancha og‘iz ko‘pirtirishmasin, erkinlikka intilishmasin, asli bundan o‘lgudek qo‘rqishadi. Bir narsani bilib qo‘ying: erkak kishi g‘ururini qattiq asraydi. O‘zi hiyonat ko‘chasiga kirsayu, xotini undan qasos olishini faraz qilishning o‘zidayoq erkakning tepa sochi tikka bo‘ladi-qoladi. Shuning uchun bu qabilidagi gaplarni yurakka yaqin olib, qovoq-tumshuq qilib yurmang.

Yaqinlashish siri

Haqiqat shundaki, erkaklar uchun ayollar bilan munosabatda jinsiy va ruhiy yaqinlik o‘rtasida farq bor. Ayollar esa sevgani uchun ba’zan hamma narsaga tayyor bo‘lishadi. Ammo muhabbat bobida jabrdiyda statusi ko‘pam yaxshilikka olib kelmaydi. Ayol turmushga chiqish oldidan bo‘lajak erini sevish-sevmasligi haqida o‘ylasa, erkak esa bu haqda birinchi kechadan keyin bir qarorga kelishi mumkin. Ayollarning sevib qolishlari oson, dil izhori qilishlari qiyin. Erkaklarning sevgi izhori qilishlari oson, ko‘ngil berishlari qiyin. Erkaklar,odatda, o‘zlari hurmat qiladigan ayolni sevishadi, ayollar esa faqat sevgan odamlarini hurmat qilishadi. Bor qarama-qarshilik ham shunda.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish