MILLIONERLARNING 10 FOYDALI ODATI

Millionerlarning 10 foydali odati

Har bir millioner muvaffaqiyatga ma’lum bir odatlar tufayli erishgan. Bu odatlar ularning hayotda o‘z o‘rnini topishida, ko‘proq daromadga ega bo‘lib, natijada badavlat insonga aylanishida asqatgan, desak yanglishmaymiz. Xo‘sh, bular qanday odatlar? Quyida ularning 10 tasi bilan tanishtiramiz.

Mutolaa

Sir emaski, millionerlar doim band insonlardir va ularning bo‘sh vaqti deyarli bo‘lmaydi. Shu bois kitob mutolaasi ularga huzurlanish uchun emas, balki yangi bilimlar olish uchun juda muhimdir. Badavlat odamlar ko‘pincha o‘zlarining yo‘nalishlariga taalluqli ixtisoslashtirilgan adabiyotlarni o‘qishadi. Masalan, aqliy kamolot, muvaffaqiyatlarga erishgan odamlarning biografiyasi va faoliyatiga oid kitoblar.?????

Shaxsiy uslub

Aksariyat boy kishilar uzoq yillar davomida o‘z uslublarini saqlab yuradilar, bir xil kiyimlarini yillab kiyib yurishadi. Ular buni hayotda ortiqcha narsalarga chalg‘imaslikni, kerak bo‘lsa, ulardan xalos bo‘lishni istashi bilan izohlashadi.
?????

Tejamkorlik

Boy odamlar pulni tejashni biladilar. Ular har vaqt bank kartalaridagi mablag‘larini hisoblab yurishadi. Xarajatlarini qayd qilib, daromadlarini esa hisob-kitob qilib boradi. Millionerlar mislsiz pullarga ega bo‘lsa-da, pullarining tiyinigacha iqtisod qilishadi.?????

Jamoat transporti

Badavlat odamlar o‘z davlatlarini ko‘rsatmaydi. Ularning aksariyati jamoat transportidan foydalanishdan o‘zlarini olib qochmaydi, piyoda sayr qilishni yoki velosiped minishni yaxshi ko‘radi.?????

Erta uyg‘onish

Hamma boy odamlar erta uyg‘onishni odat qilgan. Ertalab ish kuni boshlanishidan 3 soat avval uyg‘onishni afzal biladi. Bu ularga kundalik vazifasi bilan shug‘ullanishga kirishishdan avval reja tuzishiga, oilasi bilan birga bo‘lishga imkon beradi.?????

Sport bilan shug‘ullanish

Boy kishilarning foydali odatlaridan biri bu – sportdir. Ular har kuni bo‘sh vaqtining yarim soatini mashg‘ulotlarga ajratadi. Ko‘pincha bu mashg‘ulotlar yugurish, piyoda yurish, velosipedda sayr bo‘ladi. Bu kabi mashg‘ulotlar ham tanaga, ham aqlga foydalidir. Ular tanadagi neyronlarga pozitivlik berib, glyukoza ishlab chiqarishga yordam beradi, bu esa ong ishlashi uchun zo‘r “yoqilg‘i”dir.?️‍♀️?‍♂️??️?‍♂️

Meditasiya

Meditasiya – kun bo‘yi to‘planib qolgan zo‘riqishlarni yengish uchun samarali usuldir. U kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi, yangi ijodiy g‘oyalar tug‘ilishiga turtki beradi, ruhiy xotirjamlik ato etadi. Meditasiya shifobaxsh amaliyot hamdir, charchoqlarni yengadi, ichki xotirjamlikni mustahkamlaydi.?‍♀️?‍♀️?‍♀️?‍♀️?‍♀️

Tana “til”i bilan gapirish

Millionerlar odamlarni qanday qilib o‘zlariga jalb qilishni, tuyg‘ulariga ishontirishni, har kim bilan til topishishni juda yaxshi bilishadi. Buning uchun ular imo-ishoralardan foydalanishadi, bu muloqotdoshlarini nafaqato‘ziga tortadi, balki taassurot ham uyg‘otadi.???

Televizor ko‘rishni cheklash

Davlatmand insonlar kambag‘allardan ko‘ra kamroq televizor ko‘radi. Barcha boylarni bir odat birlashtiradi: o‘z vaqtini xoh ish vaqti bo‘lsin, xoh bo‘sh vaqti bo‘lsin, uni samarali o‘tkazish. Shu bois ularning aksariyati zangori ekranga tikilishdan ko‘ra kitob o‘qishni, sayr qilishni, mashg‘ulotga borishni yoki oddiy muloqotni afzal biladi. Ularning ta’kidlashicha, inson o‘zi uchun 3 ta xobbi topishi kerak: biri pul ishlash uchun, ikkinchisi ijod uchun va uchinchisi salomatlik uchun.???

Rejalashtirish

Barcha millionerlar yo‘qotilgan pullarni qaytarib olish mumkin, lekin yo‘qotilgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi, degan fikrni tasdiqlashadi. Muvaffaqiyatga aniq rejasiz shunchaki ergashib bo‘lmaydi. Oltin qoida shuki: “To‘g‘ri tuzilgan reja yomon ishning oldini oladi!”. Buning uchun esa har bir millionerlar o‘z vaqtini taqsimlashni, qiladigan ishlarining ro‘yxatini qilishni va ma’lum bir maqsadlarni qo‘yishni bilishadi.???


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish