Brandey universitetining xalqaro biznes-maktabidagi tashkiliy xulq o‘qituvchisi

Brandey universitetining xalqaro biznes-maktabidagi tashkiliy xulq o‘qituvchisi, «Global Dexterity: How to Adapt Your Behavior across Cultures without Losing Yourself in the Process» kitobi muallifi Endi Molinski uzr so‘rash mavzusida ajoyib maqola yozdi. Harvard Business Review nashri ushbu maqola bilan bo‘lishdi.

Bolalikda men sevgan teleshou – «Baxtli kunlar», sevimli qahramonim esa – Artur Gerbert Fonzarelli (Fonz) – klassik «qoyilmaqom yigit» bo‘lgan. U gazirovkali avtomatdan birgina harakat orqali bepul ichimlikka ega bo‘lardi. Musiqiy avtomatdagi qo‘shiqni birgina barmoqni harakati orqali o‘zgartira olardi.

U hamma narsaga qodirdek tuyulardi… bir narsadan tashqari. U nohaqligini tan ololmasdi. U duduqlana boshlar, mushtini tugardi va kerakli so‘zni talaffuz qila olmaydigandek ko‘rinardi. Serialda bu epizod juda kulgili ko‘rinadi, lekin inson real hayotda uzr so‘rashni bilmasa, bu haqiqiy ziddiyatga olib kelishi mumkin, ayniqsa ishda.

O‘z aybiga iqror bo‘lish – boshqa bir insonning ko‘ziga qarab samimiy uzr so‘rash – oson emas. Biroq ish joyida muammolarni bartaraf etish uchun uzr so‘rash qobiliyati – zarur sifatlardan biri. Uzr so‘rar ekanmiz, bu inson bilan munosabatlar va uning fikri – biz uchun qadrli ekanini bildirgan bo‘lamiz.

Shunday bo‘lsa-da, bu mavzuga qo‘l urib, uzr so‘rashning juda qiyinligini anglab yetdim. Kuzatsam, ko‘pchilik chin dildan uzr so‘ramaydi yoki umuman so‘ramaydi. Shu bois munosabatlarning darz ketishiga imkon yaratib beradi. Shuni yodda tutgan holda, uzr so‘rashning to‘rt noto‘g‘ri usulini ko‘rib chiqamiz. Ehtimol, sizning shaxsiy tajribangizda ham bunday holatlar uchragandir.

  1. Quruq uzr. «Uzr so‘rayman. Aytdim-ku, meni kechiring». Quruq uzr so‘rash – bu kechirim so‘rashning hech qanday mazmunga ega bo‘lmagan shakli. Siz uzr so‘rashga majbur ekanligingizni bilasiz, lekin shu qadar jahlingiz chiqqanki, o‘zingizdan haqiqiy tuyg‘uni siqib chiqara olmaysiz. Shu bois hech qanday tushuntirishlarsiz shunchaki rasmiy uzr so‘rab qo‘ya qolasiz. Uzringiz yo‘naltirilgan insonga ham bu kundek ayon.
  1. Haddan ziyod ko‘p so‘zli uzr. «Meni afv eting! O‘zimni shu qadar noqulay his qilyapmanki. Afsusdaman. Vaziyatni qanday to‘g‘irlashim mumkin? O‘zimni hech qachon bunday noqulay his qilmagandim…». Nazariy jihatdan qaraganda uzrlaringiz xatoni to‘g‘irlab, munosabatlarni tiklashga yo‘naltirilgan. Biroq qayta-qayta uzr so‘rash bilan nafaqat maqsadingizga erisha olmaysiz, balki aksincha uning teskarisi bo‘lishi mumkin – qilgan xatoingizga emas, o‘zingizga keragidan ortiq e’tibor qaratasiz.

Uzringizni qabul qilayotgan tomon uchun bunday usul turlicha qabul qilinishi mumkin. Bir variant – vaziyatga mos kelmaydigan darajada ko‘p hissiyot berasiz. Kun tartibi nusxasini majlis oldidan tarqatishni unutdingiz, deylik, endi esa sal qolsa, tiz cho‘kib uzr so‘rashga tayyorsiz. Yana bir variant – bir qilmish uchun qayta-qayta uzr so‘rash. Bunday xatti-harakatlaringiz bilan boshqa odamni «hammasi joyida» deyishga majbur qilayotgan bo‘lasiz. Har ikki holatda ham diqqat markazida – o‘zingiz! Aslida esa asosiy e’tibor xafa qilgan insoningizga qaratilishi kerak.

  1. Chala uzr so‘rash. «Bunday bo‘lganidan afsusdaman». Ba’zan sizning so‘zlaringiz kerakli maqsadgacha yetib boradi, lekin oxirigacha emas. Afsusni to‘g‘ri ifodalash masalasini o‘rganuvchilarning fikricha, uzr so‘rash uch asosiy komponentdan iborat: vaziyat yoki voqeadagi aybni tan olish, kechirish haqida so‘rash, bu boshqa qaytarilmasligiga va’da berish. Chala uzr so‘rash bularning hammasini qamrab olmaydi. Masalan, siz vaziyat uchun javobgarlikni qisman o‘z bo‘yningizga olishingiz mumkin, lekin bu borada afsuslanishingizni ifodalamaysiz yoki uzr so‘ramaysiz. Yoki boshqa kishi qolgan vaziyat borasida afsusda ekanligingizni bildirdingiz, lekin unda o‘zingizni ishtirokingizni tan olmadingiz (Masalan, «O‘zingizni bunday his qilayotganingiz taassufdaman»). Har qaysi holatda ham uzrlaringiz to‘liq emas va uning samarasi ham shunga muvofiq bo‘ladi.
  2. Inkor qilish. «Bunda mening aybim yo‘q – bas». Ba’zan sizning «men»ingiz ustun keladi yoki shunchaki kechirim so‘rashni istamaysiz. Ehtimol, sizni g‘azab shu qadar qamrab oladiki, uzr so‘rashning o‘rniga himoyalanish pozisiyasini tutasiz yoki barchasini inkor qila boshlaysiz. O‘z aybiga iqror bo‘lish juda qiyin, ba’zilar umr bo‘yi buni o‘rgana olishmaydi. Biroq sizning inkor etuvchi pozisiyangiz qanchalik kuchli bo‘lmasin, oxir-oqibat u darz ketgan munosabatlarni tiklamaydi, aksincha, vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

To‘g‘ri uzr so‘rash uchun siz o‘z his-tuyg‘ularingizni nazorat qilishni o‘rganishingiz kerak, zarurat tug‘ilsa, o‘zingizni boshqa odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rib, vaziyatga ko‘nikishingizga to‘g‘ri keladi. Sizni turli hissiyotlar qamrab olgan vaqtda bu oson bo‘lmaydi, albatta. His-tuyg‘ularingizni nazorat qila olmasligingizni sezsangiz, yaxshisi tanaffus oling. To‘g‘ri uzr so‘rash uchun birgina imkon bor, shuning uchun undan munosib foydalaning.

O‘zingizni qo‘lga ololmayotgan bo‘lsangiz, vaziyatga boshqa odamning ko‘zlari bilan qarashga harakat qilib ko‘ring. Uni tushunishga urining va bu, ehtimol, oxir-oqibat sizga chin dildan uzr so‘rashga yordam berar. Bunday xatti-harakatlar sizga nima uchun kerakligini unutmaslik muhim: chunki siz u insonga va u bilan o‘rtangizdagi munosabatlarga befarq emassiz.

Uzr so‘rash odatda siz tomoningizdan o‘zgarishga bo‘lgan va’dani talab qiladi. Agar bo‘lgan voqeadan haqiqatda afsusda bo‘lsangiz, u holda qulaylik zonasidan chiqib, o‘z ustingizda ishlashingizga, takomillashingizga to‘g‘ri keladi. Agar siz o‘z qo‘l ostingizdagilarni kerakli resurslar bilan ta’minlamagan bo‘lsangiz, vaziyatni to‘g‘irlash uchun aniq qarorlar qabul qiling. Bu siz uchun ustuvor vazifaga aylansin. Shunday qilingki, yangi amalingiz sizning kundalik jadvalingizning bir qismiga aylansin. Hatto ko‘pchilik oldida o‘zgarishga va’da berishingiz ham mumkin. Shu tariqa uzr so‘rash nafaqat munosabatlarni tiklaydi, balki sizning shaxs sifatida o‘sishingizda qudratli kuchga ega bo‘ladi.

Maqola boshida tilga olingan qahramonimiz Fonza fil’m oxirigacha «kechiring» deyishni o‘rgana olmadi – biroq siz buni uddalay olasiz! Keng tarqalgan xatolardan xoli bo‘ling, «men»ingizni bir chekkaga suring va so‘nggi maqsadni yoddan chiqarmang: ijobiy munosabat qurish va uni qo‘llab-quvvatlash.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish