Ertalabki uyg‘onish xuddi o‘z-o‘zini aldashga o‘xshaydi. Smartfonda bir qancha budil’niklar o‘rnatilganmi? Keling, haqiqatni tan olishimiz kerak — erta tongda osongina ko‘zni ochib, uyg‘onadigan insonlar juda kam. Ko‘pchilik insonlar shirin uyqu og‘ushidan qiyinchilik bilan uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi.
Evolyusion biologlar aytishicha, insonlar uyqudan tetiklashish holatiga o‘tishga tabiiy sabablar tufayli moslashgan bo‘ladi. Agar bizlarda shunday qobiliyatlar bo‘lmaganida, odatiy hayotimizda har doim ham yashamaydigan yovvoyi hayvonlardan o‘zimizni himoya qila olmagan bo‘lardik. Shu tariqa, uyg‘onishga bog‘liq muammolar bizning hayot tarzimizga asoslangan. Ushbu besh usul esa tez va og‘riqsiz uyg‘onishga hamda ko‘plab foydali ishlarni o‘z vaqtida bajarishga yordam beradi.
Budil’nikni berkiting
Juda ham oddiy, biroq samarali bo‘lgan budil’nikni yashirish usuli ko‘plab avlod vakillariga yordam berib keladi. Zamonaviy hayotda bu usulning qimmati ikki barobarga oshadi — smartfonni tunda boshqa xonada qoldirib, siz o‘zingizni uyqu oldidan gadjetlar ishlatmaslikga o‘rgatasiz va shu bilan birga osongina uyg‘onasiz.
Tonggi vazifalar
Tong — miya tizimli va jadal ishlashi uchun ayni vaqt emas. Uyqudan so‘ng fikrlarni jamlash xuddi uyg‘onish kabi murakkabdir. Bu holatda eng yaxshi qaror — vazifalar ro‘yxatini tunda tuzib qo‘yish. Mayda ishlarga o‘ralashib, muhim ishlarni ertalab qisqa muddatda qilishga urinish yaramaydi. Birgina foydali ish, masalan, kun davomida kuch yig‘ishga yordam beruvchi tonggi badantarbiya bilan shug‘ullanishning o‘zi kifoya.
Tishlarni tozalang
Tanaga uyg‘onish uchun bir muddat vaqt berish zarur — birinchi 10-15 daqiqa unga hech qanday zo‘riqish bermaslik lozim. Tishlarni tozalash — o‘ziga kelish va tanani uyg‘otish uchun ajoyib mashg‘ulotdir. Muzdek suvga chayinish — uyg‘onishning yana bir samarali usullaridan biri. Yuz va boshda barcha hayotiy muhim a’zolarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan asab tugunlari mavjud.
Bir stakan suv iching
Yana bir eskicha yondoshuv barcha sharoitlarda foyda beradi. Sakkiz soatli uyqudan so‘ng organizm kuchli suvsizlanishni boshdan kechiradi va tezda namlik qabul qilishga muhtoj bo‘ladi. Bir stakan suv organizm tizimiga tushib, yomon tush yoki tonggi lanjlikni tezda unitishga yordam beradi. Hattoki, siz qahvaning ishonchi do‘sti bo‘lsangiz ham — suv sog‘lom kun boshlanishining asosiy garovidir.
Badantarbiya
Mashg‘ulotlar uchun kiyimni avvaldan tayyorlab qo‘ying va uyg‘ongach, darhol ularni kiying. Ko‘pchilikni tongni yuvinish bilan boshlashga odatlangan. Biroq yuvinishdan oldin biroz terlash foydalidir. Tonggi mashqlar boshqa istalgan mashg‘ulotlardan ajralib turadi. Tana yetarlicha bo‘shashgan va zo‘riqishlarni bemalol ko‘tara olishga moslashadi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.