#PSIXOLOGIK_TEST
Harakat tarzingiz qanday?
Hayotda har bir inson o’ziga harakatning ma’qul jihatini tanlaydi. Bu odatimiz bizning aslida qanday inson ekanimizni ham belgilab beradi.
Ushbu test sizga ham o’zingizni tekshirib olish imkonini beradi.
1. Agar jamoat joyida qo’l telefoningiz jiringlab qolsa, alohida joyga chiqib gaplashasizmi?
a) Albatta — 0
b) Balki shunday qilarman — 1
v) Bu vaziyatga bog’liq — 2
g) Unday qilmasam kerak — 3
d) Buning sira hojati yo’q — 4.
2. Agar do’stlaringiz sizni mehmonga talif etsa, qandaydir sovg’a olib borasizmi?
a) Albatta — 0
b) Gohida shunday qilaman — 1
v) Vaziyatga qarab ish tutaman — 2
g) Yo’q — 3
d) Buning sira zarurati yo’q — 4.
3. Siz shunday joyga talif etilgansizki, muhit umuman sizga begona. Kostyum-shim, bo’yinbog’ (to’ylar, tantanalarga kiyiladigan ko’ylak) zarur. Siz shunday kiyinib borarmidingiz?
a) Uyatga qolgandan ko’ra, shunday kiyingan ma’qul — 0
b) Aslida unday hashamlarni yoqtirmayman. Ammo zarur bo’lsa, shunday kiyinishga majburman. — 1
v) Aqlimga sig’maydi — 2
g) O’z kiyimimda kelsam, meni haydab solishmasa kerak — 3
d) Yo’q — 4.
4. Qo’pol hazil qilmaydigan, so’kinmaydigan muloyim odamlar bilan do’stlashasizmi?
a) Ha — 0
b) Asosan shunday — 1
v) Har doim emas — 2
g) Bu odatda meni tashvishga solmaydi — 3
d) Yo’q — 4.
5. Agar olis shahardagi tanishingiz sizga sovg’a yo’llasa, minnatdorchilik maktubini jo’natasizmi?
a) Ha — 0
b) Shunday qilsam kerak — 1
v) Kayfiyatimga qarayman — 2
g) Bu sovg’aning qandayligiga bog’liq — 3
d) Yo’q — 4.
6. Agar biror tanishingizdan kulgili maktub olsangiz, uni yaqinlaringizga ham ko’rsatasizmi?
a) Shaxsiy maktubni boshqalarga ko’rsatish zarur deb o’ylamayman — 0
b) Eng yaqin do’stlarimga ko’rsataman — 1
v) Agar bu yerda sha’nimga tegadigan so’zlar bo’lmasa, albatta ko’rsataman — 2
g) Boshqalar ham kulsin-da! Maktub muallifi bundan ranjimasa kerak? — 3
d) Mening yaqinlarimdan yashiradigan sirim yo’q — 4.
7. Siz oshxona, restoranga kirsangiz, ofitsiantkaga hisob-kitob qog’ozidagidan tashqari qo’shimcha haq berasizmi?
a) Ha — 0
b) Bo’lib turadi — 1
v) Ba’zida — 2
g) Kamdan kam hollarda- 3
d) Yo’q- 4.
8. Siz do’stlaringizdan qarzga buyum olgandan ko’ra do’konga bolrib shu buyumni sotib olish ma’qul deb o’ylaysizmi?
a) Ha — 0
b) Aksar hollarda shunday yo’l tutaman — 1
v) Vaziyatga qarayman — 2
g) Gohida do’stlarimning buyumlarini ma’lum vaqtga olib turaman. Buning uyatli joyi yo’q — 3
d) Do’stimda shu buyum bo’lsa, do’konga chopib nima qilaman? — 4.
9. Ovqatlanayotganda sukut saqlaysizmi?
a) Albatta — 0
b) Harakat qilaman- 1
v) Ba’zida shunday qilaman — 2
g) Bu narsaga e’tibor bermayman — 3
d) Men bunday irimlarga e’tibor bermay, o’zimga yoqqan tarzda ovqatlanaman — 4.
10. Ovqat so’zini tez-tez ishlatib turasizmi?
a) Yo’q — 0
b) Ba’zida — 1
v) Boshqa sinonimlarini qo’llayman — 2
g) Bunday narsalarga e’tibor bermayman — 3
d) Bu so’zni qo’llashning nimasi yomon? — 4.
NATIJALAR:
9 va undan kam ball. Sizni aristokratlarga qiyoslash mumkin. Agar eng yuqori darajadagi tantanalarda qatnashsangiz ham baribir o’zingizni yo’qotmaysiz
10-19 ball. Siz iloji boricha oddiy odamlar davrasida bo’lishga intilasiz. Chiroyli so’zlarni ham kamdan kam vaziyatlarda qo’llaysiz. Umuman, har qanday toifadagi odamlar bilan tillashib keta olasiz.
20-29 ball. Siz juda oddiy insonsiz. Shuning uchun bo’lsa kerak, nozik ta’bli odamlar davrasiga tushib qolsangiz, o’zingizni yo’qotib qo’yasiz. Doimo o’zingizning darajangizdagi insonlar bilan muloqot qilishga urinasiz. Aristokratlarni unchalik xushlamaysiz.
30 ball va undan yuqori. Sizni sira o’ylanmasdan yovvoyi deyish mumkin. Bu yaxshi ma’noda albatta. Sizning fe’l atvoringiz boshqalarniiga sira o’xshamaydi. Gapirishda ham, o’zingizni tutishda ham umumiy tartib-qoidalarga e’tibor qilmaysiz. Sira tap tortmasdan kimnidir xafa qilib qo’yishingiz mumkin.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.