⚡️ Oʻlayotgan odamlarning armonlari.
?⚕ Avstraliyalik hamshira Bronniye Varne soʻnggi besh yil davomida shifoxonada ishlab oʻlayotgan bemorlarning armonlarini yozib boribdi.
U yaqinda bir konferensiyada oʻlayotgan odamlarning eng koʻp aytilgan beshta armonini haqida gapiribdi.
1. Men yillar davomida boshqalar mendan kutgan hayotni emas, balki oʻzim yaxshi koʻrgan hayotni yashashni istar edim. Men esa odamlar mendan kutgan hayotni yashadim, oʻzim boʻla olmadim.
2. Bunchalik qattiq ishga berilmasam boʻlar ekan, deyarli har bir ayol ishga berilib farzandlarining bolaligi va yoshligini oʻtkazib yuborganidan armonda.
3. Oʻz his-tuygʻularimni ochiq ayta olishga jasoratim boʻlganda edi.
4. Doʻstlarim, yaqinlarim bilan koʻproq vaqtimni oʻtkazishim kerak edi.
5. Baxtli boʻlish mening tanlovim edi, oʻzimni yanada baxtiyor his qilishim, baxtli yashashim uchun barchasi bor edi, lekin men boshqacha yoʻlni tanladim.
P.S. Armonsiz yashang.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.