- Bir qoshiq suv bilan yutgudek…
Erkak kishi ko‘zi bilan sevadi, deb eshitganmisiz, to‘g‘ri aytishibdi. Aks holda shoirlarimiz «oydan-da go‘zal, kundan-da go‘zal» deb she’ru g‘azallar bitishmasdi.
Albatta, o‘ziga yarashtirib kiyingan, tobida pardoz-andoz qilib, yurish-turishni joyiga qo‘yadigan ko‘hlik qiz-juvonlar kimga ham yoqmaydi, deysiz? Buyog‘i, soch turmagi, manikyur, pedikyur, yana bir balolar… Xullas, ota-bobolar «onangni otangga bepardoz ko‘rsatma», deb bejiz aytishmagan… - Nozu firog‘ingdan akang…
Ayol kishining eng katta quroli, bu — uning nozu karashmasi, degan ekan bir donishmand. Axir shirin ovozda, nozik jilmayib, nafis harakatlar bilan o‘z harakatini bildirishga shay turgan qaysi ayol erkak kishini xuddi mumdek eritmaydi.
Shunday ekan, aziz ayollar, o‘z gapirish uslubingiz, so‘z boyligingiz, qo‘l harakatlaringiz — hamma-hammasini nazoratga oling. Begingizga boshqalar qosh qoqib, uning jonini olishini istamasangiz, bu ishni o‘zingiz qilganingiz ma’qul. - Ayol hamisha sirli bo‘lishi kerak
Har doim turmush o‘rtog‘ingiz sizdan nimadir yangilik topishi kerak. Ha, tan olish kerak, biz erkaklar yangilikka o‘chmiz. Shu bois, o‘zaro salomlashganda ham «Nima yangiliklar?» deb so‘rashamiz. Oilada har
har kuni bir yangilik bilan lol qilishga intilsangiz, oshig‘ingiz olchi bo‘ladi. Faqat bu yangiliklar cho‘ntagimizni quritadigan bo‘lmasligi kerak-da. - Qo‘lingiz dard ko‘rmasin
Erkak kishining ko‘ngliga yo‘l uning oshqozoni orqali o‘tishini bilasiz-a? Aslida o‘zimizga qolsa-ku, bitta pomidor va bir burda non bilan ham qornini aldab ketaveramiz. Ammo ayol zoti bizni rom etishni istar ekan, dasturxonga bor mehrini berishi, uni turfa noz-ne’matlar bilan to‘ldirishi kerak. Shuning uchun, begingiz uchun taom hozirlar ekansiz, xuddi davlat ahamiyatiga molik ishni bajarayotgandek o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qiling. - Sarishtali xotin — farishtali xotin
Endi bu haqda gap sotib boshingizni og‘ritmasam ham bo‘ladi.
Tozalik, saranjom-sarishtalik har bir o‘zbek ayoliga xos bo‘lgan xususiyat. Uydagi tartibsizlik har qanday erkakni, ayniqsa, u ishdan charchab kelganida g‘ashiga tegadi. Bu g‘ashlik albatta, oilaviy munosabatlarga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bo‘sh vaqt topdingizmi, uyga, tozalikka bag‘ishlang. - Erkaklarni asrang ayollar!
Erkakning kiyim-kechagi, poyafzali, shaxsiy ashyolari hamisha toza va o‘rnida bo‘lishi kerak. Unutmang, uzilgan tugma o‘z-o‘zidan qadalib qolmaydi, so‘kilgan chok o‘zicha tikilmaydi. Aks holda ertalab xo‘jayin «Ayasi, bugun qaysi ko‘ylagimni kiyay, yoqasi kirinimi yo tugmasi yo‘g‘ini», deb sarg‘ayib turadi…
- Eringizga do‘st bo‘ling
Eringizga nima yoqsa, siz ham yoєtirasizmi? U sizga o‘n yettinchi marta hikoya qilib berayotgan bolalikda єo‘shnisining bog‘iga o‘g‘irlikka tushgani haqidagi hikoyani katta qiziqish bilan tinglay olasizmi? U bilan yonma-yon o‘tirib, muxlislik qilayotgan jamoaning o‘yinini jo‘shib tomosha qila olasizmi? U aytib bergan latifaga hatto tushunmasangiz ham, qotib-qotib kulasizmi?
Unda sizga tan berish kerak. Siz to‘g‘ri yo‘dan borayapsiz. - Ayol eng avvalo ona demak
Bola tuqqanning hammasiyam ona bo‘lavermaydi, deyishadi. To‘g‘ri. Gap faqat tug‘ishda emas, Bolaga mehr, tarbiya va e’tibor bera olishda. Bolalarga shu darajada yaxshi e’tibor qaratingki, turmush o‘rtog‘ingiz sizni nafaqat ayol, balki ona sifatida ham hurmat qila olsin. - O‘zingizni takomillashtirib boring
Ayol kishi er istagan hamma narsani miridan-sirigacha bilishi lozim. Ammo hech qachon eridan aqlli ko‘rinishga urinmasligi kerak. Er zotining tabiati shunaqa-da, xotin uning har bir maslahatini xuddi Luqmoni hakimning hikmatlaridek hayrat ila qabul qilsa, o‘ziga yaxshi. - Pul topishni ham unutmang
To‘g‘ri, xotinni yedirish, ichirish, kiydirish, hamma ehtiyojlarini ta’minlash erkakning zimmasidagi vazifa. Biroq ayol kishi faqat erning topgan-tutganiga ko‘z tikib o‘tiraversa ham bo‘lmaydi.
Axir qadimgilar bilib aytganda: «Erga qarading — yerga qarading!» Shuning uchun hadeb tozalikni er cho‘ntagidan boshlamasdan, o‘z yukingizni o‘zingiz ko‘tarishga ham o‘rganing. Ehtimol, siz eringizdan ko‘proq pul toparsiz. Shunda ham buni hech qachon uning yuziga solmang: «Baribir, siz topgan bir so‘m pulning barakasi bor», deb tursangiz, erginangizning ham ishlari yurishib ketadi. - Har doim yaxshi kayfiyatda bo‘ling
Ha, har doim! Erning kayfiyati ham sizning yuz ifodangizga qarab o‘zgarishi mumkin. Xotin zotining hamisha qovog‘idan qor yog‘ib turadiganidan asrasin. Agar siz yaxshi kayfiyatda bo‘lsangiz, hammasi joyida bo‘ladi. Urushish uchun bahona qidirib turgan janob er ham to‘ng‘illab-to‘ng‘illab jim bo‘ladi-qoladi. - Erni hadeb tergayvermang
- «Nega kech qolib kelayapsiz? Nega telefonimni ko‘tarmaysiz? Nega telefon band edi? Sizdan qanaqa atir hidi kelayapti? Kotibangizning sochi qanaqa?» Bunday savollardan imkon qadar tiyiling. Shu er sizniki. Baribir ot aylanib qozig‘ini topadi. Ko‘chada ayollar ko‘p, to‘g‘ri, lekin sizning tepakal eringizdan boshqa chiroyli, kelishgan erkaklar ham tiqilib yotibdi. Shu uchun ortiqcha tergov, shubha-gumonlar bilan munosabatlarga raxna solmang..
- Hasad qilmang.
- Ishingizni to‘g‘ri baholamasdan o‘rningizga sizdan ko‘ra ancha iste’dodsiz va tirishqoq bo‘lmaganlarni o‘tkazishdi deb o‘ylayapsizmi? Haqiqatdan shunday bo‘lishi ham mumkin. Ammo yaxshisi, omadlilarga hasad qilish emas, balki ulardan ham nimanidir o‘rganib olish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Vaziyatga shu kabi nuqtai nazar bilan qarash o‘zingiz uchun ko‘proq foyda keltirishi shubhasiz.
- Oqilona yondashish.
- Mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish mavzusi yoritilgan maqola va kitoblarni qat’iy amal qiladigan va yod olish zarur bo‘lgan qo‘llanma (yo‘l-yo‘riq) sifatida emas, balki xususiy xulosalar chiqarish uchun kerak bo‘ladigan ma’naviy ozuqa sifatida qabul qiling.
- Do‘stona, samimiy bo‘lib, atrofingizda o‘zingizga dushman orttirmay, sizga xayrixohlar insonlarni yig‘ing. Shunga loyiq bo‘lsalar ham hamkasblarni tanqid qilishga qiziqib, berilib ketmang. Yaxshisi, diqqatingizni siz bilan yonma-yon ishlovchilarning ijobiy fazilatlariga jamlanganingiz ma’qul.
Nima uchun sizni mansab pillapoyalaridan yuqoriga ko‘tarishmayapti?
Javobgarlikdan qo‘rqasiz
Siz doimo lavozimingizga oid majburiyatlarni yaxshi bajarasiz, ammo eng muhim vaqtda ham mustaqil qarorlar qabul qilishga qo‘rqasiz.
Teng yo‘q xodimsiz!
O‘z ishingizni shu darajada qoyilmaqom qilib bajarasizki, rahbariyat o‘rningizda boshqa biror-bir kimsani tasavvur etolmaydi. Vaziyat shunday ekan, idoradagi ko‘tarilish imkoniyatingiz bor-yo‘qligi haqida ochiq-oydin so‘rab olishning ayni vaqti. Agar siz qimmatli, qadrli xodim bo‘lsangiz, xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilishingiz tabiiy.
Haddan tashqari tortinchoq
Lavozimingiz ko‘tarilishini istaysizmi? Yo‘lboshchilik fazilatlariga ega ekanligingizni namoyish eting. Sizni payqab qolishlari va yetarlicha baho berishlari uchun tashabbus ko‘rsatib, biror-bir loyihaga boshchilik qiling.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.