Test – o‘zingizdan ko‘nglingiz to‘ladimi?

«O‘z qadr-qimmatini bilmagan insonni atrofdagilar ham qadrlamaydi», deyishadi. Ayniqsa, biz — ayollarning doim ham o‘zimizdan ko‘nglimiz to‘lmaydi, hayotimizdan mamnun bo‘lavermaymiz. Goh tashqi ko‘rinishimiz, goh yon-atrofdagilar ta’bimizni xira qiladi. Natijada esa oldga emas, ortga tomon qadam tashlay boshlaymiz. Quyidagi testimiz sizning o‘z shaxsingizdan qanchalik qoniqishingiz haqidagi savollarga oydinlik kiritadi.

  • Yana qaytadan dunyoga kelsangiz-u hayotingiz yangidan boshlansa…

A. «Yo‘q, hech ham bunday o‘ylamayman! Hayotimdan mingdan-ming roziman!»

B. «Gohida hammasi yangidan boshlansa edi, bola bo‘lib qolsaydim, deyman».

V. «Ko‘pincha «Qaytadan yashay boshlasam…» degan o‘y-xayollarga berilaman».

  • Hayot sizga qayta berilsa, yana shu umr yo‘ldoshingiz bilan umguzaronlik qilishni istaysizmi?

A. «Albatta, nafaqat istayman, bu fikrni doim e’tirof ham etaman!»

B. «Aniq bir narsa deya olmayman».

V. «Haqiqatni tan olish kerak — yo‘q».

  • Ishlaringiz yurishmay qolganida «Nuqul men bilan shunday bo‘ladi» degan fikrga borasizmi?

A. «Aslo, xayolimning bir uchiga ham kelmaydi».

B. «Bu vaziyatga bog‘liq».

V. «Nimasini aytasiz, haqiqatda men boshlagan ishlar doim chappasiga ketadi, omadsizlik soyamdek gap».

  • Lotereya o‘yinlarida yoki biror musobaqada yutuqqa erishganmisiz?

A. «Ha, bir emas, bir necha marta!»

B. «Yo‘q desam ham bo‘ladi, chiqqan yutuqlar ham arzimas bo‘lgan».

V. «Yo‘q, biror marta yutuq chiqmagan, bundan keyin ham chiqmasligi aniq».

  • Sizni xushlamaygina suhbatlashishlari nafsoniyatingizga tegadimi?

A. «Yo‘q, bu menga zarracha ta’sir qilmaydi».

B. «Kayfiyatimga qarab ta’sir qiladi».

V. «Albatta, iloji boricha bu suhbat tezroq tugashini istayman».

  • Tanishlaringizning hayotida ko‘ngizsizlik yuz bersa, darrov uni yupatishga tushasizmi?

A. «Yo‘q, har kim o‘z boshiga kelgan sinovni o‘zi yengib o‘tishi kerak».

B. «Uning holatiga qarayman, chunki ba’zan kishiga yupanch so‘zlar tasalli bermaydi, aks ta’sir ko‘rsatadi».

V. «Bu mening vazifam! Axir qanday qilib mum tishlab turish mumkin?!»

  • Yaqinlaringizning sizga tuhfa etgan qimmatbaho sovg‘asi ularga bo‘lgan munosabatingizga ta’sir qiladimi?

A. «Yo‘q, gap sovg‘adamas, e’tiborda!»

B. «Ba’zida men uchun shuncha xarajat qilishibdi deb o‘rtadagi tushunmovchiliklarni unutib yuboraman».

V. «Ko‘nglimni tog‘dek ko‘taradi!»

  • Sizga hasad qilishlaridan quvonasizmi?

A. «Ha, chunki bu men ulardan bir qadam oldindaman deganidir!»

B. «Bu hasadgo‘yning kimligiga bog‘liq».

V. «Hech bunaqasi bo‘lmagan».

  • Kimningdir sizdan ko‘ra yaxshi ishlayotgani, yashayotganiga qarab o‘yga tolib qolasizmi?

A. «Men o‘zimni boshqalar bilan solishtirmayman».

B. «Bu kim qanday ishlayotgani yoki yashayotganiga bog‘liq tarzda yuz beradigan holat».

V. «Ha, deyarli doim shunday».

  • Katta davraning e’tiborini o‘zingizga qaratishni yaxshi ko‘rasizmi?

A. «Ha, buning uchun doim harakat qilaman».

B. «Juda ham emas».

V. «Aslo, katta davralarni yoqtirmayman».

  • Ko‘nglingiz uchun shug‘ullanadigan biror sevimli mashg‘ulotingiz bormi?

A. «Ha, busiz hayot zerikarli bo‘lib qoladi-ku!»

B. «Ba’zida yangi narsalarni o‘rgangim keladi, ammo bu vaqtinchalik holat».

V. «Yo‘q, vaqtim ham, xohishim ham yo‘q, bunga».

  • Atrofdagilar siz kutgan taklifni bildirishmasa…

A. «O‘zim taklif bilan chiqaman!»

B. «Ba’zan vaziyatni qo‘lga olaman, ba’zida esa payt poylayman».

V. «Ko‘nglim o‘ksiydi…»

  • Jamoaviy tushgan suratlaringizni tomosha qila turib…

A. «Hammadan ajralib turishimga yana bir bor amin bo‘laman!»

B. «Ko‘zim quvnaydi, omadsiz chiqqan suratlardagi xatolarimni esa eslab qolaman».

V. «Ko‘pincha ularni o‘chirib tashlash harakatida bo‘lganman».

  • Jon-jahdingiz bilan qilgan ishingiz uchun sizni maqtashmasa, qanaqa kayfiyatning asiriga aylanasiz?

A. «Qancha mehnat qilganimni va a’lo darajada uddalaganimni ta’kidlayman».

B. «Mayli, maqtashmasa-maqtashmasin, o‘zim uchun xulosa chiqarsam bo‘ldi-ku, axir».

V. «Boshqa bu ishga qo‘l urmayman».

  • Tasavvur qiling, tajribali inson sizga maslahat berdi, ammo ma’lum sabablarga ko‘ra tavsiyasiga amal qila olmadingiz va ishingiz baroridan kelmadi…

A. «Men bilan hech qachon bunday bo‘lmaydi, o‘zimdan o‘zga maslahatchim yo‘q!»

B. «Vaqtni endi ortga qaytarib bo‘lmaydi, shunday ekan keyingi gal uchun bu ham bir saboq deya qabul qilaman».

V. «Boshqa o‘zibilarmonlik qilmaslikka qat’iy qaror qilaman».

Javoblarga diqqat qilamiz!

Agar A javob ko‘p bo‘lsa. Tanlagan javoblaringizdan shuni aytish mumkinki, o‘zingiz va hayotingizdan ko‘nglingiz to‘q. Hatto, haddan ortiq deyish ham mumkin. O‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz juda oshib ketgan. Shu sabab ham ba’zan yon-atrofga bepisandlik bilan boqib qo‘yasiz. Yaxshi xislatlaringiz talaygina, omad kaliti doim qo‘lingizda go‘yo. Faqat o‘ylab ko‘ring: o‘z-o‘zingizni tanqid qilish, o‘zingizga chetdan baho berish kabi fazilatlaringiz bormi? Ba’zida xudbinlik qilmaysizmi? Yaqinlaringiz va do‘stlaringizning fikrlariga quloq tutasizmi? «Ha» deya javob berishga shoshmang. Chuqur o‘ylang, bu sizda rosmana minnatdorlik hissi uyg‘onishiga, atrofdagilar bilan munosabatlaringiz chiroyli tus olishiga zamin yaratadi.

Agar B javob ko‘p bo‘lsa. Sizni o‘zingizga bo‘lgan sog‘lom ishonch bilan tabriklasak bo‘ladi! Zero, bu ishonch me’yordan oshmagan. Ayrimlardagi kabi o‘ziga bino qo‘yish, o‘z omadidan sarmast bo‘lish kabi tuyg‘ular bilan uyqashib ketmagan. Shu sababdan ham boshlagan ishlaringiz xayrli, omadli kechadi. Yaqin-uzoqlar bilan munosabatlaringiz havas qilgulik. Oltin o‘rtalikni topgan insonsiz, axir. Har qanday vaziyatda o‘zni qo‘lga olib, yechimni topishga ustaligingiz tahsinga loyiq. Faqat ba’zan judayam loqayd insonga aylanib qolishingiz mumkin. Mana shu tomoningiz haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya beramiz.

Agar V javob ko‘p bo‘lsa. Balki test javoblaridan xafa bo‘larsiz. Ammo haqiqat tan olinsagina, o‘zgarishlar bo‘ladi. O‘zingizda, hayotingizda… Siz yaxshi insonsiz. Oqko‘ngilsiz, hammaga yordamga shaysiz. Bolalik beg‘uborligi ham ko‘ngilni tark etmagan. Biroq bu fazilatlaringizni to‘g‘ri va munosib baholay olmaysiz. O‘zingizga ishonchingiz past. O‘z ustingizda ishlashingiz kerak. Hoziroq bunga kirishing. Qanday qilib, deysizmi? Qo‘lingizga qog‘oz oling-da, naq 50 ta yutug‘ingizni yozing, nimani yutuq sanasangiz shuni. Uzun sochlar deysizmi, olmali piroglarni qoyillatib pishirishmi, hammasini. 50 dan oshib ketsa, tag‘in to‘xtab qolmang! Qunt qilsangiz, yuzlab yutuqlaringiz chiqadi. Ularni tan oling va ongostiga muhrlang. Anna shunda omad doimiy yo‘ldoshingiz bo‘ladi, hayotingizga mazmun kiradi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

?Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar – siz bilmagan eng qiziq 101+ ma’lumot

Inson haqida qiziqarli faktlar shu qadar ko‘pki, ularni bir sahifaga sig‘dirish ilojsiz. Biroq, barchaga qiziq bo‘ladiganlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitishingiz mumkin. Odam haqida 101 fakt Inson tanasining qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismi -...

Fikr bildirish