CHINGIZXONNING KUCHLI INSON BO’LISH TAKTIKASI

Quyida xonning avlodlari tomonidan saqlab kelingan to‘qqiz sabog‘i taqdim etiladi.

✅Ishni oxiriga yetkaz

«Mo‘g‘ul jangchisi boy berilgan kurashdagi ishtiroki bilan maqtana olmasdi. Chingizxon aytganidek, har qanday ish faqat oxiriga yetkazilgandagina mazmun kasb etadi».

✅Sabr-toqatda o‘rnak bo‘l

«Yomg‘irda birga xo‘l bo‘lardik, sovuqda esa – birga muzlardik».

✅Kattaroq maqsadlar uchun xizmat qil

«Etakchining odamlari baxtsiz ekan, uning o‘zi hech qachon baxtli bo‘la olmaydi».

✅Maqsadga ega bo‘l

«Inson maqsadni ko‘rmay, o‘z hayotini, qolaversa boshqalar hayotini boshqara olmaydi… Qadimgilarning bir gapi bo‘lgan: «Maqsad bir bo‘lsa, hech qanday kulfat qo‘rquv uyg‘otmaydi».

✅O‘zingga ishon

«Eng yaxshi do‘stingiz – dono qalbingiz. Ko‘pchilikka ishonish mumkin, biroq hech bir do‘st o‘zingizchalik ishonchli bo‘la olmaydi. Ko‘plar maslahat berishi mumkin, biroq hech kimning ovozi vijdoningizdan ustun kelishi kerak emas. Ko‘p narsani qadrlash mumkin, biroq o‘z hayotingizdan qadrlirog‘i yo‘q».

✅Kamtar bo‘l

«G‘ururni jilovlash yirtqich arslonni jilovlashga o‘xshaydi – bu juda qiyin. Biroq o‘z g‘ururini boshqara olmagan kishi xalqni boshqara olmaydi».

✅Hamma narsada me’yorga rioya qil

«Men hashamatni tan olmayman, hamma narsada me’yorga rioya qilish kerak… Qimmatbaho kiyim, tezkor tulporlar va go‘zal ayollar turganda o‘z qarashlarimiz va maqsadlarimizni unutib qo‘yish oson. Bunday holatlarda siz quldan farq qilmaysiz va barchasidan mahrum bo‘lish ehtimolingiz yuqori bo‘ladi».

✅Odamlarni tushunishni o‘rgan

«Ko‘lning turli tomonida fath qilingan qabilalarni ko‘lning turli tomonida boshqarish kerak».

✅Dunyoni o‘zgartir, biroq sekin-astalik bilan

«Hurmronlik qila turib, katta yoshlilarning dono maslahatlariga quloq tut. Eski yopinchiq yangisidan qulayroq – ko‘chmanchi hayot qiyinchiliklari u uchun qo‘rqinchli emas».


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Fikr bildirish