♻️Hamma ham qizi chaqqon, dastyor bo‘lishini istamaydi.Ularga hali bolaligidanoq ro‘zg‘orni sarishta tutishmas’uliyatini o‘rgatish kerak. Axir, ayol o‘z kasbini qanchalik yaxshi ko‘rmasin, mansabiga qanday mashaqqatlar bilan erishgan bo‘lmasin, uning ayollik vazifalari (uyni ozoda tutish, bola tarbiyasi va h.k.) baribir birinchi o‘rinda turadi.
??Qizlar ro‘zg‘orda onalariga yordam berishlari shart. Ulg‘aygandan so‘ng esa, uylarida xizmatkor ishlatishadimi yoki hamma ishni o‘zlari eplashadimiixtiyorlari.
??♀Mehnatingizni rohatini albatta ko‘rasiz
Odat-bola uchunhayotining asosini tashkil etadi. Uni bolaligida o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalardan chetlatsangiz keyin kech bo‘ladi. Qizingiz endigina yurishni o‘rganganda javonidagi kiyimlarni sarishtalayotganini yoki idish-tovoqlarni yuvishga urinayotganini kuzatganmisiz? Jajja qizlar onasiga ergashib, supursa supuradi, idish yuvsa oshxona rakovinasi bo‘yi yetmasa ham qo‘lidagi piyolasini chayishga intiladi. Biz esa: «Ket, kiyimingni Kir qilasan! Qo‘lingni suvga tekkizma!..», deb g‘ayratini so‘ndiramiz. Uning xohishini amalga oshiring. Mayli ustini kir qilsin, polni suvga belasin. Uning har bir ishini: «Sensiz shuncha ishga qanday ulgurgan bo‘lar edim? Sen xaqiqiy yordamchisan!», deb olqishlab qo‘yishni unutmang.
??♀Erinchoqlikka qarshi muolaja
Har uyni tartibga solish uxlashdan oldin tishni yuvish, kechki ovqatdan so‘ng ertak o‘qish kabi odatlar qatoriga, hech bo‘lmaganda o‘n daqiqa birgalashib uy yig‘ishtirishni ham qo‘shing.
??♀Agar siz buyruq ohangi bilan: «O‘yinchoqlaringni yig‘ishtir!», deb o‘zingiz televizor qarshisiga o‘tirib olsangiz, farzandingiz o‘zini jazolangandek his qiladi va buyurgan ishingizni bajarishni istamay, erinchoqlik qilishni boshlaydi. Bola ishni yolg‘iz bajarsa eng yengil yumush ham og‘ir ishdek tuyuladi. Agar bolangiz bilan birgalikda uy yumushlarini bajarsangiz, u o‘zi xohlab sizga ko‘maklashadi, supuradi, pol va changlarni artadi. Biroq, siz xam farzandingizni kayfiyatiga qarab ish tuting. Agar u televizorda qiziqarli ko‘rsatuv tomosha qilayotgan yoki qunt bilan rasm chizayotgan bo‘lsa o‘z yumushlaringiz bilan uni chalg‘itmang!
?Aqlli bolalar
Shunday bolalar ham borki, ularga o‘yinchoqlarni yig‘ishtirish yoki oshxonada sizga yordamlashishni ikki martalab iltimos qilish shart emas. Kichkina bo‘lishlariga qaramay mehmon kutishni, idish yuvishni qoyillatadigan qizaloqlar va shimini bemalol dazmollay oladigan yoki uyning polini, changni arta oladigan o‘g‘il bolalar ham bor. Ularning omadli ota-onalaridan, «bolangizni qanday tarbiyalagansiz», deb so‘rasangiz, yelkalarini qisib: «Bilmadik, o‘zlari shunaqa», deya javob berishadi.
Yo‘q, bu xulq-atvor o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Hama gap tarbiyada. Bu ota-onalar hamma narsani to‘g‘ri qilishgan. Bola uch yoshida ko‘p narsalarni takrorlashga xarakat qiladi, shu asnoda ro‘zg‘or ishlarini ham. Biroq, u qilayotgan ishlarni majburiyat sifatida ko‘rmay, ishining oxirida minnatdorchilik bildirish kerak. Masalan, yaxshi ish uchun o‘yinchoq sovg‘a qilish mumkin. Shunda u ham sizning mehnatingizni qadrlaydi.
?Har bir bola bir Dunyo.
Bola majburiyatini aniqlash fursati keldi.Oshxonada yordam berish bu o‘yin emas, u hayotning bir bo‘lagi. Supur-sidir jonga tegmasligi uchun esa, uni turli qiziqarli sarguzashtlarga boyiting. «Bugun biz tartibsizlik bilan kurashamiz. Sendan yangi kitobni berkitish uchun tartibsizlikni keltirib chiqargan bezorilarning adabini beramiz. Ertaga esa birgalikda jodugar sehrlab qo‘ygan kiyimlaringni yuvamiz. Bolaga har bir qilgan ishi uchun doim o‘yinchoq sotib olish shart emas. Biroq, erkalash va shirinso‘zlaringizni hech qachon ayamang
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.