O‘ziga kerak bo‘lmagan inson hech kimga kerak emas.O‘zini boricha qabul qiladigan, hayotidan lazzatlanishni biladigan inson esa hayot tashvishlariga qaramay go‘zal hayot kechiradi.
Agar siz erkak kishi bilan birinchi, ikkinchi, uchinchi uchrashuvda o‘zingizni noqulay his etayotgan bo‘lsangiz, to‘rtinchisiga chiqmang. Ilk uchrashuvda erkak kishi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatishga urunadi, agar u inson bilan o‘zingizni noqulay his etayotgan bo‘lsangiz, demak bu munosabatlardan yaxshi narsa chiqmaydi.
Yosh, omadli va go‘zal ayollar go‘yoki o‘zlariga juda yuqori baho berganliklari sababli munosib juft topolmayotganlari aslida ularning munosabat qura olmasliklari yoki qo‘rquv sababli bo‘lishi mumkin.
Agar turmushga chiqmoqchi bo‘lsangiz, bu haqda o‘ylashni to‘xtating. Sog‘lom odamlarda vaziyat boshqacharoq. Birinchisi – ular sevishni istaydi. Ushbu talab bilan ular sevgan insonlarini topishadi va sevilishadi.
Uylangan erkaklar bilan hech qachon munosabat qurmang. Vaqtingizni zoe ketkazmang. Uylangan erkakka xotin kerakmas, uning uyida bitta xotini yetarli.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.