Оilaviy ziddiyatlar sababini topish qiyin. Balki tushunmovchiliklar sababi sizdadur.Taklif qilinayotgan test rashkchi yoki rashkchi emasligingizga aniqlik kiritadi.
1. Uning telefonda gaplashishishi sizga qanday ta’sir qiladi?
A. Kim bilan gaplashayotganini so‘rayman – 3 ball
B. Suhbat tugashini kutaman keyin so‘rayman – 2 ball
V. Bunga ahamiyat bermay ishimni qilaveraman – 1 ball
2. Sevgi haqida qanday fikrdasiz?
A. U bir umr davom etishi kerak – 3 ball
B. Inson bir necha marta sevishi mumkin va bir vaqtning o‘zida bir nechta odamni yoqtirishi mumkin. – 1 ball
V. Sevgi bir umr davom etsa zo‘r bo‘lardi, lekin bu xomxayol – 2 ball
3. U uyda tunamagan kechalarda nimani his qilasiz ?
А. Xafa bo‘laman – 3 ball
B. Biror joyda dam olib kelishmi o‘zim taklif qilaman – 2 ball
V. U nima qilayotgani haqida o‘ylayman – 1 ball
4. Unga kelgan xatni ochasizmi ?
A. Yo‘q – 1 ball
B. Agar hisob yoki boshqa xujjatlar bo‘lsa – 2 ball
V. Imkoni bo‘lsa, xamma vaqt – 3 ball
5. Uning o‘tmishi haqida nima deb o‘ylaysiz?
А. Ko‘nglim nimagadur xira bo‘ladi – 3 ball
B. Bu sohada chuqurlashishni istamayman o‘tmishda bo‘lgan narsaning ahamiyati yo‘q – 2 ball
V. Bu haqida o‘ylamaganman – 1 ball
6. Divan olaturib.
A. Kengrog‘ini tanlayman – 3 ball
B. Uning ixtiyoriga qo‘yaman – 2 ball
V. Narxlar ko‘tarilib ketgani haqida o‘ylayman – 1 ball
7. U chuqur xayol surayotganini sezib qoldingiz ?
А. Meni o‘ylayotgan bo‘lsa yoqadi. – 2 ball
B. Nimani o‘ylayotganini bilsam edi balki boshqa birovni o‘ylayotgandir – 3 ball
V. Menga baribir – 1 ball
8. Uning xiyonatini isbotlay olsangiz
A. Ochiq gapirib oxirigacha hal qilishni so‘rayman – 2 ball
B. Xuddi shu usul bilan qasos olaman – 1 ball
V. Munosabatlarga darz ketgan bo‘lsa-da. Lekin unga bu voqeani unutishni va oilaga qaytishini taklif qilaman – 3 ball
9. Vaqt o‘tishi bilan uning sizdan uzoqlashayotganini sezdingiz
А. O‘tib ketadi deb o‘ylayman – 1 ball
B. Ayb mendami yoki boshqa sabab bormi, deb mulohaza yurutaman – 2 ball
V. Uning xulq-atvorini telefondagi suhbatlarini, ko‘chada yurishini kuzataman – 3 ball
10. Mehmondorchilik vaqtida u boshqalarga xushomad qiladi. Sizning munosabatingiz:
A. E’tibor bermayman – 1 ball
B. Bas qilishini talab qilaman – 3 ball
V. Buni fojia deb bilmayman, lekin kelajakda unga ko‘proq e’tibor beraman – 2 Ball
11. Bir necha kun uyda bo‘lmadingiz.
А. Uning xiyonat qilishini xayolimga ham keltirmayman -1 ball
V. Tez-tez qo‘ng’iroq qilaman, аyniqsa tunda – 3 ball
B. U hozir nima qilyapti, deb o‘ylayman. Аmmo аgar xiyonat qilishni xohlasa, qo‘limdan hech narsa kelmaydi, deb o‘ylayman -2 ball
12. Rashk sahnasi sizga qanday ta’sir qiladi?
А. O‘rinsiz deb qabul qilaman – 1 ball
B. Bu menga yoqadi, ko‘proq kulgimni keltiradi – 2 ball
V. Vaziyat tashvishga soladi, ammo unda men o‘zimni suvda baliqdek sevaman – 3 ball
#NATIJALAR
12 dan 20 ballgacha
Siz bunday narsalarga mutlaqo befarqsiz yoki umr yo‘ldoshingiz to‘la ishonchga sazovor. Shuning uchun sizni hech narsa tashvishga solmaydi.
21 dan 26 ballgacha.
Siz rashkchi, lekin urushqoq emassiz.
28 dan 36 ballgacha.
Otello ham sizga teng kelolmaydi. Siz tabiatan o‘ta hukmron shaxssiz va juda ko‘p narsani xohlaysiz.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.