– Hayotingizda nima yaxshi narsa yuz bersa, yozib boring. Atrofingizdagi sizga yordam bergan odamlarga minnatdorchilik bildirishni unutmang.
– Har kuni tabassum qiling. Tabassum miyaga bizni baxtli inson ekanligimiz haqida signal yuborib turadi. Qachon siz xursand bo‘lsangiz va tabbasum qilsangiz, sizning qon aylanishingizni yaxshilovchi endorphin garmoni ya’ni baxt garmoni ajralib chiqib, ish faoliyatimizni yaxshilaydi.
– Kuniga kamida 30 daqiqa meditatsiya ya’ni tanani bo‘shashtirish mashqini bajaring. Meditatsiya mashqi natijasida miyangizga toza fikrlar kela boshlaydi.
– Har kuni orzularingizni tahlil qilib boring. “Orzular xaritasi” yasang va kuniga kamida 5 daqiqa uni tomosha qiling, o‘zingizni o‘sha narsalarni egasiday his qiling va tasavvur qiling.
– Sog‘ligingizni yaxshilang. Doimo sog‘lom ovqat tanovvul qiling, hordiq chiqarishga vaqt ajrating. O‘zingizni hamma narsadan zerikkan his qilmang.
– Faqat yaxshi narsalar haqida o‘ylang va har kuni ijobiy hikoya va aforizmlar o‘qing.
– Quyidagi holatni tez tez bajarib turing: tik o‘tirib, tabassum qiling. Qaddingizni tik tutub, chuqur chuqur nafas oling. Bu mashqni 60 soniya davomida bajaring va natijasini darrov seza boshlaysiz. (Bu mashqni hoziroq bajarib ko‘ring.)
– Salbiy hissiyotlardan qoching. Agar biror ishni qilishga ko‘zingiz yetmasa va bunga shubha qilsangiz, albatta shu ishingiz o‘xshamaydi. Shuning uchun siz maqsad qilgan ishingizni uddalashga ishoning.
– Atrofingizga ijobiy kayfiyatda yuradigan, sizni qo‘llab quvvatlaydigan odamlarni yig‘ing. Bunday odamlar sizni yuqori kayfiyatda yurishingizga ko‘maklashadi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.