1.Qora ko‘zlar: Qora ko‘z egalari juda ham energetik jihatdan kuchli insonlar bo‘lib, ularda hayotiy moslashuvchanlik qobilyati juda yuqori bo‘ladi. Va xarakteri unchalik og‘ir bosiq hisoblanmaydi, yengil, bezovtachilik kuchli bo‘ladi. Qora ko‘zlar insonni juda ham tez sevib qolishi va juda ham ehtirosli ekanligidan dalolat beradi. Bunaqa insonlarga o‘zini maqsadiga yetish uchun hech nima to‘sqinlik qilolmaydi ya’ni biror maqsad bilan yashashsa har qanday yo‘l bilan o‘sha maqsadga erishishadi. Ularning maqsadi xafagarchilik olib kelsa ham xursandchilik bo‘lsa ham oxirigacha ko‘rashishadi.
- Malla ko‘zlar: Ular tabiatan juda ham xushbichim xushruy bo‘ladi. Juda ham ta’sirchan bo‘lib, aqlli insonlarga tegishli bo‘ladi. Malla ko‘zlar sohibasi qiziqqon bo‘lib jahllari tez chiqadi va tez unitishadi. Malla ko‘zli insonlarni salbiy taraflari, ular injiqroq insonlarga kiradi. Olimlar aytishadiki, bunday ko‘zli insonlar quyosh va venera hamda saturn oqibatida shunday xarakterga egadirlar. Ular juda ham tez chiqishuvchan va insonlarni yaxshi ko‘ruvchi bo‘ladilar. Ular tez sevib qolishadi lekin shu bilan birga tez unutishlari ham mumkin.
- Ko‘k ko‘zlar: Ko‘k ko‘zli insonlardan nima kutish mumkin? Ko‘k ko‘zli insonlarda venera planetasi ustuvordir. Shuning uchun juda ham romantik bo‘lishadi. Juda ham ta’sirchan va his tuyg‘uga yondashib ish ko‘rishadi. Ular nafakat o‘zlari qattiq sevishadi hattoki sevgan insonlarni qalbini ham zabt eta olishadi. Ular ba’zida o‘zlari nima xohlayotganliklarini tushunmaydilar. Bularni adolatparvarlikka bo‘lgan xususiyati juda yuqori bo‘ladi. Uzlari ziyon ko‘rsalar ham adolat uchun kurashadigan insonlar toifasidandir.
- Moviy rang ko‘zlar: Bunday ko‘zli insonlar ko‘pincha ko‘zida yolg‘onni yashiradi, ya’ni ularni ko‘ziga qarab ular nima xohlayotganini tushunish qiyin bo‘ladi. Ular aniq bir maqsadga erishuvchan, shu bilan birga uncha-munchaga ta’sirlanmaydigan insonlar bo‘lishadi. Ularni rahmini keltirish juda ham mushkul. Jahllari juda ham tez.
- Kulrang ko‘zlar: Ular juda ham aqlli va tez xulosa qiluvchi, dunyoda o‘zi uchun nima xohlashini biluvchi insonlar. Ular hayotda jiddiy muammoga duch kelsa, tezlik, zukkolik va aniqlik bilan darrov hal qilishadi. Lekin shu bilan birga ular aqliy jihatdan mushkul vaziyatga tushganda yordamga muhtoj bo‘lishadi.
- Yashil ko‘zlar: Ular ko‘ngilchan, ular doim chin yurakdan sevishadi. Juda ham mehribon va vafodor bo‘lishadi. Ularni do‘stlari bu xarakterini juda ham hurmat qilishadi, lekin dushmanlari aksincha hasad qilishadi. Ulardan yaxshi suhbatdosh chiqadi desak xato qilmaymiz. Umuman olganda boshqa ko‘zlar orasida eng a’losi desa ham bo‘ladi. Ular bilan hayotning tinch osuda o‘tishiga bemalol odamlar ishonishadi. Ular boshliq vazifasini juda a’lo darajada bajarishadi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.