❤️ Sevgan insoningiz ismini bosh harfini tanlang. So’ngra uning harakterini qanday ekanligini aniq bilib oling! (sinalgan )
(A). Fikrlash va xatti-harakatlarning o’ziga xosligi, fe’l-atvorning erkinligi va sardorlik qobiliyati bilan boshqalardan farq qiladi;
(B). Ta’sirchan va qalbi xis-tuyg’uga to’la bo’ladilar. Ular o’z xis-tuyg’ularini yashira olmaydi. Shodlik, xafalik, jahl, hayratda qolish – buning barchasini uning yuzidan ochiq kitobni o’qigandek bilib olish mumkin. Bunday insonga jamoada ishlash yaxshiroq, yakka holdagi ish uni g’amlikka olib kelishi mumkin;
(D). Artistlarcha mahoratli va xazil-mutoyiba tuyg’usiga ega bo’ladi. Bunday inson samimiy va muloqotda ochiq bo’ladi, faqatgina idora tashqarisida. Bolaligidan o’tkir zehnli bo’ladi va bor kuchini jamiyatda mustahkam o’rin egallashga qaratadi;
(E). Pokizaligi bilan boshqalardan farq qiladi. Kichkina dog’ yoki chang izi uni asbiylashtirishi mumkin. Bunday inson hayotidagi barcha narsalar o’z-o’zidan bo’lishini xohlaydi, o’zini hech urintirmaydi. Ishda ko’pincha u ikkinchi darajali e’tiborini qaratadi va o’z faoliyatining tub maqsadini unutadi;
(F). Har tomonlama rivojlangan shaxs. Ijod bilan bog’liq bo’lgan ish unga shodlik baxsh etadi. Bunday inson es-xushini yo’qotguncha ijod qilishi mumkin. Nazariy bilimlarni mustahkam egallaganiga qaramay bunday insonga amaliyot yetishmaydi. Ba’zan ular zamonaviy hayotga umuman moslashmagan bo’ladi;
(G). O‘z uyi va oilasiga bog’langan bo’ladi. Qarindosh urug’larning muammolarini yechish uchun hamma narsaga tayyor. Dam olishni ham, ishlashni ham birdek xush ko’radi. Bunday inson kuy va ohanglarni yaxshi farq qiladi va biror cholg’u asbobida musiqa chaladi. Musiqa uning bo’sh vaqtini o’tkazish uchun sevimli mashg’ulotiga aylanadi.
(H). Yorqin shaxsiyatparast. Uning bir o’zi hech xijolat tortmay butun jamiyatga qarshi tura oladi. Fikrini o’ziga o’tkazmoqchi bo’lgan insonlarni keskinlik bilan to’xtatadi. Shu tariqa ularda o’z ishlariga aralashish xohishini yo’qotadi.
( I ) Tom ma’noda pullarni o’ziga tortadi. U yo’q narsadan ham pul qila oladi. Har qanday holatni u o’z foydasiga burishi mumkin. Bunday insonda millioner bo’lish uchun barcha imkoniyatlar bor. Unga xardamxayollik xos, lekin o’zi buni sezmaydi.
( J ). Oliyjanoblik erkinlik va o’ziga xos murosasizlik xos. O’zini tez-tez saxiy qilib ko’rsatib, o’zi bundan zavqlanadi.
(K). Yaxshi san’atkor. U barcha ishni mukammal darajaga yetkazadigan haqiqiy idealist. Bunday inson ijod qilishni yaxshi ko’radi.
(L). Hissiyotlari jo’shqin. Boshqalarning xafa qiladigan so’zlari va harakatlariga umuman befarq bo’lsada biroq u atrofdagi hayvonlar va tabiat hodisalaridan qattiq ta’sirlanadi. O’z ichki dunyosini voqea hodidalar tomon yo’naltirib, tabiat va hayvonot dunyosidan ilhom kutadi. Ko’pincha bunday inson kelajakni oldindan ko’radigan yoki ekstrasens bo’lib chiqadi.
(M). Intizomliligi va javobgarliligi bilan ajralib turadi. Bunday insonga biror ishni topshirib, vaqtida bajarilishiga ishonish mumkin. Uning xaddan tashqari ishbilarmonligi katta xarajatlar evaziga yashash istagi bilan yaqin turadi.
(N). Og’ir ishdan qochmaydi. U juda ham jizzaki odam va kelajakdagi muvaffaqiyatlar hozirda qilingan harakatlarga bog’liq deb hisoblaydi. Ko’pincha u o’z kuchiga ishonmaydi. Bunday insonlar oarsida ruhi tushgan insonlar ko’p uchraydi.
(O). Doimo o’z-o’zi bilan kurashadi. Bu narsa uning ikkiyuzlamachiligi tufayli sodir bo’ladi. Atrofdagi insonlarning fikriga qaramay, 5 daqiqa ichida o’z fikrini qarama-qarshi fikrga almashtirishi mumkin.
(P). Sardorlik qobiliyatiga ega, qat’iy va qaysar, mansabparastdirlar. Agar o’zini biroz tiyib turmasa, u holda ertami kechmi jahli tez va tajang zolimga aylanadi. Bu mohir, xiylagar, g’azablangan insonni o’z ishlarini hal qilish uchun boshqaradi, uni osonlikcha o’z ixtiyoriga bo’ysundira oladi.
Psixologik Test 100% To’g’ri chiqmasligi mumkin chunki Alloh hammani birdek yaratmagan.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.