Inson hayotda nimagadur erishish uchun doimo harakat qilishi kerak. Hayot sinovlardan iborat. Bu siovlar o’z-o’zidan berilmaydi albatta. Har bir sinov va qiyinchilikning ortida bir yaxshilik yotibdi. Faqat shu yaxshilikka va baxtga erishish uchun inson sabr-qanoatli bo’lishi kerak. Irodasi mustahkam, sabrli insongina o’z maqsadiga erishadi. Inson hayoti shunchalik murakkab tuzilganki, u yaratgan tomonidan bitilgan ertakdir. Inson hayotida kimnidur yo’qotib qo’ysa tushkunlikka tushadi.Ayniqsa, u yaqin insoni bo’lsa. Hayotda hamma ham yaqinini yo’qotadi,bu hayot qonuni,uni hech kim o’zgartirolmaydi. Inson yaqinidan ayrilgach siqiladi,tushkunlikka tushadi, yuragi xastalanadi. Oxiri nima bo’ladi. Bir xastaliknibo’ziga ortirib oladi. Bu dunyodan ketgan inson qaytib kelmaydi. Ortidan qolgan insonlar ular uchun duo qilishlari kerak, siqilgandan ko’ra. Koshki, siqilib, yig’lab o’tgan odamni qaytarib bo’lganid edi dunyoda hech kimning dardi ham armoni ham bo’lmasdi. Inson hayotda qanchalik tushkunlikka tushsa uning hayoti shunchalik qorong’ulashib boradi. Inson hayotga nimaga keladi? Arzimagan muammolarga siqilish uchunmi? Unutmang hayot inspnga bir marta beriladi. Bu hayotni qanday yo’l bilan yengib o’tish insonning o’ziga bog’liq. Muhimi sabr-qanoatli bo’lsa kifoya. Ana shunda u hayot qiyinchiliklarini oson yengib o’tadi. Nega inson sal tushkunlikka tushsa darrov qorong’ulikni o’ylaydi, achchiq ko’z yosh to’kadi, xuddi uning bu ishidan hammasi o’z o’rniga kelib qoladigandek. Aslida, insonga har qanday sinov yaratgan tomonidan yuboriladi.Inson har qanday qiyinchilikka ,,uff,, deb javob qaytarmasdan ,,barchasi uchun ollohga shukur,, deyishi kerak. Shunda uning hayoti o’z-o’zidan yaxshi tomonga o’zgaradi. Bilasizmi? Inson hayotga yaxshilik qilish uchun, ortidan yaxshi nom qoldirish uchun keladi. Bu hayotda yaxshi nom qoldirish uchun esa insondan harakat va sabr talab etiladi… Hayotda kim baxtli bilasizmi? Ollohning berganiga rozi bo’lib yashayotganlar baxtli, uyida yeyishga osh-ovqati yo’q bo’lsa ham,, yaratganga shukurlar bo’lsin,, degan inson baxtli, boshiga qiyinchilik tushsa ,,men kuchli sabrim bilan barcha qiyinchiliklarni yengaman,, deb olg’a qadam tashlayotganlar baxtli. Nahotki bizning qo’limizdan kelmasa bu ishlar. Ollohga shukur aytolmaydigon darajada ojizmizmi? Yo’q-yo’q, biz dunyoda eng sabrli kuchli insonmiz. Siz kuchlisiz , hali hayotingiz oldinda, sizni ulkan marralar va baxtu- quvonchlar kutmoqda, o’rningizdan turing siz kuchlisiz,dunyodagi eng baxtli odamsiz. Chunki, bu dunyoda hech kimni baxtsiz bo’lishga haqqi yo’q, hattoki sizni ham… Olloh hech qachon bandalarini qiynalishini xoxlamaydi, shunchaki u ,,men yaratgan bandalarim qanchalik sabrli ekan, men jo’natgan sinovlarga qanday yo’l toparkun, men uni bandam deyishga arzirmikun,, deganday sinov jo’natadi. Shunday paytda siz boshingizni baland tutib, qiyinchiliklarga sabr bilan yengishga harakat qilsangiz, barchasi albatta yaxshi tomonga o’zgaradi. Baxt kimgadur erta, kimgadur kech beriladi. Shuning uchun ham ,,sabr,, degan tuyg’u bor insonda. Doimo yodingizda tuting hayotingizda g’amning huzur qilishiga yo’l qo’ymang. Zero, siz bu hayotga baxtli bo’lish uchun kelgansiz… Barcha sinovlarga sabrli bo’ling.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.