Bizning qizlar, odatda, yigit kishining e’tiborini qozonish borasida biroz tortinchoqlik qilishadi. Bunga, albatta, hayo, ibo, sharqona tarbiya yo‘l qo‘ymaydi. Aslida-ku, shunday bo‘lgani ham yaxshi. Aks holda qizlarning o‘zgalar e’tiborini tortishga bo‘lgan urinishlari yengiltak xatti-harakatlarga aylanib ketishi hech gap emas. Ammo buni hayot, deydilar. Har kim o‘z baxti uchun kurashishi, kezi kelganida o‘zining nimalarga qodir ekanini ko‘rsata bilishi ham kerak. Shu bois, “qizposhsha”larimizga ayrim foydali maslahatlarni ilinmoqchimiz.
1– Poshnalar sehri!
Ayol kishining qomati ideal bo‘lishi, atir-upa yordamida qiyofasini mukammal san’at asariga aylantirishi, malikalardek kiyinishi mumkin, biroq oyog‘iga qo‘pol poyabzal ilib olgan bo‘lsa, kimningdir havasini keltirishidargumon! Poshnali tuflilar qaddimizni tik tutishga, o‘zimizga ishonch hissi uyg‘onishiga, nafis harakatlar bilan olg‘a qadam tashlashga undaydi. Demak, poshnalar sehriga ishoning, u shahzodalarning tosh yuragini eritishga qodir!
2- Yorqin rangda kiyining!
Nega endi qora, kulrang singari zerikarli, xira ranglarga qorishib yurishingiz kerak? Bozorga tushing, atrofingizga bir nazar soling, o‘ziga ishongan qizlar barcha rangdagi ko‘ylaklarni yarashtirib kiya oladi. Qoramag‘izdan kelganingiz, bo‘yingiz past yo to‘laroq ekaningiz qoraga burkanib olish uchun bahona bo‘la olmaydi. Kamchilik bormi, uni tuzatish kerak. Mabodo, yorqin libosda kiyinmagan bo‘lsangiz, hech bo‘lmasa yuz rangiga mos yorqinroq lab bo‘yog‘i surtishga uyalmang. Agar u yoki bu uslubga mahkam yopishib olganlar safida tursangiz, har kuni kiyadigan libosingiz qomatingizga mos bo‘lsin, ro‘dapolikdan qoching. Bel chizig‘i, oyoq shakli kiyim ortidan ham bilinar-bilinmas sezilib turishi kerak.
3- Tabassum qiling, ta-bas-sum!
Sovuqqon modellar obrazi ayollar uchun mo‘ljallangan jurnal muqovasigagina yarashadi. Zero, erkak zotiga shundoq ham ish bilan bog‘liq muammoyu tashvishlarga to‘la kun tartibi yetib ortadi. Ular har doim yoqimtoy, samimiy va xushchaqchaq ayolni ko‘rishni istashadi. Shu bois jozibali, go‘zal ko‘rinishni istasangiz, nimtabassum bilan muloqot boshlashni o‘rganing. Odatda, ko‘pchiligimiz “shu qizdan nima topibdiykin, chiroyli bo‘lmasa?”, deb hammaning havasini keltiradigan barno yigitlar tanlovidan ajablanamiz. Bilmaymizki, husni o‘rtamiyona bo‘lgani bilan o‘sha qiz atrofdagilarga iliqlik, chiroyli tabassum ulasha oladi va bu “uslub”ni o‘z o‘rnida qo‘llaydi!
4- Nafislikka urg‘u bering!
Maymoq ayiqdek qadam tashlaydigan yoki o‘rdakdek lapanglaydigan, yoki bo‘lmasa, “bir narsadan quruq qolganday bukchayvolib” (“Ishqdagi ishq” fil’mi qahramoni Veraning gapi) yuradigan ishchan ayol obrazi hech qachon erkak kishining e’tiborini torta olmaydi. Bunday qizlarga faqat yo‘l bo‘shatib, ehtirom ko‘rsatishgina mumkin. Shunday ekan, qadamni yengil tashlab, boshni baland ko‘tarish, ba’zan esa xiyol egilib jilmayib qo‘yishni yoddan chiqarmang. Kursiga o‘tirayotganda shartta o‘zingizni tashlamang yoki nihoyatda qimtinib, ohistagina o‘tirish ham u qadar to‘g‘ri emas. Zero, ishonch va qat’iyat bilan joy egallab, suhbatga kirishishda gap ko‘p. Oyoqlarni qaerga, qanday joylashtirish masalasida ham anchagina bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. Eng yaxshisi, malikalarga o‘rgatiladigan odat — ikki oyoqni juftlagan holda bir tomonga qiyalatib o‘tirishdir.
5- Hislaringizni ichingizga yutmang!
Ammo soxta ko‘z suzishlar, yengiltaklik bilan qosh qoqishlar hech qaysi qoidaga to‘g‘ri kelmasligini unutmang! Hislaringiz, deganda, biz, hayotdan zavq olish va yon-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalargamunosabatingizni bildirishni nazarda tutayapmiz. “Muzqaymoq bunchayam shirin ekan?”, “Musaffo havodan to‘yib nafas olgim kelayapti!”, “Qanday ajoyib bayram bo‘layapti, sizga ham yoqdimi?”.. Bu gaplarda ortiqcha o‘ynoqilik, xushomad yo‘q va bu bilan siz hayo chegarasidan chiqqan hisoblanmaysiz. Erkakmi, ayolmi, kim bo‘lishidan qat’i nazar, unga suhbatdoshining ochiqko‘ngilligi, beg‘uborligi yoqadi. Sof tuyg‘ularingizni sodda va samimiyifodalashga uyalmang!bu chaqiriqlar orqali mehringizni qozongan yigitni o‘zingizga jalb qila olmasangiz, xafa bo‘lmang. Shunchaki siz hali YaGONA shahzodangizni uchratmadingiz. Chunki u ham ayni dam o‘z malikasini boshqa yerlardan qidirib yuribdi
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.