❗️#Mulohaza
martTayota kompaniyasining asoschisi Sakiti Tayoda «5 karra nega» usulini doimo qo’llab juda koʻp tushunarsiz vaziyatlardan chiqib ketgan.
Bu usul qanday va qanday yordam beradi?
Masalan siz moʻynali poʻstin xoxlayapsiz deylik. Oʻzingizdan soʻraysiz: nega men moʻynali poʻstin xoxlayapman? Bu birinchi nega.
Javob berasiz: Chunki men xammani xayron qoldirmoqchiman.
Xop, nega xammani xayron qoldirmoqchisan? Bu ikkinchi nega?
Javob berasiz: Chunki xamma menga eʼtibor qaratishini xoxlayman.
Uchinchi nega: xop, nega senga eʼtibor qaratishlarini xoxlaysan?
Javob berasiz: Chunki oʻzimga boʻlgan ishonchim tushib ketyapti.
Toʻrtinchi nega: nega sen oʻzinga boʻlgan ishonchi tushib ketdi deb xisoblaysan yoki nega ishonching tushib ketdi?
Javob berasiz: Chunki men oʻzimni koʻrsata olmayapman, oldinga oʻsmayapman, bir joyda qotib qolgandekman.
Beshinchi nega: Nega sen bir joyda qotib qoldim, oʻzimning ustimda ishlay olmayapman deb oʻylaysan.
Javob berasiz: Chunki men oʻzim sevmagan kasbda ishlayman.
Xop oʻzingiz sevmagan kasbda ishlar ekansiz, aytingchi bu yerda moʻynali poʻstinning nima aloqasi bor?
Xayotingizda biror ikkilanuvchi qarorlar qabul qilishdan oldin mana shu 5 ta nega savolini oʻzingizga berib koʻring. Agar 5 ta nega savoliga toʻgʻri javob bera olsangiz asl istgingiz va muammoingizni topa olasiz.
Xulosa qiling va yaqinlaringizga ilining
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.