#PSIXOLOGIK_TEST
?Rashk qilasizmi? Oʻzingizni sinab koʻring
Savollarga faqat “ha” yoki ”yoʻq” deb javob bering.
1. Agar turmush oʻrtogʻingiz sizning yoningizda begona ayolga nazar tashlasa, koʻchada boʻlsangiz ham janjal uyushtirasizmi?
2. Agar sevgilingiz siz bilan uchrashuvga kech qolayotgan boʻlsa, siz uni boshqa ayol bilan birga deb oʻylaysizmi?
3. Ishxonasidagi ayollar haqida soʻrab turasizmi?
4. Boʻsh vaqtingizni turmush oʻrtogʻim bilan oʻtkazishim kerak deb oʻylaysizmi?
5. Siz uning shaxsiy narsalarini tekshirib (titkilab) turasizmi?
6. Tuygʻulari haqida gapiradimi?
7. U sizning qiziqishlaringizga befarq boʻlmasligi kerak, deb oʻylaysizmi?
8. Qayerga ketayotgani, kim bilan uchrashayotgani toʻgʻrisida soʻroqlab turasizmi?
9. Xafalashib qolganingizda, bir necha kunlab gaplashmay yurishingiz mumkinmi?
10. Uning oʻtmishi haqida koʻp oʻylaysizmi?
11. U sizga ishongani uchun sizni rashk qilmasligini aytdi. “Meni sevmay qoʻyibdi” deb oʻylab qolasizmi?
Javoblar orasida “ha” ni hisoblab chiqing.
10 va undan ortiq ”ha” javobini bergan “rashkchi” honimlar diqqatiga: sizning rashkingiz kasallik darajasiga etgan. Sevgan insoningizni faqat sizgagina tegishli boʻlishi kerak deb oʻylaysiz. Oʻzingizni koʻrimsiz, xunukman, mendan chiroyli bir xurliqo erimni tortib oladi degan hadikda yashaysiz. Turmush oʻrtogʻingizga umuman ishonmaysiz. Bunchalik rashkchi boʻlish yaxshilikka olib kelmaydi. Begingizga ishoning, axir shuncha xurliqolar ichidan u sizni tanladi.
5 — 9 ”Ha” javobi uchun: sizga rashk tuygʻusi yot, desa ham boʻladi. Ammo hammasini yigʻib yuribsiz va vaqti bilan portlab turasiz. Lekin tinchlanib olganingizdan soʻng, rashk qilishga hech qanday asos boʻlmaganini oʻylab, afsuslanasiz. Rashkingizni keltirgan narsalar haqida turmush oʻrtogʻingiz bilan xotirjam gaplashib oling.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.