#Foydali
? Miyya uchun 7 ta eng yaxshi hobbilar
Meditatsiya. Meditatsiya (chuqur oʻylamoq, fikr yuritmoq) stress darajasini va qon bosimini pasaytiradi, hamda immun tizimini mustahkamlab, diqqatni yigʻadi. Shu bilan oʻn daqiqa shugʻullanish sizga yaxshi kayfiyatni qaytaradi va miyani yana-da yaxshiroq ishlashiga omil boʻladi.
Ovqat tayyorlash. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, uyda ovqat tayyorlaydigan insonlar, umuman olganda sogʻlom hayot kechirmoqdalar. Bundan tashqari, ular sogʻlom mahsulotlarni tanlash imkoniyatiga egalar va tayyorlash jarayondan zavq olishlari mumkin, bu esa miyaga ham foyda beradi.
Oʻqish. Oʻqish miyani fokus qilishga yordam beradi. Soʻzlar zaxirasini koʻpaytiradi, tasavvurni kengaytiradi va miyani faolligini oshiradi. Bundan tashqari, oʻqish – stressga qarshi eng yaxshi usul (69% stressni pasaytiradi). Uyqudan oldin oʻqish yaxshi va sogʻlom uyquga ketishga yordam beradi.
Shaxmat oʻyini.Shaxmat oʻyini miya uchun eng yaxshi xobbilardan biri: oʻyin vaqtida miyaning ikki qismi rivojlanadi, xotira va strategik oʻylash yaxshilanadi.
Raqs. Raqs – bu nafaqat yaxshi jismoniy mashq, u stressni kamaytiradi va serotonin (quvonch garmoni) darajasini koʻtaradi. Raqs aqlliroq boʻlish usuli ekan, chunki har xil harakatlarni yodlash va qaytarish uchun siz miyaning barcha qismlarini ishlatasiz.
Guruh oʻyinlari.Guruhda oʻynaganingizda, siz koʻp foydaga ega boʻlasiz: harakatchanlik, yangi doʻstlar va muloqotga kirishishingiz mumkin. Tadqiqotlarga koʻra, muloqot boʻlmasligi, miyaga va sogʻlikka taʼsir qilar ekan. Shuning uchun basketbol, futbol, voleybol va boshqa guruhli sport oʻyinlarini oʻtkazish juda foydalidir.
Tillarni oʻrganish. Koʻp tillarni biladiganlarning miyasi oddiy bir tilni biladigan inson miyasidan farq qiladi. Xorijiy tilni oʻrganish sizni yana-da aqlliroq qiladi. Bundan tashqari, siz chet elliklar bilan muloqot qilishingiz va ularni madaniyatni oʻrganishingiz mumkin. Bu esa yomon xotiraga qarshi eng yaxshi usuldir.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.