Sevgi odamning ochilmagan qirralarini ochadi va ba’zi hislarini noto’g’ri ishlashiga olib keladi.
1. Ko’zni ham ko’r, ham o’tkir qiladi: bir tomondan sevganini kamchiliklarini ko’rmay qoladi. Boshqa tomondan 100 ta odam ichidan bo’lsada uni topib oladi.
2. Quloqni ham kar, ha lokator qiladi: bir tomondan sevgani haqida achchiq haqiqatni eshitishni ham hohlamaydi. Boshqa tarafdan u telefonda pichirlab gapirganda metroda bo’lsa ham eshitadi.
3. Oddiy odamni shoirga aylantiradi: qofiyaga tushmasa ham, misralardagi bo’g’inlar soni to’g’ri kelmasa ham bir amallab she’r yozadi. Ba’zilar hattoki “doston” ijod qiladilar.
4. Odamni qo’shiqchi qiladi: kayfiyatiga mos qo’shiq yangrasa jo’r bo’lib kuylaydi ovozi umuman bo’lmasa ham. Avjiga chiqqanda ovozi chiyillab, tomog’i bo’g’ilsa ham bo’sh kelmaydi.
5. Dangasaga aylantiradi: Sevganini sog’inganida ishxonasidagi va uyidagi ishlarga zo’rg’a qo’li boradi.
6. Hayolparast qiladi: bir nuqtaga uzoq tikilib o’tiradigan odat paydo bo’ladi. Kimdir turtsagina odam yana shu dunyoga qaytadi, unga baqirib gapirib o’ziga keltirish befoyda.
7. Soat strelkalarini hohlagan tezlikda aylantiradi: uchrashuv vaqtida juda tez aylantirsa, sog’inib kutganida sakkiz soat cho’ziladi.
8. Odamni yolg’onchi va hozirjavob qiladi: bahonalarni o’zi bilmagan holda to’qib tashlaydi. Oxirida o’zi ham ishonib ketadi yolg’onlariga.
9. Chaqqan qilib qo’yadi: sevgani bilan uchrashuvga shoshganida boshliq topshirig’i bo’ladimi, onasini buyurganlarimi – hamma ishni yumaloq-yostiq qilib bo’lsayam bir zumda bitiradi.
10. Oynaga qarayveradigan qilib qo’yadi. Magazinni vitrinasimi yoki avtomobil derazasimi farqi yo’q. Sochini to’g’rilab olsa bo’ldi. Yo’ldagi ko’lmak ham yarayveradi. Ba’zida telefon ekrani ham o’chgan holatda oyna vazifasini bajaradi.
11. Bedor qiladi: izoh shart emas to’g’rimi. Yana bir ajoyib tarafi – bor-yo’g’i ikki soat uxlagan bo’lsa ham darrov uyg’onadi telefonga SMS keldimikin deb. Boshqa payt tepasida nog’ora chalsa ham eshitmaydi.Navbatdagi postlarimizda bunga yana to’xtalib o’tishimizni istaysizmi ?
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.