Savollarga «Ha» yoki «Yo‘q» deb javob bering:
- Qaytadan tug‘ilishni va hamma narsani boshidan boshlashni xohlaysizmi?
Ha – 4, Yo‘q – 16 ball.
- Mashg‘ul bo‘lish uchun har doim vaqt ajratadigan yumushingiz bormi?
Ha – 18, Yo‘q – 5 ball.
- Ishingiz yurishmasa, «Bu holat faqat men bilan yuz berishi mumkin», deb o‘ylaysizmi?
Ha – 6, Yo‘q – 12 ball.
- Kimningdir sizga havas qilishini bilsangiz, xursand bo‘lasizmi?
Ha – 16, Yo‘q – 2 ball.
- Sizni ezma odam deganlarini eshitib qolsangiz, hafa bo‘lasizmi?
Ha – 3, Yo‘q – 12 ball.
- Do‘stlaringizning ishi ham siznikidek yurishmasa(bu hol faqat menda emas ekan, deb) xotirjam bo‘lasizmi?
Ha – 18, Yo‘q – 5 ball.
- Qandaydir ish sizsiz ham yaxshi ketayotganini bilsangiz, xavotirga tusha boshlaysizmi?
Ha – 2, Yo‘q – 16 ball.
- Lotereyada katta pul yutish xohishi xayolingizdan tez-tez o‘tib turadimi?
Ha – 4, Yo‘q – 20 ball.
- Qarindoshlaringiz yoki tanishlaringiz kattaroq narsa (kompyuter, televizor, mebel va h.k.) xarid qilishsa hasad qilasizmi?
Ha – 1, Yo‘q – 12 ball.
- Fikringizni atrofingizdagilarga aytishni yaxshi ko‘rasizmi?
Ha – 16, Yo‘q – 3 ball.
Endi natijalarni tahlil qilamiz: 120 balldan ko‘p. Siz o‘zingizdan nihoyatda mamnunsiz. O‘zingizni tanqid qilishni ham, o‘zgalar tanqidini ham yomon ko‘rasiz. Lekin ba’zida yaqinlaringizning sog‘lom tanqidi sizga foyda keltirishi mumkin ekanligini unutmang.
60-120 ball. Siz o‘z kuchingizga keragicha ishonasiz, lekin o‘zingizdan unchalik mamnun emassiz. Kamdan kam hollarda qilayotgan ishingizdan (garchi bu ishingiz yaxshi bajarilgan bo‘lsa ham) qoniqasiz.
60 baldan kam. O‘zingizdan umuman, mamnun emassiz. Biror ishni boshlab, o‘zingizga ishonmaganingiz uchun bu ishni yarim yo‘lda tashlab ketishingiz mumkin. Bundan tashqari, o‘zingizni qo‘lga olib, vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaysiz. Atrofga bir nazar tashlang. Axir sizning boshqalardan hech kam joyingiz yo‘q. O‘zingizga va yaqinlaringizga ishoning va bu kelajakda, albatta, o‘z mevasini beradi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.