Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

🔮 Cho‘ziqroq yuz.

Yuz tuzilishi ovalsimon insonlar harakatchan insonlardir. Bunday shakl yuz sohiblarining iyaklari qirrali va tuxumni eslatgan holda pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Mazkur toifaga kiruvchi insonlar tinib tinchimaydigan, hayotdan har doim yangilik izlab yashovchilardir. Ular hayot tarzini tez-tez o‘zgartirishga moyil. Sevimli mashg‘ulotlari turini ham tez-tez almashtirib turishadi. Ular hissiyotga beriluvchan, shu bilan birga aqlli hamda o‘ta qiziquvchan bo‘lishadi. Shuningdek, bunday insonlar tavakkal qilishni yoqtirishmaydi.

🔮 Kvadrat shaklli yuz

To‘rtburchak shaklidagi yuz sohiblari esa dovyurak, tirishqoq va dadil insonlardir. Ammo, ba’zida bu fazilatlar qo‘pollik hamda mansabparastlik bilan yonma-yon turadi. Bu toifaga mansub insonlar ishxonada o‘ta intizomli va mas’uliyatli xodimlar hisoblanishadi. Shuning uchun ham kasbiy faoliyatda ularga raqobatchi hamkasblar deyarli topilmaydi. Bu esa ularda o‘z ishidan zerikish hissini uyg‘otishi mumkin. Erkaklarga kvadrat yuz tuzilishiga ega ayollar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish tavsiya etiladi.

🔮 Yurakcha shaklli yuz

Uchburchak yoki to‘ntarilgan tuxum shaklidagi yuz egalari o‘ta kuchli xotira sohiblari hisoblanishadi. Ular o‘zlariga kerakli ma’lumotni tez va osonlik bilan eslab qolishadi. Uchburchak yuzlilar oldiga qo‘ygan maqsadiga erishmasdan qo‘yishmaydi. Shu bilan birga hammada bo‘lgani kabi bunday insonlarning fe’l-atvorlari ham kamchiliklardan xoli emas. Misol uchun, ular ko‘pincha faqat o‘zlarini o‘ylab ish tutishadi va tabiatan o‘ta qaysar bo‘lishadi. Mazkur toifa vakillari kamdan-kam hollarda atrofdagilarga bog‘lanib qolishadi. Shuning uchun ham ular hayotda “Yangi kun — yangi hayot tarzi” shioriga amal qilishadi. Ko‘pincha ular atrofdagilarda mug‘ombir hamda ma’lum nuqtai nazarga ega bo‘lmagan insonlardek taassurot qoldirishadi. Tanish-bilishlar bunday insonlar bilan murosai madora qilib bo‘lmaydi, deb hisoblashadi.

🔮Trapesiya shaklli yuz

Mazkur turdagi yuz sohiblarining fe’l-atvori uchburchak shakldagi yuzlilarning fe’l-atvorlariga juda yaqin. Ammo, ular uchburchak yuzlilarga nisbatan biroz silliq xarakterga ega bo‘lishadi. Mazkur toifa vakillari ham o‘zlarini o‘ta yaxshi ko‘rishadi hamda ularga xos asosiy xususiyat — maqsadga intiluvchanlik hisoblanadi. Shuningdek, bunday yuzlilar hissiyotga beriluvchan va artistlarcha mahoratga ega bo‘lishadi. Trapesiyasimon yuzli ayollarning fe’l-atvorlari o‘ta yoqimli bo‘ladi.

🔮 Yumaloq shaklli yuz

Yumaloq shakldagi yuz — og‘ir-bosiq, vazmin tabiatli insonlarga xos. Bunday yuzlilar mehribon, atrofdagilarga e’tiborli va g‘amxo‘r bo‘lishadi. Mazkur toifa vakillari bilan garchi ko‘pdan beri tanish bo‘lmasangiz ham tortinmasdan, bemalol suhbatlasha olasiz. Rahbarlik kursisi ularni qiziqtirmaydi. Bu vazifani ular o‘ta mushkul va mas’uliyatli deya hisoblashadi. Ammo, bu qat’iy qoida emas. Chunki, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritadiganlar orasida yumaloq yuzlilar ham ko‘p uchraydi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Kundalik munajjimlar bashorati Bugun

Kundalik munajjimlar bashorati Bugun

2021 yil 18 iyul ♈️ Qo‘y (21 mart - 20 aprel) Oilangizdagi mehrli munosabatlardan bahra oling. Agar undaylari bo'lmasa, ularni yaxshilashga birinchi qadamni bosing. ♉️ Buzoq (21 aprel - 21 may) Bugun hodisalarni tezlashtirishga qanchalik faol harakat qilsangiz, shunchalik qiyin...
Sevgi bashorati Bugun

Sevgi bashorati Bugun

2021 yil 18 iyul ♈️ Qo‘y (21 mart - 20 aprel) Hozir sevgan insoningiz bilan munosabatlaringizda ahamiyatli davr. Hayotingizda nimadir bo'lib o'tdi va yana bo'lishi kutilmoqda. Bugun esa har on xotirjamlikdan rohatlaning. Ushbu onlarni munosib baholang. ♉️ Buzoq (21 aprel...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...
Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Turmush o‘rtog‘ingizning fe'l-atvorini nafaqat bilishingiz, balki tushunishingiz ham kerak. Shunda oilaviy munosabatlar iliq va mustahkam bo‘ladi. 😍😍😍 ♈️♈️♈️ Hamal: e'tiborni yoqtiradi! Oilaviy hayotning ilk yillaridanoq bu burj vakillari har bir masalaga mas'uliyat bilan yondashishadi. Ular uchun hal etilmaydigan muammoning o‘zi...
Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

🔮 Cho‘ziqroq yuz. Yuz tuzilishi ovalsimon insonlar harakatchan insonlardir. Bunday shakl yuz sohiblarining iyaklari qirrali va tuxumni eslatgan holda pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Mazkur toifaga kiruvchi insonlar tinib tinchimaydigan, hayotdan har doim yangilik izlab yashovchilardir. Ular hayot tarzini tez-tez o‘zgartirishga moyil....
“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

Test javoblari: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz. Birinchi raqamli Optimistsiz! 2-VARIANT: Siz har qanday jonbozliklarga chiday olasiz, faqat...
JUFTINGIZ KO’NGLIGA YO’L TOPISHDA SIZ YO’L QO’YADIGAN 5 XATO

JUFTINGIZ KO’NGLIGA YO’L TOPISHDA SIZ YO’L QO’YADIGAN 5 XATO

Ba'zan, tirnoq ostidan kir qidirish, odati o‘z-o‘zidan qaynonadan uning o‘g‘liga o‘tganini sezib, yoqa ushlab qolasiz. Sevimli «dadajonisi»ni ichingizda «onangga o‘xshamagur», deb qarg‘ab ham qo‘yasiz. Biroq, masala shu bilangina hal bo‘lsa qaniydi… Bo‘lmaydi-da! Turmush o‘rtog‘ingizga dabdurustdan lab bo‘yog‘ingizning rangi, ovqatingizning ta'mi,...

Fikr bildirish