Yoringizning ma’shuqasiga aylaning!

❤️Turmushning birinchi yillari munosabatlaringizning turgan bitgani romantika edi. Farzandlar tug‘ilgach, nozik munosabatlar sog‘intiradigan tus oldi. Salkam o‘n yillik oilaviy hayotdan so‘ng esa negadir bir – biringizdan uzoqlashib, shaxsiy hududdagi ehtiroslar so‘na boshladi. Endi haftada bir yo ikki marta er – xotinlik vazifasini bajarasiz xolos. Avvalgidek talpinish, bir – biringizga to‘ymay tong ottirish degan hissiyotlar yo‘q. Balkim … eringiz uchun ma’shuqaga aylanish usulini qo‘llab ko‘rarsiz. Bu yana nimasi bo‘ldi deysizmi? Diqqat qiling, beklarning kuydirib kul qiladigan xonimga aylanamiz!

«Ma’shuqa» ning asosiy qoidasi:
Hamisha va har qanday vaziyatda o‘zingizga ishoning. Jozibali ko‘rinishingiz shart va zarur! Tog‘ora-tog‘ora somsa pishirasizmi, ikki kunlab mehmon kutasizmi, yotoqxonaga kirgach barini unuting va ehtirosli ayolga aylaning! Nozik munosabatlardan faqat yoringizgina lazzat olishi adolatdan emas, siz ham ishq onlaridan sarmast bo‘ling. Buning uchun esa o‘zingizni bo‘sh qo‘yib, tanangizni zo‘riqtirmang.

❤️Taxqirlamang, taqdirlang!
– Men bilan umuman ishingiz bo‘lmay qoldi. Qachon birga bo‘lganimizni ham eslolmayman!

  • Yotoqda arslonga aylanib ketasiz! Bugun sherligingizni ko‘rsam deyman…
    – O‘zingizda xohish bo‘lmaganidan keyin men nima ham qilardim.
  • Massaj uchun yog‘ sotib olgandim. Charchaganingizni bilaman, lekin shunday bo‘lsa ham yengil uqalashga nima deysiz. Balkim undan keyin…
    – Men sizni qiziqtirmay qo‘yganimga ancha bo‘lgan. Ehtimol ikkita tug‘ib, qomatimni yo‘qotgandirman…
  • Sizga imkoniyat beraman, bugun men bilan istagan ishingizni qilishingiz mumkin. Xo‘sh, ishni nimadan boshlaysiz?..
    – Xudbinligingizdan to‘yib ketdim! Men ham odamman axir, menda ham ko‘ngil bor!
  • Xarakteringiz og‘ir bo‘lsada sizni jonimdan ortiq ko‘raman. Lekin bugungi ishingiz uchun jazolanishga tayyor turing! Yomo-o-on jahlimni chiqardingiz.
    (-) belgisi bilan jumlalarga diqqat qildingizmi, bordiyu eringiz bilan shu tariqa muomala qilsangiz, nozik munosabatlarni tushingizda ko‘rasiz. Vaziyatdan chiqishning eng yaxshi chorasi esa (+) belgisi bilan berilgan iboralardek, makkorlik qilish.

♥️Hissiyotlaringizga erk bering!
Aksariyat ayollar jinsiy munosabatlar paytida o‘zlarini juda qattiq nazorat qilishadi. Vaholanki buning aksi bo‘lishi lozim. Ehtiroslaringiz junbushga keldimi, yashirmang-da, juftingizga bildiring. Toki u ham sizga lazzat ulasha olayotganini his etsin. Ovoz chiqarishdan iymanmang. Bilsangiz bu erkaklarga manzur keladi.

♥️Oxista nafas oling…
Seksologlar fikricha, jinsiy yaqinlik payti ayolning oxista nafas olishi, ehtiroslarning junbushga kelishida yordam berar ekan. Agar hissiyotlarning uyg‘onishi kechiksa yoki salgina muammoli kechsa mana shu usulni sinab ko‘ring.

«Qulog‘ingizdan tishlab olaman…»
Erkalash, silab – siypalash bularning bari quloq yoki ko‘kraklar uchi va lablarni yengil tishlab olish bilan yanada rohatbaxsh onlarni ulashishi mumkin. Faqat bu ishga juda ham kirishib ketmang, yo‘qsa ishqiy o‘yinlaringizning misi chiqib qoladiya…


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish