TURMUSH O’RTOG’IMIZNING YAQINLARI BILAN QANDAY TEZ TIL TOPISHIB KETISH MUMKIN?

💢 ❣️Ota-ona (qaynona-qaynota) bilan yashash (yoki til topib, tirik qolish).

Odatda turmush o’rtoq tanlayotgan yoshlardan juda oz miqdordagilari bo’lajak turmush o’rtoqlarining, ota-onalari, yaqinlari bilan til topishish-topisha olmasliklari haqida o’ylashadi. Bu til topishishdek haqiqat faqat to’ydan keyingina, sevgan yoringdan tashqari umuman sen uchun o’zga dunyo, tarbiyaga ega bo’lgan insonlar bilan hayotni davom ettirayotgandagina bilinadi.

Qaynona, qaynisingil, qaynota va hokazo… va KELINlar haqida hatto har hil latifalar ham bor, ko’proq qaynona va kelin haqidagilari mavjud. Balki shu orqali hayotning achchiqli va chuchukli damlarini yengillashtirish maqsadida shunday latifa, hajviyalar o’ylab topilgandir hayotga kulib qarash va hammasiga faqat bir tomonlama emas, boshqa tomonlama qarash haqida ham o’ylab ko’rishlik nazarda tutilar?! Ammo jiddiy olib qaraydigan bo’lsak, hozirda ko’pchilik yoshlar aynan qaynona va qaynota bilan kelisha olmaganliklari sabab ajrimlar soni ko’paymoqdadir.

Asosan yangi qurilgan oila yoshlarning kelisha olmasliklari aynan yigitning ota-onasi bilan birga yashaganda qiyinroqdek tuyiladi. Ammo hammasi iziga tushib ketishi uchun, sabr qilinsa va ular bilan yashashda davom etilsa, albatta topishib ketiladi, ammo hozirgi yoshlarda sabr yo’qdek.

Sevikli yorning oila a’zolari bilan til topishish uchun bir qator maslahatlar:

❣️ 1. Muqarrarlik. Ota-onalar tanlanmaydi. Odatda, ota-ona bilan murosa qilish qiyin, boshqa odamlarni aytmasa ham bo’ladi. Ota-onangiz, qaynona-qaynotangizni boricha qabul qiling, ular bilan yaxshi munosabatda bo’ling. Ularni o’zgartirib bo’lmaydi, lekin o’zingizdagi hulqni o’zgartira olishingiz mumkin.

❣️ 2. Qadriyatlar va e’tiqod. Yillar mobaynida ota va bola, bobokolonlarning o’zaro to’qnashuvi, kelishmovchiliklar bo’lgan va bu tabiiy hol, bu kelishmovchilik albatta bir necha daqiqalik halos. Va shu yerda, shuday paytda ularni gaplarini quloqqa olgan holda amal qilmoq darkor. Chunki biz ularning avlodimiz va ularning e’tiqod va qadryatlariga amal qilgan holda izlarini davom ettirmog’imiz darkor, chunki ular ham shu tarzda e’tiqod va qadryatga rioya qilgan holda bizni voyaga yetkazishgan.

❣️ 3. Masofa saqlash. Betartiblik va ko’p mojaroning kelib chiqishi- bu o’rtada masofaning saqlamasligidan bo’ladi. Ayniqsa bizning yurtda bir uyda bir necha odam yashashi yoki honadonda bir necha avlodning birga yashashidan kelib chiqadi. Albatta bunday holatga yechim topish mumkin. Ya’ni har bir oila a’zosi bilan o’rtada masofa saqlash, ayniqsa yosh qurilgan oilalar sabr-toqat bilan yondashsalar bas, vaqt o’tib hammasi iziga tushib ketadi.

❣️ 4. Raqobat. Bolaning birinchi muhabbati albatta uning «onasi» dir va bu muhabbat yillarga cho’zilishi mumkin agar u «onasining bolasi» bo’lsa. Bola ulg’aygani sayin onasidan uzoqlashib boradi va o’zga ayolga ya’ni tanlagan yoriga sevgisini, muhabbatini namoyon qiladi. Va qiyin – og’ir dam boshlanadi ya’ni muhabbatni bo’lishish har biriga bir-xil namoyon etish.

Juda ko’p onalarda og’lini bo’lishish qiyin kechadi, ayniqsa yolg’iz og’il yoki umuman yolg’iz farzand og’il bo’lsa. Ular o’zlarini hech kimga kerakmasdek his qila boshlashadi. Shunday paytda, ularda yaxshi firk bildirish o’rniga kamchilik ahtarish hissi ustun chiqadi.

Shu kabi holat ota qizini uzatganda sodir bo’ladi. Raqobat. Butun umr qizi faqat undagina ko’rib kelgan fazilatlar ideallikni boshqa bir yigitda ya’ni sevgan yorida ko’rishida yuzaga keladi. Otaga qizining tanlagan yori – qiziga tog’ri kelmasligi u kabi hech kim qizi haqida otasidek qayg’ura olmasligi his qila boshlaydi.

❣️ 5. O’zaro hamjihatlik. Har bir kishida ustunlik va kamchilik bor. Yoshi kattalarida bilim, donolik, ko’nikma va mahorat mavjud.
Yoshlarda esa jo’shqinlik serg’ayratlik va kuch mavjud. Bu imkoniyatlar bilan sherikchilik qilish mumkin.
Bu turli avlodlar birlashuvi va jamiyat hissini beradi.

❣️ 6. Aloqa o’rnatish. Oilada qancha oila a’zolari ko’p bo’lmasin, munosabatlarni tiklash muvozanatda ushlab turish qiyin. Ba’zi oila a’zolari, oiladagi rollari haqida unitayozadilar va boshqalar bilan muqolotda o’z ornilariga ega bo’la olmaydilar buning natijasida o’z fikr va xabarlarini birovlar orqali yetkazishni boshlaydilar. Bunday hollarda katta bir oilaning har bir a’zosi bilan to’g’ridan – to’g’ri muloqotni amalga oshirmoqlik darkor.

Sir emaski, ba’zi bir hollarda qaynona – qaynota yosh oilalarning hayotida juda katta o’rinini egallab, ular uchun hamma sharoitlarni yaratgan holda yosh oilaning, oyoqqa turishida o’z ko’maklarini ayashmaydi. Buning natijasida, ular bir – birlari uchun juda yaqin aloqani o’rnata olishadi. Bunday donolik, sabr – toqat yaxshi va ahamiyatli muloqat oilaning mustahkam poydevorini yanada ko’taradi. Mustaqil erkin kishi bo’lish, hayotta o’z o’rniga ega bo’lish, mustahkam oilaga ega bo’lish faqatgina ota – onaning duosini olib, ularning roziligini olgan holda amalga oshishi mumkin.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish