SIZDA JINSIY YO'L BILAN YUQUVCHI KASALLIK ANIQLANDI… XIYONAT

Oila baxtini yemiruvchi kasalliklar.

Tarozining ikki pallasi
Oila baxti va tinchligiga rahna soluvchi bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ularning orasida eng qo‘rqinchlisi, ishonch va muhabbatni yo‘q qiluvchisi bu xiyonat hamda uning oqibatlaridir. Aksariyat hollarda siri fosh bo‘lgan xiyonatkorning “paytavasiga qurt tushib qolsa”, uning qurboni esa aybdorni jazolashga kirishadi. Ko‘pincha oiladagi kelishmovchilikdan yoshlarning ota-onalarm ham xabar topib, er-xotin “g‘idi-bidi”si qudalar o‘rtasidagi katta jangga aylanib ketadi. Lekin masala urish-janjal bilan hal bo‘lmasligini unutmaslik lozim. hozir eng muhimi, kasallikni davolash emasmi? Maslahatimiz, avvalo salomatligingizni xavfdan himoyalang, munosabatlarni aniqlashtirishga hali ulgurasiz!
FAKT
Jahonda keng tarqalgan kasalliklar safidan tanosil xastaliklari ham o‘rin olgan. Masalan, so‘zak kasalligi bilan yiliga 250 mln. kishi og‘rishi qayd etiladi.
“Xotin, do‘xtirga boramiz!”
Siz-ku, haqiqatni o‘zingiz bildingiz, ayrim ayollarga o‘xshab, eringiz siz uchun maxsus o‘ylab topgan teatrlashgan tomoshasining beixtiyoriy ijrochisiga aylanmadingiz. O‘zining betartib jinsiy aloqasidan keyin erkak sog‘lig‘ida zig‘ircha salbiy o‘zgarish sezishi zahoti, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tadi. Chunki bezovtalikning sababini o‘zi yaxshi biladi-da! Aniq tashxis qo‘yilganidan so‘ng, erkak shifokordan oilani saqlab qolishga hissa qo‘shishini so‘rab, ayoliga haqiqatni ochmasligini iltimos qilishi ham mumkin. Bunday oila boshliqlari borligini inkor etolmaymiz. Eri bilan birga “oddiygina shamollash”dan davolangani kelgan ayol shifokordan, aslida, qanday kasallikdan davolanayotgani va buning sababini so‘raganida undan haqiqatni yashirishdandan o‘zga choramiz qolmaydi. Erkaklarga “yolg‘on gapirmang, rafiqangiz bor gapni bilsin” deyishimiz mumkin, ammo bu haqiqat ayol qanday ta’sir etishini oldindan aytish mushkul. Oilaning tinchligi, farzandlarning kelajagini hamma narsadan ustun qo‘yib, chora ko‘ramiz.
Bilib qo‘ying…
Kasallik mavjudligini aniqlash uchun jinsiy a’zolarning uch nuqtasi (uretra, qin va anal teshigi)dan surtma topshiriladi. Buning uchun esa teri-tanosil kasalliklari shifoxonasiga borish lozim. Tahlil javoblariga ko‘ra, kasallikning turini shifokor aytadi. Shuningdek, davolanishni ham aynan malakali shifokor tayinlashi zarur.
Dushmaningiz kimligini biling!
Dushman deganda oilangizga uchinchi shaxs sifatida dahl qilgan ayolni emas, kasallikni nazarda tutyapmiz. Shu o‘rinda maslahatimiz, haqiqiy ma’nodagi aybdorni izlamang! Kimligini bilgan taqdiringizda ham, u bilan urishib-janjallashib yurmang! Siz bunday ishlardan yuqori turadigan ayol ekaningiz yodingizdan chiqmasin.
Sizning dushmaningiz — xastalik! Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalarning turi 30dan ortiq deyilgani bilan ular orasida eng keng tarqalganlari bu — zahm, so‘zak, genital gerpes, xlamidioz, trixomoniaz, mikoplazmoz, ureaplazmoz va kandidoz sanaladi. Zamonaviy tibbiyot ularni davolash imkoniga ega. Oddiygina gripp ham davolanmasa, salomatligimizga o‘z izini qoldiradi, demakki, orttirgan infeksiyalarning asoratsiz kechishiga ishonib, xato qilmang. Bepushtlik, jinsiy va ayirish a’zolaridagi yallig‘lanishni bartaraf etish uchun esa davolanishni aslo kechiktirmang, xastalik rivojlanishiga yo‘l qo‘ymang. Buyurilgan muolajalarni o‘z vaqtida bajaring, eringizga qasdma-qasd qaysarlik qilmang. Albatta, juftingiz bilan birgalikda davolanishingiz lozim!
Ma’lumot o‘rnida…

Umumiy foydalaniladigan yuvinish xonasi va suzish havzasi tanosil kasalliklarni yuqtirib oladigan yer emas. Tanosil kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi viruslar tashqi muhitga ko‘nikolmaydi, aniqrog‘i inson tanasidan tashqariga chiqqanida tezda nobud bo‘ladi. Bundan tashqari kam miqdordagi infeksiya kasallik qo‘zg‘ata olmaydi. Aynan jinsiy aloqa vaqtida organizmdan organizmga ko‘p miqdorda infeksiya o‘tib, kasallikni vujudga keltiradi.
Ruhingizni cho‘ktirmang!
“Six ham, kabob ham kuymasin” degan gap aynan shu vaziyatga mos keladi. Ammo bu ishni amalga oshirish u qadar oson emas-da… Agar muammo birgina siz bilan bog‘liq bo‘lganida boshqa gap edi. “Xiyonatkor bilan yashamayman, ajrashaman” deyish qanchalik to‘g‘ri bo‘lar ekan?! his-tuyg‘u va yurak amri asosida ish ko‘rishga o‘rganganmiz, biroq endi sovuq va metin mantiqni ishga solish vaqti keldi! Bu ish qo‘lingizdan kelmayaptimi? Ona, qaynona, amma-xola yoki dugonalaringiz oldiga chopmang, ular sizga dardkashlik qila olar, lekin to‘g‘ri maslahat berishlari, vaziyatni har tomonlama tahlil qilishda ko‘maklashishlari amri mahol. Mana siz hozir shifokor bilan birga kasallikdan davolanayapsiz, ko‘ngil yarasini esa ruhshunos bilan birga tuzatish hamda bu holga sabab bo‘lgan omillarni bartaraf etish mumkin. Malakali mutaxassis his-tuyg‘ular olovini o‘chirib, aqlni ishga solishingizga ko‘mak berishiga ishoning.

Sizga maslahat…
• Qat’iyatli bo‘ling! hayotning og‘ir zarbasini sinov sifatida qabul qiling. Ko‘rgan, bilganlaringiz esa sizga tajriba bo‘ladi.
• Kechiring… Ro‘y bergan hodisani o‘zgartirish hech kimning qo‘lidan kelmaydi. Ichingizda yig‘ilib turgan jahl esa sizni va oilangizni asta-sekin yemirib boradi. Aksariyat hollarda kechirish orqali sizni xafa qilgan insonga dars bergan bo‘lasiz.

• Qasos olmang! Vaqtingiz va kuchingizni foydali narsalarga sarflang. O‘zingizni har tomonlama rivojlantirish – eng yaxshi qarordir!
Sabr va yana sabr! Xiyonatni kechirganda, kasallikni davolayotganda chidamli bo‘ling! Tana og‘rig‘i tez ketishi mumkindir, ammo ruhiy azobdan qutilish uchun ancha vaqt kerak. Ba’zan ro‘y berib turadigan tushkunlik hurujlari, yig‘layotganingiz uchun o‘zingizni koyimang. Asta-sekin hammasi iziga tushib ketadi!


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish