Siz nimani yoqtirasiz?

PSIXOLOGIK TEST:

🍐Ruhshunoslarimiz shunchalik o‘z kasblariga berilib ketishdiki, hattoki inson xarakteri va mevalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham aniqlab chiqishdi. Inson sevib iste’mol qilayotgan mevalar uning xarakterlaridagi ko‘pgina qirralarini ochib berishi mumkin ekan. Buni ko‘plab tajribalar yaqqol isbotlab berdi. Siz qaysi mevani yaxshi ko‘rasiz?

Qovun sevar insonlarni yo‘rig‘ingizga yurgizaman deb xomtama bo‘lmang. Ko‘plab o‘tkazilgan tajribalarda ular dovyurak insonlar deb topilgan. Shuningdek ular boshqalarning ta’siriga ham tushib qolishmaydi. Bunday insonlarning fe’l-atvori mustahkam qo‘rg‘onga o‘xshaydi. Qancha harakat qilsangiz ham buni o‘zgartira olmaysiz. Qovunni xush ko‘ruvchi insonlar saxiy, oliyjanob bo‘lib, sayohat qilishni yaxshi ko‘radilar.

Tarvuzni sevuvchilar kamdan kam o‘tgan umrlariga afsuslanadilar. Ular barcha xatolarni o‘zlari bilib qiladilar, tez xulosa chiqaradilar va hech qachon afsuslanmaydilar. Bunday insonlar hayotda tavakkalchi insonlardir.

Qulupnayni yoqtiradiganlar quvnoq, samimiy, xushmuomala, odamlar bilan tez til topishadigan bo‘lishadi. Ularni o‘ziga xos jihati shuki — bashang va xushbichim kiyinishni yaxshi ko‘rishadi. Ular biroz hasadgo‘y insonlar toifasiga ham kiradilar. Ba’zida esa hasaddan o‘t bo‘lib yonishlari ham hech gap emas. Bunday insonlar faqat o‘z ichki sezgisiga ishonadilar.

Shaftolini sevib iste’mol qiluvchilar doim atrofdagilar diqqat markazida bo‘lishadi. Ularning atrofida do‘stlari ko‘p bo‘ladi. Yashirin harakatlarini ko‘rmaysiz, hammasi oshkora. Ba’zida ularning hazil va chinini ajratish qiyin. Mag‘rur bo‘lishlariga qaramay oson kechiruvchidirlar. Ammo nafsoniyatiga tekkanlarga munosib javob qaytarmay qo‘ymaydilar. Ular ideal insonlar toifasiga kiradilar. Sofdil va ishonchli kishilar bo‘lishadi.

Limonni xush ko‘ruvchilar ko‘proq ko‘ngilga quloq soluvchi insonlar bo‘lishadi. Juda rahmdil. Boshqalarning o‘zi haqidagi tanqidini ko‘tara olishmaydi. Bunday insonlar «gunohkorlar albatta jazosini oladi» degan fikrga tayanib ish ko‘rishadi. Ular melanxolik xarakterga ega insonlar toifasiga kiradilar. Ammo yaxshi ijodkordirlar.

Xurmo mevasini sevuvchilar har qanday sharoitga moslashuvchan, sabr-matonatli, kuchli insonlardir. Ular shoshib ish qilmaydilar, qiyinchiliklardan aslo qo‘rqmaydilar. Atrofdagilar bilan tez munosabatga kirishuvchan insonlar sirasiga kiradilar. Umuman olganda ularni ham ideal insonlar deyishimiz mumkin.

Gilosni sevuvchi insonlarning hayoti doim ham bir tekisda kechmaydi. Hayotlari past-balandliklardan iborat. Ularning tasavvuri keng va hamma ishda ishonchli hamkor sanalishadi. Bunday insonlar his tuyg‘ularga asir bo‘lishni umuman xushlashmaydi. Shuning uchun har doim yaqinlari davrasiga shoshiladilar.

Uzumni yoqtiradigan insonlar yolg‘izlikda o‘zlarini yaxshi his qilishadi. His-hayajonga tez beriladilar. Muloqotga kirishuvchandirlar. Ko‘pincha mashhurlikka erishadilar. Mevalar ichida uzumni yaxshi ko‘ruvchilar hayotning har bir kunidan quvonch topishga qodir bo‘ladilar. Kutilmagan sovg‘alarni yoqtiradilar.

Olmani sevuvchilar g‘ayrioddiy xususiyatlarga ega bo‘lishadi. Favqulotta holatlarda ichki sezish qobiliyatlari ishga tushib, yomon hodisalardan himoyalanishadi. O’zlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmasliklari mumkin, amma jamoaga yetakchilik qilishda ularga yetadigani yo‘q. Juda g‘ayratli insonlar toifasiga kiradilar va barcha muammolar yechimini tezda topadilar.

O’rik mevasini ko‘p iste’mol qiluvchilar erkinlikni xush ko‘ruvchi, birovdan yaxshilikni ayamaydigan insonlar bo‘lishadi. Ularni erkinligiga xalal bergan har qanday odamga qattiq qarshilik ko‘rsatishdan qaytmaydilar. Atrofdagi insonlarni ishontirish xususiyatiga egadirlar. Shuningdek ijodkorlik qobiliyatiga ega bo‘lib, she’r, hikoyalar yozishni qoyil qiladilar. Muloqot qilish va do‘st orttirishga usta bo‘ladilar. Ammo ularning ichki dunyosiga faqat yaqin insonlarigina kira oladilar.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...
30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

🔮 Cho‘ziqroq yuz. Yuz tuzilishi ovalsimon insonlar harakatchan insonlardir. Bunday shakl yuz sohiblarining iyaklari qirrali va tuxumni eslatgan holda pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Mazkur toifaga kiruvchi insonlar tinib tinchimaydigan, hayotdan har doim yangilik izlab yashovchilardir. Ular hayot tarzini tez-tez o‘zgartirishga moyil....
Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Turmush o‘rtog‘ingizning fe'l-atvorini nafaqat bilishingiz, balki tushunishingiz ham kerak. Shunda oilaviy munosabatlar iliq va mustahkam bo‘ladi. 😍😍😍 ♈️♈️♈️ Hamal: e'tiborni yoqtiradi! Oilaviy hayotning ilk yillaridanoq bu burj vakillari har bir masalaga mas'uliyat bilan yondashishadi. Ular uchun hal etilmaydigan muammoning o‘zi...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...

Fikr bildirish