Sevgan insoningiz xarakterini aniqlaymiz

Psixologiya & Motivatsiya:

PSIXOLOGIK_TEST

❤️YOQTIRIB QOLGAN INSONINGIZ XARAKTERINI BILISHNI HOHLAYSIZMI?! (ayollar uchun)

🔎 Hayotingizda bir yigit paydo bo’ldi. Uning qandayligini bilish siz uchun juda ham qiziq. Bugungi kunda insonning qandayligini bilish uchun uzoq yillar shart emas. Bir kun, bir soat va hatto bir qarashning o’zidayoq kishi fe’l-atvoridagi muhim narsalar hususida bilib olish mumkin.

⚽️ QAYSI SPORT TURIGA QIZIQADI?!

Yugurish va suzish sport turi bilan shug’ullanishni yoqtiradiganlar mustaqil kishilar bo’lib, ko’p narsalarga o’z kuchlari bilan erishishni yoqtiradilar. Jamoaviy sport turlari, masalan, futbol, xokkey, basketbolni yoqtiradigan yigitlarda raqobatchilik ruhi kuchli bo’ladi. Bu narsa oilaviy va ishdagi hayotga ham taalluqli. Sportga qiziqqan erkaklar mustaqil qaror qabul qilishlari bilan ajralib turadi.

😎 TASHQI KO’RINISHI, OLIFTAMI?!

Agar yigit har bir vitrina qarshisida to’xtab, kiyim-kechagini tuzatsa, oliftaligi tayin. Shuningdek, bunday yigitlar ish va shaxsiy hayotdagi g’alabalardan ham darak berib turadi. Agar u o’z tashqi ko’rinishiga deyarli e’tibor bermasa, izzat-nafsini yuqori tutmaydi va u bilan kelishish oson.

👱 UNING SOCHLAR?!

Sochlari xuddi kinoyulduzlar yoki futbolchilar kabi olingan erkaklar xudbinligining chek-chegarasi yo’q. Agar siz uchrashayotgan yigitning sochlari asta-sekin to’kilib tushayotgan bo’lsa, bu narsa uning o’ziga bo’lgan ishonchi ham pastlayotganidan darak beradi. Biroq ziyraklikda uncha-muncha odam uning oldiga tusha olmaydi.

🗣QANDAY GAPIRADI?!

Agar u bir daqiqada 100 ta so’z aytsa, demak, kayfiyat odami, juda energiyaga boy va xudbin ham bo’lishi mumkin. Agar u hissiyot aralash to’xtalib-to’xtalib gapirsa, uni tavakkalchi deya olmaysan. Biroq uning so’zlariga, albatta, quloq solish lozim, aks holda hislarimni tushunmadi, deb ranjib qolishi mumkin.

🤝 MUOMILASI?!

U senga gap otdi degani, birinchi bo’lib qo’ng’iroq qiladi degani emas. Bu narsa o’y-fikrlarini qaytadan tahrir qilib olishga imkon beradi. U o’zining asl ko’rinishini ko’rsatishni xohlamaydi, shunchaki bu holat o’ziga ishonmasligini ko’rsatadi, xolos. U biroz muddat munosabatlarni to’xtatib tursa yoki to’xtovsiz elektron nomalar yuborsa, yoki soatlab siz bilan telefonda gaplashsa, u yaqinlar bilan munosabatga tez kirisha oladigan kishilardir.

💸 PLASTIK KARTOCHKAMI YOKI NAQD?!

Agar u hamma joyda o’zining plastik kartochkasi orqali to’lasa, bunday kishilar nihoyatda o’zini yaxshi ko’radigan kekkaygan kishilar bo’lishadi. Agar naqd pulda to’lasa, u o’ziga to’q va mustaqil odam. Bordiyu uning hamyoni bo’sh bo’lsa, birovlarning yordamiga muhtoj bo’ladi. U, shuningdek, unga yordam beruvchilar doim topilishiga ishonib yashaydi.

👁KO’ZINGIZGA QARAYDIMI?!

Agar u doim ko’zlarini olib qochsa, unga to’liq ishonib bo’lmaydi. Agar ko’zini bir zum ham uzmasa, sizni doim nazorat qilib turishni istaydi. Agar uning ko’zlarida mehr yolqinlari shu’lalanib tursa, demak, sizni juda yoqtiradi va qarab to’ymayabdi.

(davomi):👇 @Psihologik_yordam

davomi

🍳 QANDAY OVQATNI TANLAYDI?!

Katta miqdordagi porsiyada ovqat buyurtma beradigan kishi turg’un va kimgadir tobe, sarguzashtlarni umuman xushlamaydi. Tabiiy taomlarni tanlaydiganlar esa rang-baranglik va xilma-xillikni yoqtirishadi.

🖥 TELEVIZORDA NIMA KO’RADI?!

U faqat va faqat komedik filmlarni tomosha qilishni xush ko’radi, balki, kulgi yordamida o’zidagi stressni quvishga urinar. Bunday yigitlar o’tmishdagi yaralarni tirnab, tirnoq ostidan kir qidirib yurish fe’lidan yiroq. Har doim o’zini nazorat qila oladi. Biroq u bilan jiddiy suhbatga kirishish qiyin. Hamma gapingizni hazilga burib ketadi. Detektiv hamda kriminal voqealarga asoslangan kino yoki ko’rsatuvlarni ko’radiganlar esa tahlil qilishga moyil va bundan faxrlanadilar ham. Siz doim bunday insonlar yordamiga tayanishingiz mumkin.

🕴OILADA NECHANCHI FARZAND?!

To’ng’ich farzand bo’lsa, unga bemalol suyanishingiz mumkin. Chunki aksar hollarda to’ng’ich farzandlar o’ta mas’uliyatli bo’ladi. Kenja bo’lsa, ijod kishisi. Biroz erka va xudbinligi ham bo’lishi tabiiy. Agar oilada o’rtancha farzand bo’lsa, yaxshilab o’ylab ko’ring, uning ta’sirchan fe’li uchun juda katta e’tibor lozim.

✍ CHAPAQAYMI YOKI O’NAQAY?!

Chapaqaylar tabiatan rassomlikka ishtiyoqi baland bo’ladi. Axir ular hayotdan oladigan axborotlarni miyaning ijodiy faoliyat uchun javob beruvchi o’ng yarimshari qayta ishlaydi-da! O’naqaylar xususida esa tayinli so’z ayta olmaymiz. Ular erishgan muvaffaqiyatlarning bari mehnatlari tufayli.

😷 OZODAMI YOKI AKSI?!

Ozodalikni yoqtirgan erkak mayda narsalarga ham nihoyatda e’tibor beradigan bo’ladi. Kimning uyida betartiblik bo’lsa, ular mansabparastlar bo’lmaydi, ijodiy salohiyatga moyilligi bor kishilar bo’ladi. Agar uning yuvinish xonasida aqalli bitta sovun yoki sochiq bo’lmasa, u nihoyatda dangasa va ozodalikdan ancha yiroq kishi. Shunday inson bilan taqdiringizni bog’lashga tayyormisiz?!

👬 UNING DO’STLARI?!

Agar uning bolalikdan do’sti bo’lgan bo’lsa, demak, u sadoqat hissi nima ekanligini biladi. Siz ham idealiga mos bo’lishingizni xohlaydi. Bundaylarning ishonchini qozonish uchun uzoq yillar kerak bo’ladi. Agar uning do’stlari ko’p bo’lsa, u odamlar bilan tez til topisha oladi. Istalgan sharoitga osongina moslashadi.

👥 ODAMLAR ORASIDA?!

Agar do’stlari orasida doim sizga e’tiborli bo’lib, mehr ko’rsatsa, demak, sizdek sevgilisi bo’lganidan mamnun va buni atrofdagilar ham ko’rib qo’yishini istaydi. Aksincha, do’stlari davrasiga tushgach, sizga faqat goh-gohida e’tibor bersa, yo o’zining, yoki sizning his-tuyg’ularingizga ishonmayabdi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish