Qiziqarli test – savollarga 1 soniyada javob bering

Savollarga o’ylab o’tirmasdan javob bering. Uchta javobni ishlatishingiz mumkin: «Ha”, «Yo’q” va «Bilmayman”.

  1. Bolaligimdanoq boshqa insonlarga bo’ysunish men uchun katta muammo edi.
  2. Menimcha, boshqalar ustidan hukmdorlik qilish hissi rivojlangan insonlarsiz fan va
    madaniyatda rivojlanish bo’lmagan bo’lardi.
  3. Menimcha, haqiqiy erkak ayolni o’z irodasiga bo’ysundirishning uddasidan chiqa oladi.
  4. Rostini tan oladigan bo’lsam, yaqinlarimning g’amxo’rligidan ensam qotadi.
  5. Ayolning asl tabiati bo’ysunuvchanlik, degan tasdiqqa to’la-to’kis qo’shilaman.
  6. Yaqinlarimning farovon yashashlari uchun barcha mas’uliyatni o’z zimmamga olishga majbur ekanligimni menimcha xamma xam tushunavermasa kerak.
  7. Menimcha, juda ko’plab muammolar qattiqqo’l lider yo’qligidan kelib chiqadi.
  8. Tezda qaror chiqarilishi lozim bo’lgan murakkab vaziyatlarda to’g’ri yo’l tutishim uchun ko’p vaqt talab etilmaydi.
  9. Nimani sevishimni juda yaxshi bilaman va boshqa insonlarni boshqarishim mumkin.
  10. Hech kimning oldida oxirigacha ochilishni istamayman va bu qo’limdan ham kelmaydi.
  11. «Sokin go’sha” haqidagi orzular menga yoqadi.
  12. Menimcha, xodim boshlig’ining har qanday buyrug’ini bajara olishi kerak.
  13. Ehtimol, bu g’alati ko’rinar, biroq yaqinlaridan nimanidir so’rash to’g’ri kelib qolgan vaziyatlarda ich-ichimdan qarshilik sezaman.
  14. Mendan kimdir izoh talab qiladigan vaziyatlar tez-tez ro’y berib turadi, biroq mening nazarimda, hammasi shundoq ham ravshan bo’ladi.
  15. Fikrimcha, xarakterim oilamizda ustun bo’lgan otam (onam) ning xarakteriga juda o’xshash.

Har bir «Ha” javobiga 10 ball,
«Bilmayman”ga 5 ball,
«Yo’q”ga 0 ball belgilang.

TEST NATIJALARI:

150-100 ball: Sizning javoblaringiz nima qanday ekanligi va qanday bo’lishi kerakligini biluvchi buyuk diktator siymosini yaratmoqda. Bunday xatti- harakatingizni siz osongina oqlaysiz. Siz boshqalarni ishontirolasiz va ishni o’z muddatida bajartirish uchun ular ustidan rahbarlik qilolasiz. Biroq, dam- badam qo’l ostingizdagilarning tovushida, nigohlarida «dam olishga fursat bering”, degan nido ko’rasiz!

95-50 ball: Muvozanat va qat’iyat, oqillik va hisob-kitob, to’g’ri va oqilona maslahat berish — mana bular sizning bosh fazilatlaringizdir. Boshqalarning fikri va istagini hisobga olib, agar muhim bo’lsa boshqarasiz, agar kerak bo’lsa yon berasiz. Biroq kerakli vositalardan foydalanib doim ham maqsadga etishayotganingiz yoki yo’qligini faqat o’zingiz bilasiz.

45-0 ball: Sizning javoblaringiz «psixologik ilon”ga xos. Garchi zaruriyati bo’lmasa-da, har qanday jerkishni osongina hazm qilasiz, hech kim talab qilmayotgan bo’lsa-da, bor-budingizni qurbon qilishga tayyor bo’lasiz. Ko’pincha o’z ojizligingizni anglagach, siz… dadil xatti-harakatlarni amalga oshirasiz. Chorasizlikdan, o’zingizda etishmayotgan harakter qirralarini boshqalardan qidira boshlaysiz va o’zingiz uchun eng yaxshi hayot umidi va ma’nosini ana shundan topasiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish