O’ZINGIZNI ANGLANG
Bizga azob bergan insonlar, xuddi biz kabi azoblangan insonlardir.
O‘tmish o‘tib ketdi. Bu – fakt, va endi xech narsa qilib bo‘lmaydi. Faqat o‘tmish haqidagi o‘ylarimizni o‘zgartira olamiz. Axir o‘shanda sizni xafa qilgan insonni deb, shu kungacha o‘zingizni jazolashingiz to‘g‘rimi?
Kasal bo‘lib qolganingizda, yuragingizdan kechirishilishi kerak bo‘lgan insonni qidiring.
O‘zimiz haqimizdagi fikrimiz biz uchun xaqiqatga aylanadi. Chunki har bir o‘yimiz kelajagimizni yaratadi.
✔️ O‘zingizni ma’qullab, borligingizcha qabul qilishingiz hayotingizdagi ijobiy o‘zgarishlar kalitidir.
❤️ O‘zni sevish – borlig‘ingizni va borligingizni har kuni bayram qilib, Yaratganga hayot tuhfa qilgani uchun minnatdorchilik bildirishdir.
Nimaiki bersangiz, qaytib olasiz.
Kimnidir o‘zgartirish uchun avval o‘zingiz o‘zgaring. Fikrlaringiz yo‘nalishini o‘zgartiring.
✔️ Hayotimizda osonlikcha erishganlarimiz – dars emas. Bu biz bilgan narsalardir.
Tanamiz doim biz bilan gaplashadi. Uni eshitishga vaqt topganimizda edi, tanamizning har bir hujayrasi har bir so‘zimiz va har bir fikrimizdan ta’sirlanardi.
Sizni baxtsiz qiladigan xayollardan qoching. O‘zingizga yoqqan ishni qiling, ko‘rishganda ko‘nglingiz yorishadigan insonlar bilan uchrashing.
Ajoyib narsalarga ega bo‘lishni istasangiz, birinchi navbatda ularga erisha olishingizga ishoning.
❤️ Sevgi kutilmaganda keladi. O‘zingizga mos insonni jon jahdingiz bilan qidirish esa ruhiy azoblarga duchor etadi.
Farzandlarimizga bera oladigan eng yaxshi narsamiz — ularni o‘zlarini sevishga o‘rgatishimiz.
Aybdorlik hissi keraksiz his. U hech qachon hech kimga yordam bermaydi, vaziyatni o‘zgartirish kuchiga ham ega emas. Shunday ekan, o‘zingizni bu hisdan ozod qiling.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.