Oylik maoshni yetkazish sirlari

Maoshgacha hali bir hafta bor. Ammo hamyoningizda bir necha kundan beri shamol sayr qilib yuribdi. Yana topadiganingizdan ortig‘ini xarajat qilib, kamiga qarzga ham botib o‘tiribsizmi? Unda sizning byudjetingiz ustida jiddiy ishlash kerak.

Muammo nimada?

Bir o‘rtog‘im bor, ismi Zarina. Gap shundaki, uning oylik daromadiga har qanday boyvuchcha havas qilsa arziydi. Bunaqa maoshni ko‘plar tushida ham ko‘rmagan. Shundanmi u kimgadir dabdurustdan, «qarz berib tur, oylikdan qaytaraman» deb qolsa, odam dastlab, jiddiy so‘rayaptimi yo kalaka qilayaptimi, degan xayolga ham boradi. Aslida u aytarli darajada shopogolik ham emaski, topgan puliga do‘kon aylanib, uyum-uyum kiyim xarid qilsa. Shunchaki, Zarina pulni to‘g‘ri xarajat qilishni bilmaydi. Oyligini oliboq, qarzlarini qaytaradi. Bundan ortganini mayda-chuyda xarajatlariga ishlatadi. Qarabsizki, oy oxirida yana qarz so‘rashga majbur. Bir gal esa u butun bir oylik maoshini to‘laligicha kreditor do‘stlariga taqsimlagan.

Zamondoshlarimizning aksariyatida aynan mana shu—pulni to‘g‘ri xarajat qila olmaslik muammosi bor. Qancha pul topish emas, topganingizning qanchasini va nima maqsadda sarflaganingiz muhim.

Byudjetingizni himoya qiling!

Pullaringiz har doim va har narsaga yetishi uchun oilaviy byudjetga ayrim qonun-qoidalar va o‘zgartirishlar kiritish zarur.

Xullas, siz maosh oldingiz. Va peshana teringiz bilan ishlab topilgan yap-yangi pullar hamyoningizni qappaytirib, ko‘zingizni quvontirib turibdi. «Bizda maosh plastik kartochkalarda beriladi», deysizmi? Xo‘sh, nima bo‘libdi? Har tugul u o‘zingizga ishonch hissini bag‘ishlab turibdi-ku! Qaytanga, plastik kartochkadagi mablag‘ni yig‘ish qulayroq ham.

  1. Maoshni olgan kuningizoq uning 10-15 foizini alohida ajratib qo‘ying (agar oila qurgan bo‘lsangiz, siz va turmush o‘rtog‘ingizning maoshi qo‘shib hisoblanadi). Bu pul orzu havaslaringiz (mashina sotib olish yoki sayohatga) yoki shunchaki, «qora kunlar»ga yaraydi. «O‘zi shundog‘am oylikdan oylikkacha yashayapmizu, shundan ham keyinga deb kessak nima qoladi», demoqchisiz to‘g‘rimi? Unda daromadingiz 10 foizga kamaydi deb tasavvur qiling. Axir shunday bo‘lgan taqdirda ham qolgan 90 foiziga ro‘zg‘or tebrata olardingiz-ku.

Pul yig‘ishni endi boshlagan paytingizda ertangi kun uchun daromadning 10-15 foizidan ortig‘ini olib qo‘yish ham yaramaydi. Qat’iy tejamkorlik rejimida 1 hafta, 10 kun, uzog‘i 1 oy yashay olasiz, lekin keyin, pulingiz bo‘la turib o‘zingizga shuncha cheklovlar qo‘yayotganingizdan jahlingiz chiqib, yig‘ayotgan pulingizni ishlatib qo‘yasiz. Va kamiga «men pul yig‘olmas ekanman», degan xulosaga ham kelasiz.

  1. Alohida konvertga majburiy to‘lovlar uchun muayyan summani solib qo‘ying. Har oy uy, soliqlar uchun, qolaversa, bolalar bog‘chasiga ham pul to‘lashingiz aniq. Bunday to‘lovlarni baribir amalga oshirish kerak bo‘lsa, shuning harakatini oldindan qilib qo‘ygan ma’qul.
  2. Qo‘lingizga taqvim olib, shu oyda o‘tkaziladigan tadbirlar—to‘y, tug‘ilgan kun, o‘tirishlar bor-yo‘qligini ko‘rib chiqing. Chunki agar oy davomida to‘y, tug‘ilgan kunlar bo‘lsa, baribir sovg‘a olishingizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun uchinchi konvertning ustiga tortinmay, «sovg‘alar uchun», deb katta qilib yozingda, unga ataganingizni soling!
  3. Xo‘sh shunday qilib, yuqoridagi xarajatlardan keyin maoshingizdan qancha qoldi? 100 mingmi, 150 mingmi yoki 200mingmi? Ishqilib qancha qolgan bo‘lsa ham bu aynan o‘sha kundalik xarajatlaringiz uchun oy davomida sarflashga mo‘ljallangan summangizdir. Yuqoridagi gapda «oy davomida» jumlasi asosiy ekaniga ahamiyat bergandirsiz? Arifmetika borasidagi bilimlaringizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, qo‘lingizga kal’kulyatorni oling (yaxshiyamki, bu mo‘jazgina texnika taraqqiyoti qo‘l telefonlarida ham bor). O‘sha qolgan 100, 150 ming summani 30 kunga bo‘ling. Natija 3333, 5000 yoki 6666 chiqdi, to‘g‘rimi? Endi siz oilaviy byudjetingizga zarar qilmaslik uchun har kuni tahminan qanchagacha pul sarflashingiz mumkinligini bilasiz. To‘g‘rirog‘i, kundalik me’yordan ortiqrog‘ini sarflashingizku mumkin, lekin grafikdan chiqib ketmaslik uchun boshqa kunlar xarajatni yana kamaytirish kerak.

Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish