OILAVIY JANJALLARNING TA’SIRI BOLALAR TAQDIRIDA

Bolani Yaratuvchidan tilab olamiz, tug‘ilishini intiqlik bilan kutamiz, so‘ng esa, bilib-bilmay murg‘ak jonni ozorlashda davom etamiz. Aksariyat ayollar turmush o‘rtog‘i bilan g‘ijillashib qolishsa, bor alamini boladan oladilar. Ba’zan ruhiy tanglik o‘tib ketgach, bo‘lar-bo‘lmas bahona topib, aybsiz bolani urishaverganlari farzandimni quchoqlab yig‘laydilar, ich-ichidan o‘zini ming bor urishadilar, endi tang vaziyatda bolamdan alamimni olmaslikka qasam ichadilar, navbatdagi dilxiralikdan keyin esa… yana o‘zlarini qo‘lga ololmay qolaverishadi. Tinimsiz bolani urishaverishadi, tanbeh beraverishadi. Shu yoshga kirib o‘zi ham amal qilavermaydigan ba’zi qoidalarga atigi 3 yoshga kirgan bolani bo‘ysundirishga harakat qilishadi: uyga kirayotganda oyog‘ini artib kirish, shippagini bir chekkaga taxlab qo‘yish, qo‘lini tez-tez sovunlab yuvib turish va hokazo. Agar shulardan birini unitib qo‘ysa, jazolashning ming xilini o‘ylab ko‘rishadi: ko‘chada o‘ynashiga ruxsat bermaslik, o‘yinchoqlarini yuvib-yig‘ishtirib chiqish, muzqaymoq olib bermaslik va hokazo.

U bola-ku, ering bilan munosabatlaringni boshqarolmaganing uchun endi bolangni tinimsiz tanbehlar bilan urishib, boshqarishga harakat qilayapsanmi, deb haqiqatni tik aytadigan odam yo‘qdirda atrofida. Biroq bir narsani aniq bilaman, agar ayolning kayfiyati doim yaxshi bo‘lsa, bu oilada ruhan tetik, o‘ziga ishongan farzandlar ulg‘ayadi. Bolamizning yoshida o‘zimizham o‘nlab, yuzlab xatolar qilganmiz. Ota-onamiz yaxshi gap va to‘g‘ri tushuntirish bilan tarbiyalab borishgan. Masalan, men farzandim biron idishni sindirib qo‘ysa, kamida ming‘illab dashnom beraman, o‘zim bola ekanimda esa butun boshli servantni ag‘darib yuborganman. Hamma asl idishlar chil-chil singandi. Ota-onam “O‘zingga hech narsa qilmagan bo‘lsa bo‘ldi”, deyishgan. Farzandga nisbatan kechirimli bo‘lish onaning zimmasidagi katta farz.

Hech bir ayol turmush o‘rtog‘ining xiyonatini xotirjam qabul qilolmaydi. Ba’zi g‘ururli juvonlar o‘zga ayol bilan erini “baham ko‘rib” yashagandan ko‘ra, yaxshisi, ajrashishni ma’qul ko‘rishadi. Shosha-pisha ko‘ch-ko‘ronini yuklab, farzandini iziga solib ota uyiga yo‘l olishadi va sudga ariza berib, ajrim da’vosini boshlaydilar. Mahalla faollari, qarindosh-urug‘ va oila kattalarining gapiga hech bir quloq solmay, ajrashib ketishadi. Ya’ni, raqibasining hiyla-nayrangiga osongina taslim bo‘ladi-qo‘yadi.Ertaga farzandlari katta bo‘lishganidan so‘ng nima sababdan otasiz katta bo‘lganliklarining asl sababini onalaridan so‘raganlarida esa…

Agar ayol yashirmasdan borini oshkor etsa, bolalari aytmaydimi: “Bitta sharmandaga jahl qilib, bizni otasiz katta bo‘lishga hukm qildingizmi? Bunga haqlimidingiz?” – deyishlari turgan gap. Albatta, hammayam badavlat oilaning erka farzandi bo‘lib tug‘ilishni istaydi, biroq bolalar uchun umuman otasi yo‘q bo‘lganidan ko‘ra, ideal inson bo‘lmasa-da, otasining borligi yaxshiroq ekanligini hamma yaxshi biladi.

Aslida ayol kayfiyati yaxshilanishi uchun turmush o‘rtog‘ining bir og‘iz shirin so‘zi kifoya. Erkaklar rafiqalaridan yaxshi so‘zlarini ayashmasa, kim ko‘rganga “ilakishib”, bolalarini tirik yetim qilishmasa edi, siniq fe’lli “otasi bor otasizlar” har uch-to‘rt xonadonning birida ulg‘ayishayotgan bo‘lmasdi. Ruhshunoslar ta’kidlaganlaridek, eru xotin shaxsiy kelishmovchiliklarini bolalar oldida muhokama qilmasligi, har bir qarori bilan farzandi taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

Xalqimizda bir ibora bor: “Er-xotinning urushi — doka ro‘molning qurishi”. Oddiy so‘z bilan aytganda bu — oilaviy janjal deyiladi. Janjallar har doim o‘zining ishtirokchilari va kuzatuvchilariga yomon kayfiyat olib keladi. Surunkali “ur-qir”lar bilan yashaydigan oilalar ham bor. Oiladagi urushlar eng avvalo bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ota-onasi yoqa bo‘g‘ishayotganda farzand qayoqqa qochishini, ularni qanday to‘xtatishni bilmay, kichkina yurakchasi zirqirab, qo‘rqqanicha turib qoladi. Balki er-xotin bir soatdan keyin hech nima bo‘lmaganday yana yalab-yulqashib ketishar, ammo farzand xotirjamligini yo‘qotib bo‘ldi. Endi uning tabiatda har galgi ota-ona janjalidan so‘ng navbatdagi kemtik ochilib boraveradi. Bolaning ko‘ngli sinadi. Xotirjamlik yo‘q muhitda bola uyidan soviydi, qalbi faryodga to‘lib, qo‘rqoq va odamovi bo‘lib qoladi. Yo‘q joydan bahona topib kunda to‘polon qiladigan telba otalar, tinch o‘tgan kuniga shukr qilmay, tovuqday qaqillab uyni boshiga ko‘taradigan shang‘i onalar…

Bunaqa oilalar qadamingizda. Nega? Nega shunday bo‘ladi? Odamlar nega OILAning qadriga yetmaydilar, farzandining ruhiy ahvolini mensimaydilar?

Qahraton qish kunida yupun kiyimda xotin, bola-chaqasini ko‘chaga haydagan uyatsiz erlarni, homilador ayoliga qo‘l ko‘targan bezbet kishilarni, otasining jahlidan qo‘rqib, haybatidan ot hurkadigan itning katagida sutkalab qolib ketgan farzandlarni ko‘rdim.

Jazmanining oldiga ketmasin deb oyog‘iga yiqilgan ayolini tepib, boshiga mushtlab chiqib ketgan erkaklarni ko‘rdim.

Rafiqasidan aroq uchun, giyohvand modda sotib olish uchun zo‘ravonlik bilan pulini tortib olayotgan badnafslarni ko‘rdim.

Ammo bularning hech biridan qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan bolakay yo qizaloqning najot istagan ko‘zlaridan qo‘rqqanchalik qo‘rqmadim. Bularni ko‘rgan bolaning ne ahvolga tushini tasavvur qilavering, bir zum bola bo‘lib ko‘ring. Bamisoli to‘fon tortqilayotgan yaproq misol u. Dosh berolmay uzilib ketishi mumkin, ehtiyot bo‘ling. Bunga o‘zim eshitib, larzaga tushganim bir voqeani misol qilib keltiraman.

Bir yigitdan jiyanimga sovchi keldi. Sovchilikda ham, to‘y marosimlarida ham ota-onasining ishtiroki deyarli sezilmadi. So‘rab-surishtirsak, hech kim tayinli bir gap aytmadi. Keyinchalik bu sovuqlikning sababi ayon bo‘ldi. Kuyov bola ota-onasini yoqtirmas ekan. Bolaligidayoq ular har kuni janjallashishgan, hatto otasi bir kuni 6 yashar akasini ham onasiga qo‘shib do‘pposlabdi. Kuchli zarb tufayli boshi bilan cho‘yan isitkichga urilgan akasi o‘sha zahotiyoq vafot etgan. Bularning hammasini qo‘rquv bilan kuzatib turgan 5 yashar bolaning ko‘z oldida bu mash’um voqea bir umrga muhrlanib qolgan. Otasining hech nima bo‘lmaganday, haliyam tirik yurgani uning g‘azabini qo‘zitsa, shunday odam bilan hali-hanuz yashab kelayotgan onasidan nafratlanardi. Chunki ota-onasi bu voqeani hammadan sir tutib, “yopti-yopti” qilib yuborishgan. Ular qaysi vijdon bilan yashab yurishganiga hech toqat qilolmas ekan.

Keling, aziz ayollar, kezi kelganda farzandlarimiz tinchligi uchun ham tilimizni tiyib turishni o‘rganaylik. Agar erkak me’yordagi ota bo‘lolmasa, bunday ruhan nosog‘lom odamdan vaqtida ajrashib ketish kerakligini bilish lozim. Aks holda… yosh umringiz bir telbaning qo‘lida xazon misol so‘lib boradi.

Ey, siz oila ustunlari, oriyatli erkaklar! Xotirjamlik bo‘lmagan joyda sog‘lik ham, yaxshilik ham, beg‘uborlik ham bo‘lmaydi. Oila a’zolaringiz tinch yashashiga imkon bering, axir. Hech kim abadiy yashamaydi. Yaqinlaringni oldin azobga ko‘mib, keyin tuproqqa ko‘mgandan ma’ni yo‘q. Ahli ayolingizga va farzandlaringizga osudalik bering. Intihosiz g‘azabdan chekinishni o‘rganing.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish