2021 yil 28 fevral
♈️ Qo‘y (21 mart – 20 aprel)
Ehtimol, bugun berilgan kuchli quvvat manbai sizga ikki-uch haftaga yetar. Ehtimol, bu kuchni bir kunni ichida ham sarflab tashlarsiz, ammo keyin boshqa quvvat manbai topishingizga to’g’ri keladi.
♉️ Buzoq (21 aprel – 21 may)
Tog’ni kuch bilan siljitishga harakat qilmang-siljimaydi. Qo’lingizdan kelgan odamlarni jazolamang-ular bunga loyiq emas.
♊️ Egizaklar (22 may – 21 iyun)
Qasam ichishga shoshilmang. Ehtimol, ertagayoq so’zlaringizni qaytarib olgingiz kelib qolar.
♋️ Qisqichbaqa (22 iyun – 22 iyul)
Bugun sizning hayotingiz jamoat mulkiga aylanishi mumkin. Xafagarchiliklarni oldini olish uchun bunga tayyor turishingiz kerak. Ehtimol, bu holatda yutib ham chiqarsiz.
♌️ Arslon (23 iyul – 23 avgust)
Ehtimol, biroz yumshoqroq bo’lishingiz kerakdir. Siz o’zingizga ham atrofingizdagilarga ham katta talablar qo’yishga moyilsiz. Bu esa odamlarga yoqmaydi.
♍️ Parizod (24 avgust – 23 sentabr)
Bugun do’stlaringiz haqida eslang. Ehtimol, kundalik ishlar bilan ular haqida unutib ham qo’ygandirsiz. Ular bilan bog’laning, olgan xabarlaringiz sizni hayron va qoyil qoldiradi.
♎️ Tarozi (24 sentyabr – 23 oktabr)
Siz ortiqcha ishlarni bajarishga ham moyilsiz. O’z harakatlaringizni shaxsiy qiziqishlaringiz bilan chegaralang, faqat shundagina ortiqcha kuch va vaqtingizni tejaysiz. Kimdir ishini eplay olmasligi, bu bilan siz shug’ullanishingiz shart degani emas.
♏️ Chayon (24 oktyabr – 22 noyabr)
Bugun shaxsiy ishlaringiz birinchi o’rinda bo’lishi kerak. Qolgan ishlar poylab turadi, sizdan hatto xafa ham bo’lishmaydi.
♐️ O‘q otar (23 noyabr – 21 dekabr)
Bugun kutilmagan holda moliyaviy muammolarni osonlikcha hal qilasiz. O’z tilingizga erk bermang, uning tezligi yirik ko’ngilsizliklar olib kelishi mumkin.
♑️ Tog‘ echkisi (22 dekabr – 20 yanvar)
Ehtimol bugun qabul qilgan qaroringiz sizning erkingizni qisman cheklab qo’yar. Ammo undan voz kechishni qanchalik istamang, bunday qilmaganingiz ma’qul.
♒️ Qovg‘a (21 yanvar – 18 fevral)
Agar qandaydir ish qo’limdan kelmaydi deb o’ylasangiz, bugun ushbu narsaga qo’l urmaganingiz ma’qul. U haqiqattan ham amalga oshmaydi.
♓️ Baliq (19 fevral – 20 mart)
Bugun o’z ko’zingiz bilan ko’rmagan narsangizga ishonmang. Birovning so’zlari bilan xulosa chiqarish, o’qib chiqmasdan hujjat imzolash bilan barobardir.
Manba: gor.uz
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.