KITOB O’QISHNING MAKSIMAL 15 FOYDASI


Hozir kitob hamda mutolaa mavzusida ko‘p va xo‘p gapirilayapti. Balki bu gaplar joningizga ham tegib ulgurgandir. Shunday esa-da biz ham kitobxonlikni rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishga qaror qildik. Negaki, 23 aprel’ – Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni. Demak, bahona bor, aytadiganlarimiz ham yo‘q emas.

  1. Asabiylikka barham beradi

Asabiylashsangiz musiqa eshitib, ko‘chada sayr qilasizmi? Buning o‘rniga kitob o‘qib ko‘ring. Tadqiqotlarga qaraganda, 10 daqiqalik mutolaa asabiylikni ikki baravar kamaytirarkan.

  1. Uyqusizlik qiynamaydi

Kitob o‘qish tinchlanish va uyquga hozirlik ko‘rishning eng yaxshi usuli. Telefon yoki televizorning yorqin nuri miyamizga uyg‘onish uchun signal beradi. Tungi chiroq ostida kitob o‘qish esa miyani dam olishga tayyorlaydi.

  1. Ko‘nglingiz yumshaydi

Mutolaa davomida asar qahramonlari kechinmalari bilan yasharkansiz, uning dardiga sherik bo‘lasiz. Oqibatda real hayotda ham insonlarni yaxshiroq tushuna boshlaysiz.

  1. Miyani charxlaydi

Buni-ku endi yoshlikdan bilasiz. Eng zamonaviy kop’yuter diagnostikasi uskunalari ham kitob o‘qigach, bir necha kun mobaynida inson miyasidan nerv tolalari soni fiziologik darajada ko‘payishini tasdiqladi.

  1. Kurashishga o‘rgatadi

Psixologiyaga oid kitoblarni o‘qish tushukunlikdan chiqishga, maqsadlar sari kurashishga yordam beradi.

  1. Chiroyingizni ochadi

Yuqori aqliy salohiyat atrofdagilarning e’tiborini tortmay qolmaydi. Har qanday mavzuda suhbatlasha olishingiz sizni boshqalardan ko‘ra maftunkor ko‘rsatadi.

  1. Maqsadlaringizni belgilashga ko‘mak beradi

Qahramonlarning erishgan yutuqlari sizni ilhomlantirishi aniq.

  1. Ijtimoiy faol bo‘lasiz

Kitob o‘qiganlar madaniy va ma’rifiy tadbirlarda faolroq ishtirok etishini statistik ma’lumotlar tasdiqlaydi.

  1. Xatosiz yoza boshlaysiz

Kitob o‘qiganlarning yozishmalari xatosizligi bilan ko‘zni yayratishi sir emas.

  1. Xorijiy tillarni o‘rganishga yordam beradi

Muntazam mutolaa yangi materiallarni tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ayniqsa, chet tillarini o‘rganishda bu qo‘l keladi.

  1. Ijodiy salohiyatingiz o‘sadi

Kitob o‘qimay tuzukroq qo‘shiq kuylagan, musiqa yozgan, rol’ ijro etgan, rejissyorlik qilgan kimni taniysiz? Xulosa chiqaravering.

  1. Farzandlaringiz bilan munosabatlaringni yaxshilaydi

Ota-onalar farzandlariga kitob o‘qib berarkan, ularning o‘rtasida shunday mustahkam rishtalar paydo bo‘ladiki, buni birgalikda televizor ko‘rish yoki boshqa ko‘ngilochar tadbirlarni tomosha qilish bilan solishtirib bo‘lmaydi, deydi ruhshunoslar.

  1. Boy bo‘lasiz

Kitob o‘qiganlar ichida boylarning ulushi o‘qimaydiganlarga nisbatan bir necha karra ko‘p.

  1. Jinoyatning oldini oladi

Kitob o‘qiganlar ichida jinoyatchilar kam. Qamoqxonalarda mutolaani boshlagan jinoyatchilar esa qayta qing‘ir yo‘lga qadam tashlamasliklari ham o‘rganilgan.

  1. Nutqingiz rivojlanadi

Birovlarning hayoti haqida o‘qirkansiz, o‘z fikringizni ham tiniq bayon etishga o‘rganasiz. Keraksiz axborotlarni fil’trlash, gapingizni birovlarga uqtirishingiz oson kechadi. So‘z boyligingiz oshadi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...
Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

🔮 Cho‘ziqroq yuz. Yuz tuzilishi ovalsimon insonlar harakatchan insonlardir. Bunday shakl yuz sohiblarining iyaklari qirrali va tuxumni eslatgan holda pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Mazkur toifaga kiruvchi insonlar tinib tinchimaydigan, hayotdan har doim yangilik izlab yashovchilardir. Ular hayot tarzini tez-tez o‘zgartirishga moyil....
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Turmush o‘rtog‘ingizning fe'l-atvorini nafaqat bilishingiz, balki tushunishingiz ham kerak. Shunda oilaviy munosabatlar iliq va mustahkam bo‘ladi. 😍😍😍 ♈️♈️♈️ Hamal: e'tiborni yoqtiradi! Oilaviy hayotning ilk yillaridanoq bu burj vakillari har bir masalaga mas'uliyat bilan yondashishadi. Ular uchun hal etilmaydigan muammoning o‘zi...
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

Test javoblari: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz. Birinchi raqamli Optimistsiz! 2-VARIANT: Siz har qanday jonbozliklarga chiday olasiz, faqat...

Fikr bildirish