Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu…

Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz – Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi…

Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa 1000 dan oshib ketadi. U maslahatlarga amal qilgan juftliklarda esa negadur muammo yo‘qolmaydi.
Bu muammolarga:
Ayolning uyalishi;
Ayolning lazzatlana olmasligi;
Erkakning aloqani tez tugatib qo‘yishi;
Aloqaga erkak va ayolning befarqligi;
Jinsiy ojizlik va boshqalar kirishi mumkin.
Juftliklar jismoniy munosabatlarini yaxshilash niyatida har xil yo‘llarni izlaydilar. Tajriba kamligidan shubha qilib do‘st-dugonalardan maslahat oladilar, ba’zilar kitob va videolarga yuz o‘giradilar.
Natija bo‘ladi, lekin 1 oy o‘tgach yana eski holat va eski muammolar.
Nega?

Chunki erkak va ayol o‘z jinsiy munosabatlari bilan bog‘liq muammolarni faqat jismoniy muammolarda deb o‘ylaydilar.
Aslida unday emas. Jinsiy munosabatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ruhiy munosabatlarga bo‘g‘liq. Agar er xotin orasida ruhan to‘liq yaqinlik bo‘lib, mehr va muhabbat kuchli bo‘lsa, jinsiy munosabatlarda muammo yuz bermaydi. Faqatgina salomatlik tufayli bo‘ladigan muammolar bundan mustasno, albatta.
Sizning oilangiz va munosabatlaringizni sizchalik hech kim bilmaydi. Va minglab olimlarning tavsiya etgan holatlari sizga ma’naviy va jismoniy tomondan aslo to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Do‘st-dugonalarning fikri esa undanda zaif bo‘ladi.
Ayollar “semirib ketdim, erimga yoqmay qoldim”deb o‘ylaydilar, ozish yo‘llarini izlaydilar, chiroyli ichki kiyim sotib oladilar, xullas jismoniy ko‘rinishiga ahamiyat bera boshlaydilar. Erkaklar esa, “tez tugab qolmoqda”, yoki “tajribam kam” deb, kitob va videolardan to‘g‘ri yo‘l izlaydilar yoki undan yomoni do‘stlari bilan maslahatlashadilar. Natijada jinsiy aloqaning ko‘rinishi va holatlari o‘zgarishi ro‘y beradi, xolos.

Muammoni hal qilish yo‘li esa bu emas. Muammo munosabatlarda. Bola-chaqa, uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lgan ayolning jinsiy aloqaga qiziqishi qancha bo‘la oladi? Kechqurun farzandi uxlaganda uning eng katta niyati yotib miriqib uxlab olish emasmi? Yoki ro‘zg‘ori but bo‘lishi harakatida yurgan erkakning fikri-xayoli moliyaviy muammolarda bo‘lib, jinsiy aloqaga faqatgina jismoniy ehtiyoj sifatida qaray boshlagani zerikarlik emasmi? Bu muammolarning birgina ko‘rinishi, xolos, hamma oilada ular turlicha bo‘ladi, lekin ta’siri aynan jinsiy munosabatlarga tegadi.
Shunday ekan, avallambor er xotin jinsiy munosabatlari salbiy tomonga o‘zgarganini sezsa, uning holatlarini va turlarini o‘rganmasdan er xotinning o‘zaro bo‘lgan ruhiy munosabatlariga ahamiyat berishlari lozim.
Xotini kuni bilan charchamoqdami, demak uning ham dam olishi uchun imkoniyati bo‘lishi kerak. Erkak kishi ko‘chada moliyaviy muammolarni hal qilib kelayotgan bo‘lsa, uni uy muammolari bilan qiynamaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oilada bog‘cha yoshidagi bolalar bo‘lsa, ba’zida ularni buvilariga qoldirib er xotin yolg‘iz qolishi juda kerak bo‘ladi. Lekin bu yo‘llar jinsiy munosabat uchun emas, balki er xotin bir-biriga boshqa nazar bilan, charchovsiz holatda mehr va tushunish bilan qaray olishi uchun mo‘ljallangan.

Muhimi, er xotin ruhan bir-biriga yaqinlashishidir. Erning xotiniga yordami, xotinining eriga bo‘lgan mehri va parvarishi, oilada tinchlik va xotirjamlik bo‘lishi, bolalarning salomatligi hammasi juftlikni bir-biriga ruhan yaqinlashtiradi. Lekin uyda har kuni biron muammo yuz bergan, erkakning ishida qiyinchiliklar, uyda bolaning salomatligi tufayli ona charchagan, qarindoshlar tufayli er xotin janjallashgan va boshqa shu kabi muammolar er xotinni bevosita ruhan uzoqlashtira boshlaydi.
Sevgan inson har doim,o‘z minnatdorchiligini, sevgisini jinsiy aloqada namoyon qilishni istaydi. Uning shakli, holati qanday bo‘lmasin, agar u sevgi va minnatdorchilikka to‘la bo‘lsa, u holda erkak ham ayol ham undan butunlay qoniqa oladi. Aks holda, u qanday holatda bo‘lmasin, ayol qanchalik go‘zal bo‘lmasin, ruhiy munosabatlar singan bo‘lsa, jinsiy munosabatlarni hech narsa tuzata olmaydi. Albatta erkakning tabiatidan kelib chiqqan holda uning jismoniy ehtiyojini qondirish uchun aloqa muntazam ravishda bo‘lib turadi. Lekin undan na erkak, na ayol ruhan qoniqa olmaydilar. Ruhiy qoniqmaslik esa hech qachon jismoniy qoniqishni bermaydi.
Ikki hafta er xotin ko‘rishmay bir-birini qanchalik sog‘inadi? Juda qattiq sog‘inadi. Nafaqat jismonan, balki ruhan kuchli qumsash seziladi. Shunda diydorlashgach ilk jinsiy aloqa ro‘y berganda uning turi yoki shaklining ahamiyati bormi? Yo‘q, hech qachon! Chunki bu aloqa sog‘inch va mehrga to‘lgan bo‘ladi.
Bir-biridan zerikkan va sovugan er xotinda esa jinsiy munosabatlar so‘na boshlaydi, shunda ular aloqaning har xil holat va shakllarini izlashga tushadilar. Negadur ruhiy munosabatlar singaniga ba’zida ishongimiz kelmaydi yoki bu narsa xayolimizda bo‘lmaydi… Shuning uchun jinsiy aloqa yo‘llarini, turlarini, shakllarini izlagandan ko‘ra o‘z turmush o‘rtog‘iga qanday qilib mehr va minnatdorchilikni ko‘rsata olish yo‘llarini izlash kerak. Shunda tabiiy ravishda er xotinning xohish va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda jinsiy aloqa shakli, turi va ko‘rinishi takomillashib boraveradi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Kundalik munajjimlar bashorati Bugun

Kundalik munajjimlar bashorati Bugun

2021 yil 18 iyul ♈️ Qo‘y (21 mart - 20 aprel) Oilangizdagi mehrli munosabatlardan bahra oling. Agar undaylari bo'lmasa, ularni yaxshilashga birinchi qadamni bosing. ♉️ Buzoq (21 aprel - 21 may) Bugun hodisalarni tezlashtirishga qanchalik faol harakat qilsangiz, shunchalik qiyin...
Sevgi bashorati Bugun

Sevgi bashorati Bugun

2021 yil 18 iyul ♈️ Qo‘y (21 mart - 20 aprel) Hozir sevgan insoningiz bilan munosabatlaringizda ahamiyatli davr. Hayotingizda nimadir bo'lib o'tdi va yana bo'lishi kutilmoqda. Bugun esa har on xotirjamlikdan rohatlaning. Ushbu onlarni munosib baholang. ♉️ Buzoq (21 aprel...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...
Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Turmush o‘rtog‘ingizning fe'l-atvorini nafaqat bilishingiz, balki tushunishingiz ham kerak. Shunda oilaviy munosabatlar iliq va mustahkam bo‘ladi. 😍😍😍 ♈️♈️♈️ Hamal: e'tiborni yoqtiradi! Oilaviy hayotning ilk yillaridanoq bu burj vakillari har bir masalaga mas'uliyat bilan yondashishadi. Ular uchun hal etilmaydigan muammoning o‘zi...
Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

🔮 Cho‘ziqroq yuz. Yuz tuzilishi ovalsimon insonlar harakatchan insonlardir. Bunday shakl yuz sohiblarining iyaklari qirrali va tuxumni eslatgan holda pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Mazkur toifaga kiruvchi insonlar tinib tinchimaydigan, hayotdan har doim yangilik izlab yashovchilardir. Ular hayot tarzini tez-tez o‘zgartirishga moyil....
“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

Test javoblari: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz. Birinchi raqamli Optimistsiz! 2-VARIANT: Siz har qanday jonbozliklarga chiday olasiz, faqat...
JUFTINGIZ KO’NGLIGA YO’L TOPISHDA SIZ YO’L QO’YADIGAN 5 XATO

JUFTINGIZ KO’NGLIGA YO’L TOPISHDA SIZ YO’L QO’YADIGAN 5 XATO

Ba'zan, tirnoq ostidan kir qidirish, odati o‘z-o‘zidan qaynonadan uning o‘g‘liga o‘tganini sezib, yoqa ushlab qolasiz. Sevimli «dadajonisi»ni ichingizda «onangga o‘xshamagur», deb qarg‘ab ham qo‘yasiz. Biroq, masala shu bilangina hal bo‘lsa qaniydi… Bo‘lmaydi-da! Turmush o‘rtog‘ingizga dabdurustdan lab bo‘yog‘ingizning rangi, ovqatingizning ta'mi,...

Fikr bildirish