JUFTINGIZ KO’NGLIGA YO’L TOPISHDA SIZ YO’L QO’YADIGAN 5 XATO

Ba’zan, tirnoq ostidan kir qidirish, odati o‘z-o‘zidan qaynonadan uning o‘g‘liga o‘tganini sezib, yoqa ushlab qolasiz. Sevimli «dadajonisi»ni ichingizda «onangga o‘xshamagur», deb qarg‘ab ham qo‘yasiz. Biroq, masala shu bilangina hal bo‘lsa qaniydi… Bo‘lmaydi-da!

Turmush o‘rtog‘ingizga dabdurustdan lab bo‘yog‘ingizning rangi, ovqatingizning ta’mi, ko‘ylaklaringizning uzun-kaltaligi yoqmay qolsa, kamiga didingizni ham tanqid qiladigan odat chiqarsa xayolingizga keladigan keladigan birinchi tahmin nimaligini yaxshi bilasiz. Ha, xuddi o‘sha «boshqasini topganmikan», degan shubha. O‘zi biz ayollar zap gumondormizda! Keling, undan ko‘ra masalani hovliqmasdan tahlil qilib ko‘raylik. Balki muammo eringizning injiqligi emas, sizning beparvoligingizdadir? Xo‘sh yo‘l qo‘yayotgan xatolarimiz nimalardan iborat?

1-xato. Turmushga chiqqandan keyin, «yoqtiradigani yoqtirib bo‘ldi, endi oyna oldidagi mashaqqatli mashqlardan iborat go‘zallik soatlari shart emas», deb o‘zingizni juda bo‘sh qo‘ydingiz.

Erkaklar esa to‘ydan keyin ham ko‘zi bilan yaxshi ko‘raveradi. Shunday ekan uning tashqi ko‘rinishingiz haqidagi biror e’tirozini e’tibordan chetda qoldirishga haqqingiz yo‘q.

Yechim. Hech qachon go‘zalligingizga qo‘shimcha zeb berishga erinmang! Oshxonada kuymalashganda ham, do‘konga chiqqanda ham ko‘rinishingiz a’lo bo‘lsin. Hafsala qilsangiz, uy kiyimini-da o‘ziga xos bichimdagisini tanlab kiyish mumkin. Dam olish kunlari bo‘yanmaslik uchun bahona bo‘la olmaydi.

2-xato. Turmush o‘rtog‘ingizga haddan ortiq bosim o‘tkazib, har bir ishini tanqid qilaversangiz («uff, ko‘ylak yoqasini bir kun kiymay kir qilaverarkan-da!»), u ham sizga xudi shu tariqa javob beradi.


Uning injiqligi seziladiyu, o‘zingizdan o‘tganini sezmaysizda?!

Yechim. Erkaklarga erkinlik kerak. Bu ularning hayot mazmuni. Eringiz istaganidek ish tutishiga imkon bering. Stulni tuzata olmasligi, aksincha borini ham buzib qo‘yishini bilsangizda, bu borada achchiq gap aytishdan tiyiling. Yo‘l qo‘ygan xatolariga o‘zi amin bo‘lsin. Turmush o‘rtog‘ingiz ba’zan do‘stlari davrasida kechgacha o‘tirishiga qarshilik qilish haddan ziyod xudbinlik.

3-xato. Boshidan o‘zingizni juda bo‘sh qo‘yganingiz sabab, u sizni har bir ishda tanqid qilib, kamsitishga ko‘nikib qolgandir? Uning injiqliklariga o‘zingiz sababchisiz!

Uni haddan ziyod sevganingiz sabab, ko‘nglini topish uchun barcha aytganiga ko‘ngansiz. Begingiz esa bunga ko‘nikib qolgan.

Yechim. O‘zingizni hurmat qilishni o‘rganing! Ko‘nglingizga yoqmayotgan takliflarga «yo‘q», deyishdan qo‘rqmang. To‘g‘ri, dastlab qo‘ydek yuvosh xotinning gap qaytarayotgani eringizni hayratlantiradi. Ammo injiqliklariyu, jerkishlari hiqildog‘ingizga kelganini yotig‘i bilan, qog‘ozga o‘rab tushuntirsangiz, kelishmovchiliklar barham topadi.

4-xato. Juftingiz sizni shunchalik sevadiki, sizdek ayolni saqlab qolishning eng qulay usuli o‘z muhabbatiga loyiq ko‘rib, himmat qilganini miyangizga singdirish deb o‘ylaydi.

Sizni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun tanqid qilaverib o‘zingizga ishonchingizni sindirishni istaydi. O‘zini sizdek «o‘rtamiyona» odamga marhamat ko‘rsatayotgan shahanshohlardek tutishdan lazzatlanadi. Chunki u o‘ziga ishonmaydi.

Yechim. U o‘ziga ishonmaydi, shu uchun har narsada sizdan shubhalanadi. Ishonchsizligi, tanqidlari bilan dilingizni ranjitadi. Eringizga o‘ziga ishonishni o‘rgating. Buning uchun uni qanchalar sevishingiz, qadrlashingizni har kuni isbotlashingiz, aytishingiz kerak. Aks holda butun umr gumonu, kamsitishlarga chidab yashashingizga to‘g‘ri keladi.

Shuning uchun unga yoqmagan biror masala yo vaziyat yuzasidan darhol noroziligini bildiradi.

Yechim. U bilan teng huquqli ekaningizni tushuntirish oson kechmaydi. Shaxsiy «men»ingiz borligini isbotlang. Shundagina u sizni hurmat qila boshlaydi va tanqid qilishdan oldin o‘z fikrini taroziga qo‘yib ko‘rishni o‘rganadi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish