INSONNI KUCHLI QILUVCHI ODATLAR

Biz o‘zimizga yoqmaydigan, biroq yetarlicha pul beradigan ishga boramiz. Murakkab munosabatlarni tanlab, keyin uni yumshatishga harakat qilamiz. Bari nima uchun? Ortiqcha ozor chekmaslik uchunmi? Kundalik hayotdan biroz chekinib, o‘ylashga urining — siz nimani chin dildan istaysiz? Quyidagi odatlar esa hayotda qoqilmay, doimo muvaffaqiyat qozonishga yordam berishi aniq.

Ortiqcha o‘ylashdan to‘xtang

Qaror qabul qildingizmi? Olg‘a, uni amalga oshiring. Kelgusida bajariladigan ishlarni ming marotaba tahlil qilish shart emas. Bu sizni qo‘rqituvchi holatlarni takror-takror o‘ylashingizga sabab bo‘ladi. Intuisiyaga ishoning va o‘zgarishlardan cho‘chimang. Aks holda, nabiralarga nimani so‘zlab berasiz?

Ma’naviy sabr

Ruhiy chidamlilik barcha narsadan muhim sanaladi. Ishni qanchalik bosiq holda uddalasangiz, rahbariyat ham sizni shunchalik hurmat qila boshlaydi, ko‘proq muvaffaqiyatga erishasiz. Ruhingizni tarbiyalashga beparvo bo‘lmang, mulohaza qilishga vaqt ajrating.

Aniq maqsadlar

Natijaga e’tiborni kuchaytirish salomatlik uchun zararli. Shu o‘rinda, qisqa muddatli maqsadlar rivojlanishda juda foydali qurol bo‘lishi mumkin — agarda ular avvaldan tuzilgan uzoq muddatli rejalar tomon yo‘naltirilgan bo‘lsa. Yanada rag‘batlantiruvchi maqsadlar aniq muddatlar bilan yaqqol chegaralangan bo‘ladi. «Ingliz tilini o‘rgangan bo‘lar edim»ni o‘rniga «bugun men 10ta so‘zni eslab qolaman».

Idealni izlashdan to‘xtang

Inson tayyor ishdan hech qachon to‘laqonli qoniqmagan. Bu kichik bo‘shliqni bartaraf qilishga bo‘lgan urinish ko‘plab ishlarni barbod bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kir qidirishni bas qiling, keyingi ishga o‘ting.

O‘rganing

Hayot sarguzashtga to‘la. Vasvasaga tushish — demak, ortga ikki qadam tashlash. Omadli inson chinakam rohat o‘z ustida mehnat qilishda ekanligini juda yaxshi biladi. Ko‘nikmalar orttiring, yangi bilimlarni o‘zlashtiring. Sizning tayyorgarligingiz misli ko‘rinmagan kuch beradi. Atrofdagilar esa bunday qimmatbaho bilimni sizga shunchaki berishga qodir emas.

Yiqilishdan qo‘rqmang

Yoqimli sharoitda qolish manfaatli va xavfsiz. Bu yerda jiddiy xatolar qilish mushkul, barchasi bir necha kunda to‘g‘irlanadi. Biroq mukofotlar ham ma’lum darajada ahamiyatini yo‘qotadi. Oyog‘i ostiga qaramay, eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilishga tayyor «jasur» kishiga mukofotning ham keragi yo‘q. Tubga qulash, bu toifadagi insonlar uchun bema’nilik bo‘ladi: bu barcha tushunchalar faqat boshda. Qulashga majbur bo‘ldingizmi? O‘rningizdan turib, cho‘qqiga yana ko‘tarilishni boshlang.

O‘zingizga to‘g‘ri bo‘ling

Masalan, insonlarning 70 foizi o‘z ishini yaxshi ko‘rmaydi. Nima sababdan o‘zgartirishmaydi? Sababi, shunchaki shaxsiy ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yishga odatlanishmagan. O‘z qarashlaringizni o‘zgartirish, tashqi ta’sirni o‘zgartirishdan ancha osonroq. Biroq bu soddalik aldamchidir: o‘zingizga bo‘lgan ishonchni doimo ta’minlab beradigan shaxsiy hurmatni shakllantiring. Hayotingizda nimadir noto‘g‘ri ketdimi? Buni darhol o‘zgartiring.

Haddan ortiq talablar

Bosimni ortishi quvurlarni uzilib ketishiga sabab bo‘ladi, biroq aynan u ko‘mirni olmosga aylantirishga qodir. Ko‘pchlik insonlar, jiddiy zo‘riqishlardan so‘ng dam olish foydali, deb hisoblashadi. Biroq aslida unday emas. O‘z istiqbollaringiz chegarasini qisqartirmang, uni yanada orttiring. Xuddi mashqlar zalida bo‘lgani kabi vaqti-vaqti bilan ko‘proq vazn olib, kuchli bo‘lasiz.

Umumiy nazorat

O‘ylab ko‘ring, tashqi omillarga qaram bo‘lgan odamlar qancha. Tamaki, sport, ish, uyqu — bular hayot emas, sharoitga moslashish uchun doimiy urinishdir. Sharoitga moslashishni yig‘ishtiring. O‘z mavjudligingizni nazoratda ushlashga odatlaning. Nimani, nima sababdan qilayotganingizni biling — ishoning, shuning o‘zi deyarli istalgan maqsadni oshirish uchun yetarlidir.

Kerak bo‘lsa siz bilan raqobatlashsinlar

Atrofdagilar doimo o‘zini boshqalar bilan qiyoslaydi. Bu mutlaqo asossiz. Begonalarning muvaffaqiyatiga nazar solish boshda allaqandaydir qichqiriqlarni uyg‘otadi: natijada siz yangi narsaga asos solmaysiz, shunchaki kimningdir muvaffaqiyatini yomon nusxasini bajarasiz. Shuhratparastlikni to‘xtating, o‘z maqsadingizni belgilang va olg‘a harakat qiling. Tez orada esa boshqalar siz bilan raqobatlasha boshlaganini payqaysiz — biroq siz endi o‘z yo‘lingizda turgan bo‘lasiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish