Ichingizdagi bo‘shliq yolg‘izlikka aylanadi yoki ichingizdagi ishonch jon ato qiladi

Men o‘zimni yolg‘iz sezayapman. Men o‘zimni yolg‘iz his qilayapman! Men yolg‘izlikdan qiynalib ketdim. Men yolg‘izmaaaaaaaaan…

Hamma joyda “Men yolg‘izman” degan sado va aks-sado yangrabdi. Bu ovozning sohibi keng cho‘lu-biyobonning qoq o‘rtasida turgan bitta daraxt emish. Daraxtning barglari shivir-shivir qilib “Men yolg‘izman!” deyaverarmish.

– O‘zi senga kim kerak. Men yolg‘izman deguncha, senga kim kerakligini aytgin ey daraxt, debdi qaynoqligidan olovdek yonayotgan qum zarralari.

– Menga shamol kerak. Barglarim qimirlasa shamol kelib garmsel boshlansa deymanda, deb javob beribdi daraxt.

– Garmsel senga nima uchun kerak. Garmsel mening tinchimni buzadi, qum zarralarimni har qayoqqa eltib supirib oborib keyin yana olib kelishidan bezorman. Yaxshisi to‘g‘risini aytgin ey daraxt. Mening tomirlarimni kuydirmagin, deb menga ichingni yorgin. Axir, bilaman-da, sening tomirlaringni issiq qum zarralarim qoplab olgan u sening joningni oladi, issiqdan kuydiradi, oxir oqibat suvsizlikdan quriysan  deb xoxolabdi qum zarralari bir ovozdan.

– Qanchalik meni kuydirishni istasang ham shu paytgacha ichimdagi obi-hayotni sipqora olmading. Chunki tomirlarim dushmanimdan kuch olmaydi, mening tomirlarim qum zarrasidan ham chuqurda joylashgan suv manbaiga ulangan. Shuning uchun men sendan qo‘rqmayman, olov singari otash purkashing hech kimga foydasi yo‘q, menga esa ziyon yetkaza olmaydi.

– Hoooooo! O‘zingni aldama ey daraxt. Yaxshisi hoziroq menga yalingin. O‘zingni aldab “shamol”kerak menga, menga garmsel kerak” deysan. Bilaman, mening otash nafasim sening joningni olganidan qiynalib, dushmanimni kelishini, garmsel bo‘lib qumlarimni ostin ustin qilishini istaysan-da! Bunchalik iching qoraligini bilmaymanmi? Qo‘shnidek yashasak, yaxshisi menga yalingin, meni otash nafasing bilan o‘ldirma deb rostini ayt!

– Men shamolni sog‘inganim, barglarim qarsak chalib garmselni kutib olishida bir sir bor. Har safar barglarim hilpirab qarsak chalganida tomirimdan xuddi quduqdan suv tortgandek obi hayotni tanamga tortib olishadi. Men senga yalinganimdan foyda yo‘q! Sen baribir otash nafasli qum zarrasi bo‘lib qolaverasan. Sening joning olovdan. Mening jonim esa suvdan. Sening joningni garmsel olsin. Mening jonimga shamol oro kirsin. Har safar barglarim tomirlarimdan suvni tortib olishga qiynalganida shamol yordamga kelib barglarimni yanayam xilpiratadi va tanam to‘yib-to‘yib suv ichib oladi. Shuning uchun yalinish bu o‘lim. Ishonch esa obi hayotdir.

Tomirlaringizning obi hayoti ishonchga ulangan bo‘lsin. Tanangizdagi joningizga quvvat beradigan obi-hayot sizning maqsadlaringiz va umringizning hosili bo‘lmish farzandingiz edi. Qarsaklar esa har doim bo‘laveradi. Kimdir tashqaridan qarsak chalib ustingizdan kulsa. Siz ich-ichingizda joylashgan ishonch bilan o‘zingizga qarsak chaling. Tomiringiz ishonchdan, qarsaklar muvaffaqiyatdan bo‘lsin. Meros esa bolalaringizga shamol singari do‘st bo‘lib qolaveradi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish