Ruhan yuksalishni xohlasang, bo‘layotgan voqea-xodisalarni yaxshi yomonga ajratmasdan, qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga o‘rganing.
Bunga o‘z felingizni (xarakteringizni) boshqarish orqali erishasiz. Felingni boshqarishga fikrni boshqarish orqali, fikringni boshqarishga fikringni saralash orqali erishasiz.
Fikr sofligiga – xohishlaringni boshqarish orqali, xohishlaringizni boshqarishga – xissiyotlaringizni boshqarish orqali, xissiyotlarni boshqarishga o‘zingizdagi ehtiyojni boshqarish orqali erishasiz.
Ehtiyojni uni qondiribgina tinchlantirish mumkin.
Har qanday ehtiyojni qondiruvchi bitta zot bor. Alloh ! (Ixlos surasining ma’nosi ham shunda). Aslida Allohning o‘zidan boshqa hech narsa mavjud emasligini, Olamni Alloh o‘zidan yaratganligini, har bir inson uning bandi, zarrasi ekanligini, ehtiyojni beruvchi ham qondiruvchi ham o‘zi ekanligini anglab yetgan odam ehtiyojining so‘zsiz qondirilishigagina emas, balki allaqachon qondirilganligiga ishonadi.
Bu ishonch uning xissiyotlarini jilovlaydi va u sof fikrlay oladi. Sof fikrli odamning fe’l atvori, xarakteri jozibali bo‘ladi va uning fe’liga mos muhit va insonlar uning atrofiga yig‘iladi, shu muhitga mos shart sharoit va imkoniyatlar yuzaga keladi.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.