ERKAKLARNING DIQQAT-E’TIBORI
Ayollar soatlab ko’zgu qarshisida bo’yanib, kosmetika vositalariga ko’proq urg’u berib, pardoz-andoz zaruriyat emas hayotining asosiy mazmuniga aylanib qolmoqda.
Ko’pincha bunday say-xarakatlar ayollar bilan «Kim o’zarga bo’yanish» emas, aslida erkaklarning qadrli e’tiborini tortish uchun qo’llaniladi. Ammo..
Erkaklar, ayollarga qaraganda birinchi navbatda quyidagilarga ahamiyat beradi:
TABASSUM:
Erkaklarning ko’ziga birinchi tashlanadigan narsa ayoldagi tabassum va kulgudir. Buning hayron qoladigan joyi yo’q: hursand, quyosh nuridek charaqlab turgan tabassumga e’tibor bermay bo’ladimi?!
Shuningdek: erkaklar ko’proq tabassum qilayotgan yoki kulayotgan ayolga birinchi bo’lib yaqinlashishadi.
OVOZ:
Ovoz – bu erkaklarning eng ko’p e’tiborini tortadigan va sevib qolishiga sabab bo’ladigan hususiyatlardan biridir.
SOCHLAR:
Bu ham e’tiborni tortivchi asosiy vositalardan biri. Qalin, sog’lom sochlar erkaklarning ko’zini quvnatib bir zumda sevib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Mana go’zal ayollar ko’rib turibsiz-ki, erkaklar siz jon kuydirib, vaqt sarflagan ko’p narsalarga ahamiyat berishmaydi: potensial erkakni sizning ulama kiprigu-tirnoqlaringiz qiziqtirmaydi. Yodingizda bo’lsin hammaga birdek yoqib bo’lmaydi: juftingiz yo’lida, tashqi ko’rinishingizni o’zgartiraman deb, hozirda eng qadrlanadigan individualligingizni yo’qotib qo’ymang!
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.