BOLALARNI OZODALIKGA O’RGATAMIZ

Qani endi bolangiz sizni hech javratmay o‘zi yuz-qo‘lini, tishlarini yuvsa, yotgan o‘rnini yig‘ishtirsa… Bu aksar ota-onalar uchun bir orzudek. Aslida, bolani ozodalikka o‘rgatish qiyin ish emas. Muhimi, o‘sha o‘rganadigan paytini o‘tkazib yubormaslik, shaxsiy ibrat ko‘rsatish va bolaga nisbatan to‘g‘ri usulni topish.
Sababi nima?
Nega bolalarimiz ozodalikka o‘rganishmaydi? Chunki ko‘pincha ularning ozodaligi bilan o‘zimiz shug‘ullanamiz. Burni oqayotgan bo‘lsa, bir necha bor «art» deb o‘ziga artirish o‘rniga o‘zimiz dastro‘molni olib shartta shu ishni qilib qo‘yaqolamiz. Boshqa ishlarda ham shu. Natijada bola o‘zi hech nima qilmaslikka o‘rganadi. Agar sabr qilsangiz, bola, mayli, epchillik bilan bo‘lmasin, mayli siz istagan darajada bo‘lmasin, lekin o‘zi shu ishni qiladi. Demak, birinchi shart, bolaga o‘zi qilib ko‘rish imkonini bering.
Bolakay atrofga sizning emas, o‘zining nazari bilan boqadi. Uning uchun qo‘llari kir emas, kiyimiga tekkan dog‘ni balki umuman payqamayotgandir, chunki bundan muhimroq ish bilan mashg‘ul, dunyoni taftish qilayapti va anglayapti. Uning uchun moshinachasining g‘ildiragi shig‘illashi yoki qo‘g‘irchog‘ining qo‘ng‘ir sochlarini turmaklash muhimroq. Siz esa asabiylashib, bola ahamiyatsiz shu ishini qo‘yishini va istaganingizdek ozodalik bilan shug‘ullanishini talab qilayapsiz. Unda nima qilish kerak? Asta-asta o‘rgatib, buni odat darajasiga ko‘tarib borish lozim. Sportchilarni qarang, har bir harakatlarini tinimsiz mashg‘ulotlar yordamida maromiga yetkazadilar. Siz ham shunday, oz-ozdan, lekin har kuni ozodalik mashqini o‘tishingiz lozim.
Qanday amalga oshirish mumkin?
Bolalarga ozodalikni yoqtirish kerak. Cho‘milib chiqqach, xushbo‘y hid taratishi, terisining yaltirashi naqadar yoqimli ekanini qayta-qayta ta’kidlang, kichkintoyga shu holatdan lazzatlanishi uchun sharoit yarating.
Qizaloqlar kichkinaligidanoq chiroyli kiyimlarni yaxshi ko‘rishadi: lentalar, bantchalar, taqinchoqlar, bejirim poyafzal. Iflos kiyim qanaqasiga chiroyli bo‘lsin? Agar kattalar: «Naqadar chiroyli va ozoda qiz ekan!», deb maqtasalar, qizaloq qanchalar xursand bo‘ladi? Xullas, chiroyli ko‘rinish qizlarni sarishtalikka undovchi rag‘bat bo‘lishi kerak. Qizingizga kiyimlarini ozoda saqlashni o‘rgating, qanday taxlashni, shkafga ilishni, dazmollashni ko‘rsating, o‘zi uchun maxsus oyna, taroqlar sotib olib bering. Shuningdek, u o‘z navbatida qo‘g‘irchoqlarini ozodalikka o‘rgatishi mumkin, unga shunday o‘yin g‘oyasini bering.
O‘g‘il bolalar bilan, albatta, qiyinroq. Bu yerda to‘g‘ri taktika qo‘llash kerak. Asosiy dastagingiz: ozoda bola bilan gaplashish, muloqot qilish yoqimli. Ko‘chada iflos kiyimda yurgan odamlarni ibrat qilib ko‘rsating, ozoda bo‘lmagan insonning ishi yurishmasligi, muvaffaqiyatga erisholmasligi, falonchi kabi mashinasi, chiroyli uylari bo‘lmasligini ayting (o‘g‘il bolalar yoshligidanoq mashina haydashni, uy qurishni orzu qiladilar-ku). Shuningdek, mavzuga doir mul’tfil’mlar, kitoblardan ham foydalaning.
Shaxsiy ibrat
Yana shaxsiy ibrat masalasini ko‘taramiz. Tarbiyani busiz tasavvur qilish mumkin emas. O‘zingiz ozoda bo‘lmaganingiz holda bolangizdan buni qanday talab qila olasiz? Talab qilganingiz bilan, amalga osharmidi? Bola yoshligidanoq ota-onasiga o‘xshashni orzu qiladi. Ana shu taqlid davrida bolaga shaxsiy ibrat orqali tozalik o‘gitlarini singdirib borish mumkin. Іamma ishni birgalikda qiling: «Yur, qo‘llarimizni yuvib kelamiz», «Kettik, tishlarimizni yuvamiz», «Men uy supuraman, sen changlarni artib turasanmi?» Bu bilan siz kichkintoyga katta bo‘lib qolganini ko‘rsatasiz, bu ularga yoqadi. Katta bo‘lishni qaysi bola istamaydi, deysiz.
Va albatta, bolani ozodalik yo‘lida qilgan har bir xatti-harakatini maqtang, e’tirof eting. Uning mayda muvaffaqiyatsizliklariga, ko‘ngildagidek amalga oshmagan ishlariga nisbatan sabrli bo‘ling. U birdaniga ozoda bo‘lib qolmaydi, ammo sarishta bo‘lish yaxshi ekanini kundan-kunga ko‘proq sezib boradi


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish