BIR FOIZ QONUNI – NEGA BA’ZILARDA HAMMA NARSA BOR, QOLGANLARDA ESA HECH NARSA

10 marotaba badavlatroq va muvaffaqiyatliroq bo‘lish uchun 10 marta ko‘p ishlash va o‘zingizni o‘tga-cho‘g‘ga urishingiz shart emas. Shunchaki «bir foiz qoidasi»dan foydalaning, — deya maslahat beradi amerikalik mashhur bloger Jeyms Klir.

To‘planma ustunlik kuchi

Yonma-yon o‘sayotgan ikki daraxtni tasavvur qiling. Ular har kuni namlik va quyosh nuri uchun raqobat qiladi. Agar daraxtlardan biri salgina tezroq o‘ssa ham u sherigidan ozgina bo‘lsa-da, balandroq bo‘ladi va quyosh nurlari va yomg‘irga ko‘proq ega chiqadi. Ertasi kuni shu qo‘shimcha energiya hisobiga u yanada balandroq o‘sadi. Oradan vaqt o‘tib, u ikkinchi daraxtni soyasida qoldiradi va quyosh nurlarining ham, tuproqdagi oziq moddalarining ham katta qismiga ega chiqadi.

Bunday daraxt ko‘proq urug‘ beradi, demak kelgusida bu daraxtdan tarqalgan nihollar ko‘proq bo‘ladi. Bu jarayon takrorlanaveradi va eng avvalida raqobatchilaridan ozgina yaxshiroq bo‘lgan daraxtlar o‘rmonning katta qismini egallagunga qadar davom etadi.

Ozgina ustunlikning vaqt o‘tishi bilan kengayishi hodisasini olimlar to‘planma ustunlik deb atashadi.

G‘olib hammasiga ega bo‘ladi

Insonlar bilan ham shunga o‘xshash vaziyat kuzatiladi. O‘rmondagi daraxtlar singari biz ham ko‘pincha o‘sha resurslar uchun kurashamiz. Siyosatdonlar saylovchilar ovozi uchun, yozuvchilar — bestsellerlar ro‘yxatidagi o‘rin uchun, sportchilar — oltin medallar uchun, kompaniyalar — potensial mijozlar uchun, telekanallar esa bizning diqqatimiz va vaqtimiz uchun.

Unumdorlikdagi kichik farq unga mutanosib bo‘lmagan mukofotga sabab bo‘lgan bunday effekt «G‘olibning hammasiga ega bo‘lishi», deb ataladi.

Faqat bir foiz, bir soniya, bir so‘m ustunlikka ega bo‘lishning o‘ziyoq mukofotning 100 foizini qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘ladi.

Cheklangan resurslar, masalan vaqt va pul bilan bog‘liq har qanday qarorlar, tabiiy ravishda g‘olibning hamma narsani qo‘lga kiritishiga sabab bo‘luvchi vaziyatga olib keladi.

G‘olib katta qismga ega bo‘ladi

Individual muobaqlar uchun xarakterli bo‘lgan «G‘olibning hammasiga ega bo‘lishi» effekti ko‘pincha hayotning boshqa jabhalarida «G‘olibning katta qismga ega bo‘lishi» effektiga olib keladi.

Afzal pozisiyada (oltin medalni qo‘lga kiritish yoki direktorlik mansabiga o‘tirish) bo‘lib qolgan g‘olib uni yana g‘alabalar sari eltuvchi ustunliklarni to‘play boshlaydi. Avvaliga kichkina ustunlik bo‘lib ko‘ringan narsa endi 20/80 qoidasiga o‘xshash tus oladi.

Bir narsada g‘alaba qozonish boshqasida ham g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini oshiradi. Har keyingi shunday muvaffaqiyat g‘oliblarning holatini mustahkamlay boradi.

Vaqt o‘tishi bilan barcha mukofotlar va ustunliklar eng avvalida raqibidan ozgina oldinda bo‘lgan kishilarga nasib etadi, ozgina ortda qolganlar esa alal-oqibatda deyarli hech narsasiz qolib ketishadi. Bu prinsip injildagi «…kimki ega bo‘lsa unga beriladi va ko‘paytiriladi, yo‘q boridan ham ayriladi», iqtibosiga qiyosan Matfey effekti, deb ham ataladi.

Endi esa maqola berilgan savolga qaytaylik. Har holda nega faqat ba’zi bir insonlar va tashkilotlargina ustunliklar va boyliklarning katta qismiga egalik qilishadi?

Bir foiz qoidasi

Vaqt bilan ishlashdagi kichikroq farq ham imtiyozlarning notekis taqsimotiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli foydali odatlar juda muhim.

Raqobatchilar ustidan bor-yo‘g‘i bir foizga ustunlik qilish yetarli. Biroq o‘z ustunligingizni bugun, ertaga, indinga va kundan-kunga saqlab tursangiz, shu ustunlik sabab g‘alaba qozonaverasiz. Har bir g‘alaba yangidan-yangi natijalar olib kelaveradi.

Mana shu bir foiz qoidasining aynan o‘zginasidir. Ikki barobar ko‘proq daromad qilish uchun ikki barobar yaxshiroq bo‘lish shart emas. Faqatgina bir foizga yaxshiroq bo‘lishni ta’minlasangiz bas.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish