Bilib oling: Odamlarning turlari va tavsiflari

Agressiv odamlar

Agressiv odam hamma joyda o‘z hukmini o‘tkazishni istaydi. Bu insonga bo‘ysunmaydiganlarga o‘z kuchi bilan jazo beradi. Bu jazo sizni pastga urish, sizga tahdid qilish, sizni o‘ziga bo‘ysundirish, sizga ta’ziq o‘tkazish, siringizni olib, oshkor qilish uchun qo‘rqitish kabi ko‘rinishlar bilan namoyon bo‘ladi.

Emotsional odamlar

Bu insonlarning birinchi ehtiyoji hissiyotlarini bildirishdir. Baqirish, ovoz chiqarib yig‘lash, eshikni yuzingizga yopib ketish, qoshiqni taqqilatib urib turib ketish, qog‘ozlarni ko‘z oldingizda yirtib tashlash kabi “xususiyatlari” bor ularning. Tortishuvda bari-bir yengish uchun xissiyotlarining borini ishlatadi. “Shahar sharmandaniki!”  deyishadimi ular haqida. Xullasi, emotsional odamlar uchun ham xissiyotlari kerak ish o‘rinlari bordir, ammo, bundan qanday qiynoqlar kelib chiqishini siz yaxshiroq tushunasiz.

Logik mantiqli odam

Vaziyatni to‘liq nazorat qilishga, faqat faktlarga tayanishga, xissiyotlarni inobatga olmaslikka erishgan odamlar. Aslida bunday odamlar ham tabiatning mo‘jizasi go‘yo. Ularning bu xususiyatlaridan judayam yaxshi foydalanuvchi rahbarlar ham topilar. Ammo, namuncha sovuq bu odam deb, uning sovuqligiga chidashingizga to‘g‘ri keladi.

Manipulyatsiya qiladigan odamlar

Bunday odamlardan bezor bo‘lib ketasiz. Ular nafaqat sizni rahbar sifatida. hatto birga ishlaydigan xodimlarni ham bezor qilib yuborishadi. Ular doim atrofni o‘zlarining nolishlari bilan, g‘arib nigohi bilan manipulyatsiya qilishadi. Ularga biror bir ish buyurilsa, «Xo‘p, lekin» dan boshlaydilar. Sizni aybdor qilishga intilishadi. Balkim sizning ishlab chiqqan mahsulotlaringizni ba’zan shunday sotuvchilar ham sota olishidan unumli foydalanarsiz, lekin, manipulyatsiyaga uchrab qolmang.

Qo‘rqoq odamlar

Doimo qo‘rqib yashaydigan odamlarning qo‘rquvi yuqadi boshqalarga ham. Rahbar sifatida bunday odamni ishga olsangiz, xavfni yaqinlashib kelayotganligini kutadigan bo‘lib qolasiz. Ular esa, boshqalarni qo‘rqitib “lazzat” olishadi. Bunday odamga ham yarasha ish o‘rni bordir, masalan, hayvonot bog‘idagi qo‘riqchiga xos yaxshi xususiyat bo‘lishi mumkin.

Umidsiz odamlar

Umidsiz odamning hayotda bitta qiladigan ishi bor: sizga umid yo‘qligini isbotlash. Bunday odamlardan boshqalar charchab ketishadi. Umid yo‘qligiga sizni ishontirmasa tinchishmaydi. Shuning uchun bunday odamlar o‘ziga ishongan odamlarni “ovlashadi”. Siz rahbarlik qilayotgan korxonaga bitta shunday ishchi tushsa bormi: hammaga umidsizlikni yuqtiradi. Sizning umidingizni “puchga” chiqarib keyin chuqur nafas olib hayotdan “lazzatlanishadi”. Siz bunday odamni o‘z tarbiyangizga olishga shoshmang, aslida u sizni o‘z tarbiyasiga olayotganligini unutmang.

Jafo chekuvchi odamlar

Doimo bir narsadan azoblanib, yuz qiyofasini xo‘rlanib, azoblanib ketgan odamga qiyoslab yuruvchilarni. Bular o‘sha azobidan qutilish uchun boshqalarning yordamini ham olishmaydi-da. Bu azobli yuz qiyofasini, yanayam azoblanuvchi ovozi bilan eshitganingizda o‘zingiz ham qiynalib ketasiz. Asosiysi siz bu insonni azoblaridan qutqarish o‘rniga o‘zingizda ham shunday yuz qiyofasi shakllanib qolishi xavfi paydo bo‘ladi. Bir ko‘rib kechgacha ovozi qulog‘ingiz ostidan ketmay qoladi go‘yo. Bu havf!

Bilag‘on odamlar

Bilag‘on hayotida birinchi eshitib turgan gapga ham bilimlari ichidan gap topib beraveradi-da. Siz bilgan bilimlar ichidan xato topib, sizga o‘rgatib qo‘yish “iqtidoriga”  ega. Bunday insonlarning bilmaganini bilish bobida irodasi shunchalik kuchliki, sizni yengmay qo‘ymaydi. Balkim bilag‘on bu insonning turtkilari sizni yanayam bilishga turtki bo‘lishi mumkin, lekin, psixologik tajribalarda bunday ishchi-xodimlar sizni “yiqitib” qo‘yishi ham mumkin. Ruhan charchash bilan tugallanadigan bilim sinovida “bilag‘on” ning o‘rinsiz savollari ham sizni qiynab qo‘yadi. Shuncha o‘qigan diploming bitta mening savolimga dosh bera olmadi-yu! – degan nigoh sizga istehozali ta’sir qilishi bilan bilag‘on o‘z maqsadiga yetib kulib yuborganligini guvohi bo‘lasiz.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish