BAXTLI BOLA TARBIYALASH SIRLARI

Yaponiyalik Masaru Ibuka – ko‘p qirrali va juda iste’dodli inson. Sony kompaniyasi asoschilaridan bo‘lgan jiddiy biznesmen bolalar psixologiyasi va pedogogikani chuqur o‘rgangan va o‘zining “Uch yoshdan keyin kech bo‘ladi” deb nomlangan bolalarni erta rivojlantirish borasidagi g‘aroyib qo‘llanmasini yaratdi.

U bolani rivojlantirishdan maqsad uni vunderkind qilib tarbiyalash emasligini doimiy tarzda qayd etgan. “Erta rivojlantirishning asosiy maqsadi – bu baxtli bolalarni tarbiyalashdir. Bolaga yaxshi musiqa tinglash, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyati uni tilshunos yoki musiqachi etib tarbiyalash maqsadida berilmaydi. Asosiysi – bola hayotidagi xursandchiliklar yanada ko‘proq bo‘lishi uchun uning cheksiz imkoniyatlarini rivojlantirishdan iborat”, – deb yozadi u.

Quyida Masaru Ibukaning “Uch yoshdan keyin kech bo‘ladi” asaridagi asosiy maslahatlarni keltirib o‘tamiz. O‘z vaqtida ular novatorlik g‘oyalari edi, hozirgi kunda esa mehribon va suyukli ota-otanalar uchun normal xulq-atvor normalariga aylanib boryapti.

Masaru Ibukaning asosiy maslahatlari

  1. Bola kichik yoshidanoq insoniyatning eng yaxshi yutuqlari ichida bo‘lsin. Mumtoz musiqa tinglang, san’at asarlarini ko‘rsating, badiiy adabiyot o‘qib bering.
  2. Bolani tez-tez qo‘lingizda ko‘taring. Bunday muloqot bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
  3. Chaqaloq bilan chuchuk tilda gaplashmang. Bola bilan tug‘ilgan paytidan boshlab kattalar tilida gaplashing.
  4. Bola bilan har kuni shug‘ullaning. Hatto bir kunlik mashq ham hayratlanarli natijalarga olib keladi.
  5. Bolaning oldida urishmang. Farzandingiz salbiy holatlarni ta’sirchanlik bilan his etadi.
  6. Farzandingizga sizning joyingizda birga uxlashga ruxsat bering. Birgalikda uxlash bolaga rivojlantirish ta’sirini o‘tkazadi.
  7. Bolani boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga ruhlantiring. Bu bola aqli, raqobatbardoshlilik, birinchi bo‘lish xissini oshiradi.
  8. Farzandingizga o‘z manfaatlarini ilgari surish va hatto urishishni ham man etmang. Bahslar muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
  9. Bolani cheklamang. Bola qo‘llari bilan amalga oshiradigan barcha mashg‘ulotlar uning aqliy qobiliyati va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
  10. Bolani ehtiyotkorlik maqtang va jazolang. Ayniqsa o‘g‘il bolalarni ishlari uchun maqtash kerak, juda kam jazolang.
  11. O‘zingizning “yaxshi” va “yomon”ingizni bolaga singdirmang. Bolaga o‘z hayot tajribasini sizning yordamingizda olishiga qo‘yib bering, vaqt o‘tishi bilan u hamma narsani o‘zi farqlay oladigan bo‘ladi.
  12. Bolada biror narsaga qiziqish uyg‘oting. Buning uchun barcha sharoitlarni yaratib bering.
  13. O‘tilganlarni takrorlang. Bu bola miyasida to‘g‘ri chizmalarni shakllantiradi.
  14. Bolaga nafaqat ona, ota ham kerak. Ota va farzand o‘rtasidagi muloqotda hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi darkor.
  15. Bolalar hayoloti (fantaziya) sini ahmoqona deb hisoblamang. Orzu va hayol qilish qobiliyati bolaning ijodiy salohiyatini shakllantiradi.
  16. Bolaga o‘zingizning shaxsiy buyumingiz sifatida qaramang. Bunday emas. Bundan tashqari, bu bolaning o‘z kuchiga ishonmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
  17. Bolada qo‘l orqali his qilish qobiliyatini rivojlantiring. Bolaga turli materiallar – yumshoq va qattiq, og‘ir va yengil, tekis va g‘adir-budir predmetlarni bering.
  18. Bolaga u so‘ragan barcha o‘yinchoqlarini sotib olib bermang. O‘yinchoqlarning ko‘pligi diqqatni oladi, buning oqibatida ilm olish murakkablashadi.
  19. Bolaga detallardan iborat o‘yinchoqlarni taqdim eting. Bola o‘yinchoqni o‘zi yig‘a olganida quvonchga to‘ladi. Tayyor o‘yinchoqlar davrida bu juda noyob.
  20. Bolaning kichik motorikasini – yasash, applikasiyalar, shakllarni kesish va yig‘ish orqali rivojlantiring. Ma’lumki, “bolaning aqli – uning barmoqlarining uchida”.
  21. Bola bilan piyoda sayr qiling. Piyoda yurish juda foydali, axir yurish vaqtida tananing 639 ta mushaklaridan 400 tasi harakatda bo‘ladi.
  22. Bola biror narsa bilan shug‘ullanishni boshlaganida natijaga katta ahamiyat ko‘rsatmang. Axir uning uchun natija emas, jarayon muhim hisoblanadi. Unga qanchalik qiziq bo‘lsa, shuncha mehnat qilishiga qo‘yib bering.
  23. Bola irodasiga qarshi chiqmang. Uning irodasiga qarshi ish qilishga majburlash orqali uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirasiz.
  24. Bolada nostandart fikrlash ko‘nikmasini shakllantiring. Standartlar standart odam qilib tarbiyalaydi.
  25. Bolalarni tarbiyalashdan oldin ularning ota-onalari, ya’ni o‘zimizni tarbiyalashimiz lozim. Maqolamizni Masaru Ibukaning a’lo darajali iqtibosi bilan yakunlamoqchimiz:
    “Farzand uchun eng yaxshi tarbiya – bu onaning mehridir. Ota-onalarning eng asosiy mashg‘uloti – farzandlarni tarbiyalash. Agar ular bunga rozi bo‘lmasalar, unda nima uchun farzandli bo‘lishdi?”

Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...
Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

🔮 Cho‘ziqroq yuz. Yuz tuzilishi ovalsimon insonlar harakatchan insonlardir. Bunday shakl yuz sohiblarining iyaklari qirrali va tuxumni eslatgan holda pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Mazkur toifaga kiruvchi insonlar tinib tinchimaydigan, hayotdan har doim yangilik izlab yashovchilardir. Ular hayot tarzini tez-tez o‘zgartirishga moyil....
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Turmush o‘rtog‘ingizning fe'l-atvorini nafaqat bilishingiz, balki tushunishingiz ham kerak. Shunda oilaviy munosabatlar iliq va mustahkam bo‘ladi. 😍😍😍 ♈️♈️♈️ Hamal: e'tiborni yoqtiradi! Oilaviy hayotning ilk yillaridanoq bu burj vakillari har bir masalaga mas'uliyat bilan yondashishadi. Ular uchun hal etilmaydigan muammoning o‘zi...
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

Test javoblari: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz. Birinchi raqamli Optimistsiz! 2-VARIANT: Siz har qanday jonbozliklarga chiday olasiz, faqat...

Fikr bildirish