JAVOBLAR:
- Faqat 1 ta pardozvositasi bilan bo’yanish to’g’ri kelganida qaysi biridan foydalangan bo’lar edingiz?
1 – raqamni tanlab, labingizni bo’yashga qaror qildingizmi, demak siz bir kun ham e’tiborsiz qola olmaysiz. Hamma sizga qarashi va zavqlanishi siz uchun muhim. Labingiz yanada maftunkor va jozibador ko’rinishi uchun, lab bo’yoqning yorqin turlaridan foydalanasiz. Ehtirosli ayolsiz.
2 – raqamni tanlab, kipriklaringizni bo’yashga qaror qildingizmi, demak siz tabiiylikni sevasiz. Tush – pardozga katta hissa qo’shadigan lekin, shuningdek jalb qilish darajasi pastroq bo’lgan yagona pardoz-andoz vositasidir. Siz – rostgo’y va ochiq ko’ngil insonsiz, rahmdilligingiz sabab ko’p azob chekasiz. Mehribon va tinchliksevar insonsiz, shuning uchun odamlar siz tomon talpinishadi.
3 – raqam, teringizni tonal krem bilan bo’yashni tanladingizmi, demak siz uchun, shaxsan o’zingizning tashqi ko’rinishingiz katta ahamiyatga ega. Teringizda nuqsonlarni payqashingiz bilan, odamlardan uyalishni tortinishni boshlaysiz. Hayotda arzimas sabablarga ko’ra siqilasiz, ularga qarshi kurashasiz, lekin bu ko’pincha omadsiz kechadi. Sizda, o’zingizga bo’lgan ishonch yetishmaydi.
4 – raqamni tanlab, upalandingizmi, demak siz juda nazokatlisiz. Siz pardoz andoz vositalaridan osongina voz kecha olasiz, chunki usiz ham o’zingizni xaqiqiy ayoldek his qilasiz. Bo’yanish – siz uchun, ayollik obrazingizga tugal hissa qo’shadigan yoqimli mashg’ulot. Siz tannoz, sertabassum va meyorda ayyorsiz!
5 – raqamni tanlab, yonoqlaringizni qizartirishni maqul ko’rdingizmi, demak siz pozitiv insonsiz. Sizningcha, ayollarning yonoqlari qizarib turishi lozim va bu bilan ular o’zining salomatligini va kuch-quvvatga to’la ekanini ko’rsatishadi deb hisoblaysiz. Hayotda juda quvnoq va suxbatkash shaxssiz. Odamlar sizni – «diqqati pozitivga yo’naltirilgan» deb hisoblashadi, chunki siz bilan hech qachon zerikishmaydi!
6 – raqamni tanlab, qoshlaringizni ten bilan bo’yashga qaror qildingizmi, demak siz – eski qarashlar tarafdorisiz. Juda ajoyib! Siz juda o’qimishli, malakali va hotirjam shaxssiz. Siz uchun ichki dunyoingizni to’ldirish va unga hech kimni qo’ymaslik muhim. Lekin shuningdek yaqinlaringiz siz bilan qanchalik qiziqarli ekanini juda yaxshi bilishadi. Shunchaki arofdagilar ishonchingizni qozonishi lozim.
Fikr bildirish
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.