ARAZCHI BOLALARNI QANDAY TARBIYALASH MUMKN?

Araz qanday paydo bo‘ladi?

Mutaxassislarning fikricha, bolalar uch yoshgacha o‘zlari uchun muammoli vaziyatlardan tez chiqishadi, to‘g‘rirog‘i, tez unutib yuborishadi. Biroq ular katta bo‘la boshlagach, jamiyat (bog‘cha, ijodiy studiyalar, maktabga tayyorlaydigan muassasalar, sport komplekslari)ga qo‘shiladi. Endi bola tashqaridan o‘ziga diqqat, e’tibor talab qila boshlaydi. Agar u yetarli darajada bo‘lmasa yoki bolaga umuman ahamiyat berilmasa, araz, gina paydo bo‘lishi mumkin. Ota-ona boladagi ichki norozilik aynan qaysi vaziyatda tug‘ilganini ko‘p hollarda anglay olmay qoladi. U bora-bora yig‘ilib, haqiqatan katta muammoga aylanadi.

Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘rtasidagi ziddiyatlarning eng odatiylari — o‘yinchoq, turli o‘yinlar, bir-birining jig‘iga tegish, laqab qo‘yar. Shunday paytlarda hamisha kattalar tomonidan g‘amxo‘rlik tuygan bolakaylar ruhiyatida shok holati yuzaga keladi. Bu ayniqsa, kattalarning aralashuvi bilan o‘sha bolani tengquriga nisbatan kamsitishsa, maqtov so‘zlari aytilmasa yaqqolroq seziladi. Ba’zi bolalar o‘z noroziligini ochiq-oydin bildiradi, uni xafa qilganlar kechirim so‘rashlarini kutadi. Atrofdagilarning tavba-tazarru qilmasligi arazni yanada chuqurlashtiradi.

Ayrim hollarda bolaning arazlashi, xafa bo‘lishiga o‘zgalarning g‘alamisligi sabab bo‘ladi. Masalan, bola bog‘chaga kelib, birinchi kundan o‘z tashabbusi bilan tengdoshlariga qo‘shilib o‘ynamoqchi bo‘ldi. Biroq bolalar uni begona ko‘rib, chiqishtirishmadi. Bolaning noroziligini esa na tarbiyachi, na ota-ona e’tiborga oldi. Ana shu kabi hollarda bolaning yetarli baholanmaganlik hissi arazga olib kelishi mumkin.

Endi vaziyatni sal boshqacharoq misol bilan tahlil qilib ko‘ramiz. Bola bog‘chaga kelib, o‘ynab o‘tirgan tengdoshlarini ko‘radi. Ularga qo‘shilib o‘ynashga harakat qilmay turib, unga shunchaki e’tibor berishmagani uchun arazlab, xarxashani boshlaydi. Vaziyat yaxshilab tahlil qilinib qaralsa, bola besabab xafa bo‘layapti va bunda o‘zgalarni ayblayapti. Bu yerda biz o‘rganmoqchi bo‘lgan muammoning ildizi yotadi. U ham bo‘lsa o‘z-o‘zini baholashdir.

Senga nima bo‘ldi, bolakay?

Arazchi kichkintoylarning eng xarakterli belgilaridan biri — boshqa bolalarning muvaffaqiyatini ko‘ra olmaslik. Bunday farzandning oldida birov maqtalishini, eng yomoni, kim bilandir solishtirganda uning torozi pallasi bosmasligini katta iztirob bilan qabul qiladi. Bunday bolalar doimiy maqtov, ijobiy baholanishga muhtoj bo‘lishadi. Basharti bu uning ko‘nglidagidek yuz bermas ekan, o‘z-o‘zi bilan bo‘lib, kechinmalari ichida o‘ralashib qoladi, faqat kim yaxshiyu kim yomonligi haqida o‘ylaydi, hamma vaziyatlarda o‘zini haq deb biladi. Bunday haddan ortiq araz asosida bolaning o‘ziga nisbatan ishonchi kamligi yotadi.

Munosabatni o‘zgartiring!

Ko‘pgina ota-onalar arazchi bolaning gap ko‘tara olmasligi, ko‘ngli nozikligini hisobga olib, uni ko‘proq maqtashga, tengdoshlaridan ustunligini isbotlashga harakat qilishadi. Biroq bu bilan muammo to‘liq hal bo‘la qolmaydi. Har qanday baho bolaning diqqatini fe’lidagi u yoki bu xislatga qaratishga, o‘zini hamisha boshqalar bilan taqqoslashiga sabab bo‘lishi mumkin. Oqibatda farzand atrofidagi bolalarni o‘ziga nisbatan raqobatdosh sifatida qabul qiladi.

Demak, arazchilikni yengishda ota-onaning farzandini noreal baholamasligi va o‘zgalar bilan taqqoslamasligi eng birinchi shart hisoblanadi. Bu gapirishga oson, ammo maqtov va tanbeh berib turish tarbiyaning odatiy usuliga aylanib bo‘lgani sababli ham amal qilish nihoyatda qiyin. Afsuski, ko‘pgina ota-onalar o‘z mehrini bolani maqtash bilan ifodalashga harakat qilishadi. Bu bolakayni hamisha o‘z qadrini bildirib qo‘yuvchi, afzalligini ko‘rsatuvchi tadbirlarni yuk sifatida qabul qilishiga olib keladi.

Arazchi bolalarning ota-onalari uchun eng muhim qoidalar:

Farzandingiz bilan hamkorlik o‘rnating. Yuragidagi tug‘yonlarni bildirishiga rag‘batlantiring.
Bola bilan dildan gaplashing. Arazining sababini ifodalashiga ko‘maklashing, yuz, ko‘ziga diqqat bilan razm soling. Xohishlarini og‘zaki ifodalashiga yordam bering.
Farzandingizdagi ta’sirchanlikni so‘ndirishga harakat qilmang. Kerak vaqti o‘z hissiyotlarini tashqariga chiqarishga imkon yarating. So‘ng o‘tirib, bafurja gaplashing.
Bolani sabr bilan eshitishga o‘rganing. Maslahat, tanbeh berishga shoshmang. Avval quloq soling. Ba’zan «seni tushunaman. Menda ham shunday bo‘lib turadi», deyishning o‘zi ham kifoya qiladi.
Avval vaziyatni to‘liq tushunib oling, so‘ng tushuntiring. Bolaga ola-bo‘ji aslida yo‘qligini ming tushuntirmang, baribir ulardan qo‘rqsa, bu barcha harakatlaringiz zoe ketdi, degani. Avval farzandingizning ishonchini qozoning, so‘ng mantiqiy va’zni boshlash mumkin.
Shunday tarbiya usullarini olib borsangiz, farzandingiz yaqin orada arazchilikni tashlab, optimist va xushmuomala bo‘lib qolganini sezasiz.

Maqola amaliyotchi ruhshunos Valentina KIM bilan hamkorlikda tayyorlandi.


Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

«Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson«Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel«Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein«Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har...
Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

Qaysi temperament odamisiz? Aniqlaymiz

"TEMPERAMENT" Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud: SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r. Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib,...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi

Motivatsiya haqida tushuncha qaysi vaziyatda kerak bo‘lishi. Motiv (psixologiyada) - inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot,...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Kundalik munajjimlar bashorati

Kundalik munajjimlar bashorati

🌟Munajjimlar bashorati ⚡:ҚЎЙ (21. 03 — 20. 04) Бугун кўпроқ оилангизга эътибор қаратишингизга тўғри келади. Сабаби, рўзғорингизда муаммолар қалашиб кетган. Уйингиздагилар бу муаммоларни сизсиз бартараф эта олишмайди. Сизнинг ёрдамингиз уларга сув ва ҳаводек зарур. Ишхонадаги ишларни бажаришда пассивлик, бўшашиш, эътиборсизлик...
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro‘yxati kerakmi?

Qizlarga yoqadigan gaplar - chiroyli va shirin so‘zlarni amalda qo‘llash So‘zlar - odamlar o‘rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o‘zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so‘zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...

Fikr bildirish